Biofizika kitob yangisi 2013. doc


§ 5.4. Biomembranalarda elektronlar ko’chishi va energiya


Download 2.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/116
Sana14.09.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1678267
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA (1)

§ 5.4. Biomembranalarda elektronlar ko’chishi va energiya 
transformasiyasi 
 
Har qanday organizmning hayot faoliyati energiya yutilishi va chiqarilishi 
bilan boradi. 5.7-rasmning o’ng tomonida hujayrada turli faollik tiplari: mushak 
qisqarishi, endo- va ekzositoz, asab o’yg’onishining tola bo’yicha uzatilishi, 
ionlarning aktiv transporti, tana haroratini saqlash, turli moddalar sintezi va b. 
ko’rsatib o’tilgan. Sanab o’tilgan jarayonlar organizmda energiyaning turli 
tiplarining: mexanik, elektr, issiqlik, kimyoviy transformasiyasi ro’y berishi tufayli 
amalga oshadi. Ayrim organizmlarda yorug’lik energiyasini ishlab chiqarish 
mumkin bo’lgani uchun, ular lyuminessensiyalashi mumkin. Ammo ko’pchilik 
hollarda energiya 
ATФ
molekulasida makroergik bog’lanishlar kimyoviy 
energiyasi ko’rinishida jamlanadi. 
ATФ
ning struktur formulasi 5.8- rasmda keltirilgan.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


93
Bu molekula uchta fosfat guruhdan iborat bo’lib, ular 
pH
7.8 bo’lganda 3.8 
birlik manfiy zaryadga ega va shuning uchun elektrostatik itarishish kuchlari bilan 
ta’sirlashadi. 
ATФ
gidrolizida uchdagi fosfat guruhining ajralishi elektrostatik 
itarishish energiyasini kamaytiradi. Gidroliz natijasida paydo bo’lgan manfiy 
zaryadlangan 
ADФ
va 

2
4
HPO
itarishishi tufayli yana 
ATФ
ni hosil qila olmaydi, 
ATФ
gidrolizida chiqadigan nisbatan yuqori potensial energiya 
)
6
,
33
(~
моль
кж
bu 
molekulaning strukturasi hamda uning gidrolizi mahsulotlari xossalari bilan 
bog’liqdir. 
Hujayrada gidrolizi 25 kJ dan 46 kJ/molgacha energiya ajralishi bilan 
boradigan birikmalar makroergik deb ataladi. 
ATФ
dan tashqari ularga 
trinukleotidlar (GTF, STF, UTF), shuningdek asetilfosfat, kreatinfosfat, 
fosfoyenalpiruvat kiradi. 
ATФ
gidrolizida ajraladigan energiya issiqlikka aylanadi. Ammo energiyani 
transformasiyalash tizimlari mavjud bo’lsa, u energiyaning boshqa turlariga ham 
aylantirilishi mumkin. Biomembranalar va mushak to’qimalari mikrostrukturasi 
energiyani transformasiyalashning tizimlaridir. Ularning hammasida 
ATФ
ni 
ADФ
va 
i
P
ga yoki 
AMФ
va pirofosfatga gidrolizlaydigan 
ATФ
aza fermenti mavjud. 
Ionlarning aktiv transporti, mushaklar aktomiozini kabi, ushbu fermentga 
egadirlar. Shuning uchun 
ATФ
qo’shilishi ion transportini boshlanishiga va 
mushaklar qisqarishiga olib keladi.
Ko’pchilik tirik organizmlar 
ATФ
ni 
ADФ
va 
P
dan nafas olishda, turli 
moddalar oksidlanishda paydo bo’ladigan energiya hisobiga sintezlaydi. Yashil 
o’simliklar hujayralarida 
ATФ
sintezi yorug’lik energiyasidan foydalanish tufayli 
amalga oshadi. Yorug’lik ta’sirida o’simliklar bargida kechadigan jarayonda 
kislorod ajraladi va 
ATФ
hosil bo’ladi. Bu jarayon fotofosforlanish deb ataladi. U 
bilan birga kechadigan organik moddalar sintezi jarayoniga fotosintez deyiladi.
Oksidlanuvchi fosforlanish va fotofosforlanish jarayonlari membranali 
organellalar – xloroplastlar va mitoxondriyalarda kechadi. Ular membranalari 
tashkil etuvchilari tarkibi bilan hamda fosforlanish komplekslari molekulyar 
tuzilishi bilan ham bir-biriga yaqindir. Ushbu organellalar membranalari energiya 
bog’langan membranalar deb ataladi. Eukariot hujayralarida oksidlanish
fosforlanish 
mitoxondriyalarda, 
prokariot 
hujayralarida 
– 
sitoplazmatik 
membranalarda, yashil o’simliklarda fosforlanish xloroplastlarda, fotosintezlovchi 
bakteriyalarda – xromatoforlarda amalga oshadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


94
5.7-rasm. Organizmda energiya almashinishlari va energetik oqimlar (Ya.Kagava bo’yicha) 
+
+



Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling