Biofizika kitob yangisi 2013. doc


§ 7.9 Magnit maydonining asosiy fizik xarakteristikalari


Download 2.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/116
Sana14.09.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1678267
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA (1)

§ 7.9 Magnit maydonining asosiy fizik xarakteristikalari 
 
Qadim zamonlardan temir birikmasi (FeO. Fe
2
O
3
) boshqa temir jism-larni 
tortishi ma’lum bo’lgan. Yerning xam magnit xossalari mavjudligi aniq bo’lgan va 
o’tkir uchga qo’yilgan magnit sterjen o’z-o’zidan meridian bo’ylab joylashishi 
aniqlangan. Kompas Xitoyda bundan 3000 yil ilgari kashf qilingan. Doimiy 
magnitlarni dastlab 1600 yilda Gilbert o’rgangan. Ularning ikkita qutbi, ya’ni, 
temir buyumlarni katta kuch bilan tortuvchi chekka sohalari va ular orasida 
tortmaydigan neytral sohalari mavjuddir. Qutblarning biri doim shimolga, 
ikkinchisi esa doimo janubga qaragan bo’ladi va shuning uchun shimoliy va 
janubiy qutblar deyiladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


147
Turli ismli qutblar o’zaro tortishadi, bir xillari esa itarishadi. Xuddi 
zaryadlangan jismlar elektr maydoni orqali ta’sirlashgani kabi magnit jismlar ham 
bir-biri bilan magnit maydoni orqali ta’sirlashadi. 
Faqat xarakatlanayotgan elektr zaryadlarigina (va o’zgarayotgan elektr 
maydonlarigina) magnit ta’siriga egadir. Magnit maydon materiyaning maxsus turi 
bo’lib, u orqali xarakatlanayotgan zaryadlangan zarrachaga boshqa magnit 
momentga ega bo’lgan jismlarning o’zaro ta’siri o’rganiladi. Tabiatda magnit 
zarrachalari yo’q. 
Magnitni qancha bo’lakchalarga bo’lsak ham alohida shimoliy qutb va 
alohida janubiy qutbga ega bo’lgan magnitni olib bo’lmaydi. XVIII asrda 
Daniyalik fizik Ersted chaqmoq nazariyasini o’rgandi, chaqmoq ta’sirida temir 
buyumlarning magnitlanishi va kompasning magnitsizlanishini aniqladi. Bu esa 
magnit va elektr xodisalar o’zaro bogliq ekanligini ko’rsatadi. Ersted metall 
o’tkazgichdan tok oqayotganda uning atrofidagi magnit strelkasining yo’nalishi 
o’zgarishini tajriba orqali aniqladi. Keyinchalik fransuz fizigi Amper tokli ikki 
o’tkazgichning o’zaro magnit ta’sirini aniqladi.
7.15-rasm. Doimiy magnitning qutblari ko’rinishi
Magnit maydonni grafik usulda tasvirlash uchun magnit kuch chiziqlari degan 
tushuncha kiritiladi. 
Magnit maydon kuch chizig’i deb uning ixtiyoriy nuqtasiga o’tkazilgan 
urinma magnit maydonining shu nuqtasidagi shimoliy magnit qutbiga ta’sir 
etuvchi kuch bilan bir xil yo’nalgan xayoliy chiziqqa aytiladi. Magnit kuch 
chiziqlari doimo berk bo’ladi. Tokli o’tkazgich atrofida hosil bo’ladigan magnit 
maydon yo’nalishi burg’u qoidasiga asosan aniqlanadi. Unga binoan agar burg’u 
ilgarilanma harakat yo’nalishi tok yo’nalishi bilan mos kelsa, burg’u dastasining 
harakat yo’nalishi magnit maydon yo’nalishini ko’rsatadi.
7.16-rasm. Aylanma tok va doimiy magnitda magnit induksiya kuch 
chiziqlarining joylashuvi



PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


148
Demak, aylanma tok va doimiy magnit maydoni induksiya kuch chiziqlari 
joylashuvi bir xil. Shuning uchun 1820 yil Amper doimiy magnitning sababchisi 
aylanma toklar ekanligi haqidagi gipotezani ilgari surdi. Aylanma toklar esa 
elektronlarning o’z o’qi va yadro atrofida aylanishi natijasida hosil bo’ladi. Magnit 
maydonni miqdoriy tomondan baholash uchun magnit induksiya vektori degan 
tushuncha kiritiladi. Bir jismli magnit maydon induksiyasi birlik momentiga ta’sir 
etuvchi maksimal magnit momentiga son jihatidan teng bo’lgan fizik kattalikdir. 
m
P
M
B
max
=
(7.28) 
Mikrotoklar magnit maydonini magnit maydon kuchlanganligi ifoda-laydi, V 
- esa ham makro, ham mikrotoklar magnit maydonini xarakterlaydi. U holda ular 
orasida quyidagi bog’lanish mavjud.
H
B
0
µµ
=
(7.29) 
0
µ
– magnit doimiysi, 4 


π
10
-7
Gn/m 
µ
– o’lchamsiz kattalik bo’lib magnit kirituvchanlik deyiladi. U makrotoklar 
maydoni, mikrotoklar maydoni hisobiga qanchaga kuchayishini ko’rsatadi. 
Magnit maydoni ham superpozisiya prinsipiga amal qiladi. 

=
=
n
i
i
B
B
1
(7.30) 
Magnit induksiyasi birligi qilib tesla (Tl) qabul qilingan.
1 Tl – bu shunday bir jinsli magnit maydon induksiyasiki, unda bir amper tok 
o’tayotgan 1m
2
yuzali konturga 1 
м
н

aylantiruvchi moment ta’sir qiladi. 
Amperning aniqlashicha magnit maydonidagi d
l
o’tkazgichga maydon 
tomonidan ta’sir etadigan dF kuch undan o’tuvchi tok kuchiga, 
Ι
d
l
element 
uzunligiga va magnit maydon induksiyasiga proporsionaldir. 
dF = I [ d
l
, B ] (7.31)
Ta’sir etuvchi kuch yo’nalishi chap qo’l qoidasiga asosan topiladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


149
7.17-rasm. Magnit maydon kuchining yo’nalishini aniqlashning chap qo’l 
qoidasi. 
Agar chap qo’limiz shunday qo’yilsaki, unga qo’limiz kaftiga magnit maydon 
kuchlanganlik vektori kiradigan va yozilgan to’rtta barmog’imizni esa tok bo’ylab 
yo’naladigan qilib joylashtirsak, u holda bosh barmog’imiz bu tokka ta’sir etuvchi 
kuch yo’nalishini ko’rsatadi. Amper kuchi moduli quyidagi formula bilan 
ifodalanadi.
α
IBdlSin
dF
=
(7.32) 
α
- d
l
va B orasidagi burchak. Ikkita parallel tok uchun Amper qonuni 
quyidagicha bo’ladi. 
dl
R
I
I
dF
o

=
2
1
2
4
π
µµ
(7.33) 
Harakatlanayotgan zaryadlangan zarrachaga magnit maydon tomonidan ta’sir 
etuvchi kuch Lorens formulasi orqali ifodalanadi. 
α
υ sin
B
q
F
=
(7.34) 
α

υ
va B orasidagi burchak, q-zarracha zaryadi, 
ϑ
- uning tezligi,
Β
- magnit maydoni induksiya vektori kattaligi. 

Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling