Biofizika kitob yangisi 2013. doc


Download 2.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/116
Sana14.09.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1678267
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA (1)

м
Вт

ga tengdir. Oxirgi 
vaqtlarda texnikaning rivoji, bu maydonning oshishiga olib keldi. 
Hayvonlar bilan o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki, barcha jonivorlar 
shu jumladan odamning ham ko’p organlariga elektromagnit maydon ta’sir qilar 
ekan. Elektromagnit maydon bioobyekt bilan ta’sirlashganda u asosan organizmni 
isitadi. Chastota 10 MGs atrofida bo’lganda hamma to’qimalarni o’tkazgich deb 
olish mumkin. UVCh va SVCh to’lqinlarda to’qimalarni o’tkazgich deb olib 
bo’lmaydi. Elektromagnit maydon to’qimaga yarim to’lqin uzunlikgacha masofaga 
kirishi mumkin.
To’qimada ajraladigan issiqlik miqdori to’qimaning elektr kattaliklariga
chastotaga, intensivlikka bog’liqdir. Elektromagnit maydon odamda yurak faoliyati 
ish rejimining buzilishi qon bosimi oshishiga, modda almashinuvi buzilishiga, 
ko’rish qobiliyatining pasayishiga, eshitish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi 
mumkin.
Hayvonlarda emosional holatining o’zgarishiga, ya’ni o’ta agressiv yoki 
charchagandek hollarga olib kelishi mumkin. Tirik organizm tabiiy elektromagnit 
maydonidan 
qo’shimcha 
ma’lumotlar 
olish 
mumkin. 
Odam, 
qurbaqa, 
hashoratlardagi xususiy elektromagnit maydonlarni o’lchashga imkon bo’ldi. 
Masalan, asalari 300 Gs chastotali tok impulsi hosil qiladi va unda 10 sm masofada 
uning qiymati 10 
µ
V/
м
ga teng ekan. Tashqi va xususiy eletromagnit 
maydonlarning o’zaro ta’siri baliqlar to’planishi, qushlar va hashorotlar 
migrasiyasiga ham ta’sir qiladi.
Elektroterapiya. Elektromagnit maydondan terapiya va jarroxlik amaliyotida 
foydalanishda ularning chastotasi va intensivligi muhim ahamiyatga egadir. 
Darsonvalizasiya deb chastotasi 200 – 500 kGs, kuchlanishi 20 kV, tok kuchi 15 – 
20 mA bo’lgan impulsli toklar bilan davolash usuliga aytiladi.
Bu usulni 1892 yilda fransuz fizigi va fiziologi J.A.D.Arsonval taklif qilgan. 
Veterinariyada uzunligi 100 mikrosekund vaqt oralig’ida 0,02 sekund impuls hosil 
qiladigan Iskra-1 va «Ultratan» apparatlari ishlatiladi. Impuls generatordan 
hayvonga maxsus vakuum shisha quvurlar yordamida uzatiladi. Tok kuchi kichik 
bo’lgani sababli darsonvalizasiya vaqtida to’qimalarning isishi unchalik sezilarli 
bo’lmaydi. Qutblanuvchanlik sababli hujayra membranasida ancha sezilarli 
o’zgarishlar bo’lishi mumkin.
Bu usulning asosida tok ta’sirida reflektiv hodisalar yuz berishi yotadi. 
Mahalliy darsonvalizasiya vaqtida – reseptorlarni kichik uchqunlar bilan 
uyg’otiladi. Buning natijasida ichki organlarning unga reaksiyasi kuzatiladi. 
Elektrod ta’siri zonasida arterial kapillyar tomirlar kengayadi va qonning aylanishi 
tezlashadi. Mahalliy darsonvalizasiya yara va lat yegan joylarning bitishini 
tezlashtiradi, og’riqni kamaytiradi. Umumiy darsonvalizasiyada hayvon yuqori 
chastotali generatorga ulangan to’r ichiga joylashtiriladi. Bu to’r solenoidga 
o’xshash magnit maydon impulslarini hosil qiladi. Hayvon tanasida impuls toklari 
yuzaga keladi. Bu usuldan itlardagi o’lat kasalligidan keyingi diasez vaqtida
ekzemadan davolashda qo’llaniladi.
Diatermiya deb to’qimaning ichki qismlarini endogen issiqlik bilan isitish 
usuliga aytiladi. Bu usulda chastotasi 1 – 1,5MGs, kuchlanishi 200 – 250 V va tok 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


156
kuchi 1-3 A bo’lgan toklar yordamida tananing aniq bir qismi isitiladi. 
Diatermiyada biror to’qima haroratini 2 – 5
0
S gacha isitish mumkin. 
Hayvon tanasiga mexanik elektrod o’rnatiladi va bu elektrod harorati tok 
o’tganda o’zgarmaydi. Hayvon tanasidagi ajraladigan issiqlik miqdori tok kuchi 
kvadratiga to’g’ri proporsionaldir. Solishtirma qarshilikka qarab issiqlik qon
muskullar, jigar, quruq teri, o’pka, yog’ to’qimalari, suyakda ajralib chiqadi. Ichki 
organlarga 
qaraganda 
terida 
ko’proq 
isiydi. 
Ana 
shu 
diatermiyaning 
kamchiliklaridan biri hisoblanadi. Terining ko’proq isishi, ya’ni elektrod ostida tok 
zichligi ko’proq bo’ladi, chunki ichkariga kirgandan so’ng tok tarmoqlanadi. Bu 
tarmoqlanish ham bir jinsli bo’lmaydi, chunki tananing turli qismlari solishtirma 
qarshiligi turlichadir. Eng kam qarshilik qonda bo’lgani uchun diatermiyada 
elektrodlarni 
qon 
tomirlariga 
perpendikulyar 
joylashtirgan 
ma’quldir. 
Diatermiyada fiziologik effektning mohiyati shundaki, tana ichki qismlari harorati 
oshadi va u tashqi manba uzilgandan keyin ham bir necha soat saqlanib turadi. 
Diatermiyada qon harakati oshadi va biokimyoviy reaksiyalarning aktivlashuviga 
olib keladi. Veterinariyada diatermiyadan nafas organlarini, nefritlarni, artritlarni, 
jigar kasalliklarni, jinsiy organlarini va boshqalarni davolashda qo’llaniladi.

Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling