Biofizika kitob yangisi 2013. doc


Download 2.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/116
Sana14.09.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1678267
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA (1)

Induktotermiya deb yuqori chastotali elektromagnit maydonlar yordamida 
hayvon tanasida induksion toklar hosil qilish usuliga aytiladi. Diatermiyada 
elektrod qo’yilgan joyda katta tok zichligi yuzaga kelib kuydirishi mumkin
ikkinchidan tana va elektrod orasida havo bo’shlig’i qolsa uchqunlar chiqib noxush 
natijalarga olib kelishi mumkin. Induktoterapiyada bu kamchiliklar tugatiladi. Bu 
holda ajraladigan issiqlik to’qima solishtirma qarshiligiga teskari proporsionaldir. 
Demak, qancha solishtirma qarshiligi kichik bo’lsa shu qism shuncha ko’p issiydi 
(Masalan, qon, jigar). Diatermiyadan usulning ustunligi, ancha yuqori chastotali 
toklar, ya’ni 10 – 15 MGs, ishlatilganligi uchun tananing birday isishiga erishadi.
Induktiv galtak bir necha o’ramdan iborat bo’lib, u isitiladigan qismlarga 
joylashtiriladi.
O’YuCh terapiyada chastotasi 30 – 300 MGs bo’lgan elektr maydonlari 
ishlatiladi. Hayvon yoki uning organi tebranish konturidagi kondensator orasiga 
joylashtiriladi. O’YuCh terapiyada suyak, to’qimalar, yog’ to’qimalari, qon 
aylanuvchi tugunlarga qaraganda (limfa tugunlari) kuchliroq isiydi. O’YuCh 
terapiyada teri maydon uchun shaffof hisoblanadi. Bu holda issiqlik effektlar uncha 
kuchli emas. O’YuCh elektr maydoni fermentlarni aktivlashtiradi. Katta O’YuCh 
maydon qaytmas jarayonlarga ham olib kelishi mumkin. Masalan, kalamushlarni 
katta intensivlikdagi O’YuCh maydon bilan nurlantirganda ularning lablari va 
burunlarining shishishi kuzatilgan. Yana kattaroq maydonlarda kalamushlar halok 
bo’lib, o’lishigacha olib kelgan.
Veterinariyada O’YuCh terapiyadan bo’g’inlardagi shamollashlar, mastit, 
gaymorit, furunkul kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
Kichik to’lqinli terapiya. Bu holda o’ta yuqori chastotali elektromagnit 
to’lqinlar ishlatiladi, ya’ni santimetr va desimetrli to’lqinlar diapazoni 
elektromagnit to’lqinlarni magnetron generatorlar hosil qiladi. Bu to’lqin tananing 
kerakli qismiga yuboriladi. U organizmga, santimetrli diapazonda 2 – 6 sm, 
millimetrli diapazonda 7 – 9 sm kiradi. Asosiy energiya dielektriklarda sarflanadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


157
Suvning dielektrik kirituvchanligi katta, shu sababli endogen issiqlik suvi ko’p 
to’qimalarda yuzaga keladi (qon, muskullar). Hayvonlar uchun to’qimalar 
intensivligining chegaraviy qiymati SMT uchun 10Vt/sm
2
, DMT uchun 40 
mVT/sm
2
. Kichik to’lqinlar ta’sirida biologik aktiv moddalar hosil bo’ladi.
Veterinariyada, bu usuldan nerv tizimini, ginekologik kasalliklarni 
davolashda foydalaniladi.  

Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling