Biofizika kitob yangisi 2013. doc


§ 7.6. Biologik tizimlarda o’zgarmas va o’zgaruvchan tok


Download 2.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/116
Sana14.09.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1678267
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA (1)

§ 7.6. Biologik tizimlarda o’zgarmas va o’zgaruvchan tok 
Elektr toki deb zaryadlangan zarrachalarning tashqi maydon ta’sirida bir 
tomonga tartibli harakatiga aytiladi. Bunday zarrachalarga elektronlar, musbat va 
manfiy ionlar kiradi.
Elektron o’tkazuvchanlik metallarga xos bo’lsa, eritmalar uchun ionli 
o’tkazuvchanlik xarakterlidir. Real holda esa har qanday o’tkazuvchanlikda ionlar 
ham, elektronlar ham qatnashishi mumkin.
Biologik tizimlarda sof elektron o’tkazuvchanlik bo’lmaydi. Chunki ular yo 
dielektrik yoki elektrolitlar eritmasidan iborat bo’ladi. Masalan, qon, qon plazmasi, 
to’qima suyuqliklari shularga kiradi. Qon plazmasi tarkibida 0,32% osh tuzi va 
boshqa tuzlar, 6 – 7% oqsil bor. Bunday ko’plab erkin ionlarga ega bo’lgan tizim 
solishtirma qarshiligi kichik bo’lishi kerak, lekin sitoplazmaning o’zgarmas tokka 
solishtirma qarshiligi katta, ya’ni 
3
1
÷
om.m. ko’plab to’qimalar solishtirma 
qarshiligi 

÷
100
10
kom.m atrofida bo’ladi. Bunga sabab sitoplazma tarkibiga 
elektrolitlardan tashqari yog’lar va oqsillar ham bo’lib, hujayradagi membrana ham 
elektr xossalarga katta ta’sir ko’rsatadi. Turli to’qimalar solishtirma qarshiligi 
turlichadir. Tirik obyektlarda elektr o’lchashlar olib borish ancha murakkab, 
chunki vaqt o’tishi bilan organizm fizik o’lchamlari o’zgarib turadi. Ularning 
o’zgarishiga undan tok o’tishi ham, fiziologik jarayonlar ham sabab bo’lishi 
mumkin.
Organizmdagi alohida to’qimalarda o’lchashlar olib borishda o’tkazuv-
chanlikning ion xarakterda ekanini e’tiborga olish zarur va ularda doimiy namlikni 
ta’minlash zarur. Buning uchun to’qima maxsus nam kameraga joylashtiriladi. 
Lekin bu holda hosil bo’ladigan yuza namligi hajmiy qarshilik bilan 
shuntlanganligi
sababli natija noto’g’ri bo’lishi mumkin. Shuni unutmaslik 
kerakki, har bir keyingi o’lchash oldingi o’lchash natijasiga ta’sir qilishi mumkin, 
shu sababli keyingi o’lchashlarda olingan natijalar tajriba qiymatlariga mos 
kelmasligi mumkin. Alohida hujayra elektr parametrlari o’lchash bundan ham 
murakkabdir. Hujayraga mikroelementni qo’yish unga ma’lum ta’sir ko’rsatadi va 
natijada uning elektr o’tkazuvchanligi o’zgaradi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


143
Doimiy tok o’tishida sitoplazmada dissosiasiya yuz beradi va u ancha katta 
bo’lsa hujayraning halokatiga olib keladi. Shu sababli hujayra yoki tirik organizm 
elektr o’tkazuvchanligini o’lchashda kichik toklardan foydalanish tavsiya qilinadi, 
lekin bu holda aniqlik darajaga kamayadi.
Ba’zi to’qimalarning solishtirma elektr qarshiligi quyidagi jadvalda 
keltirilgan.
7.2-jadval 
№ 
Modda 
ρ
.om.
m. 
Modda 
ρ
.om.
m. 

Miya suyuqligi 
0,55 
Yog’ to’qimasi 
33 

Qon plazmasi 
0,71 
Quruq teri 
10


Qon 
1,7 
Suyak 
10


Muskullar 
2,0 
Kimyoviy toza suv 
10


Jigar 
3,3 
Kumush 
8
10
6
,
1



Miya 
14 
yantar 
10
18 
Aktiv, induktiv va sig’im qarshilikka ega bo’lgan zanjirdan o’zgaruvchan tok 
o’tganda tok kuchi va kuchlanish orasidagi bog’lanish Om qonuni orqali 
ifodalanadi, ya’ni
Z
U
I
=
(7.23) 
Bunda 
Z
– zanjirdagi to’la qarshilik. Biologik tizimlarda umuman olganda 
induktivlik bo’lmaydi, shu sababli to’la qarshilik aktiv va sig’im qarshilikdan 
iborat bo’ladi. Agarda aktiv va sig’im qarshiliklar ketma-ket ulangan bo’lsa, u 
holda to’la qarshilik quyidagi formula bilan aniqlanadi, ya’ni

Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling