Biofizika kitob yangisi 2013. doc
§ 7.4. Tirik organizmga elektr tokining ta’siri
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§ 7.4. Tirik organizmga elektr tokining ta’siri Biologik to’qimalarning qarshiligi unchalik katta bo’lmagan obyekt-lardir. Jonivor va o’simlik organizmlarining suyuqliklari elektrolitlarning eritmalaridir. Shuning uchun tirik organizmdan o’zgarmas tok o’tganda organizmda kimyoviy reaksiyalar va elektr zaryadlarining kayta taqsimlanishi ro’y beradi, bu organizmda turli-tuman seskanishlarni vujudga keltiradi. Seskanish intensivligi va tokning boshqa fiziologik ta’sirlarining intensivligi asosan tok kuchi bilan aniqlanadi. Amperning yuzdan bir ulushiga teng tok odam tanasini jarohatlaydi. Odam yoki hayvon tanasidan o’tayotgan tok kuchi uning elektr qarshiligiga bog’liq, bu qarshilikni asosan terining qarshiligi tashkil qiladi. Qishloq xo’jalik hayvonlari ichida otning tokka juda sezgir ekanligini aytib o’tish zarur. Odam uchun zararsiz bo’lgan tok, ko’pincha otni nobud qilishi mumkin. Sog’lom terining solishtirma PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 135 qarshiligi 10 3 Om.m. Sog’lom teri quruq bo’lsa, bir qo’l uchlaridan ikkinchi qo’l uchlarigacha bo’lgan tananing qarshiligi 15000 Om ni tashkil qiladi. Tajribalarning ko’rsatishicha, sitoplazma, tirik hujayra, ayrim to’qimalarning o’zgarmas tokka qarshiligi ancha kattadir. Turli to’qimalar elektr o’tkazuvchanligi bir-biridan ancha farq qiladi. Orqa miya suyuqligi, qon, limfa tokni yaxshi o’tkazadi, muskullar, jigar, yurak, o’pka muskullari esa yomon o’tkazadi. Yog’, suyak to’qimalari va teri ulardan ham yomon o’tkazadi. Hujayraning elektr xossalari ham ancha murakkabdir. Sitoplazmaning solishtirma qarshiligi 0,1 dan 300 Om.m. chegarasida yotadi. Hujayra membranasi 1 sm 2 yuzining qarshiligi 10 3 –10 4 Om.m.gacha bo’ladi. Biologik tizimlaridan tok o’tishiga hujayrada ro’y beradigan qutblanish hodisalari ancha ta’sir qiladi. 7.4-rasm. Hujayra elektr maydonida. M-membrana, Ya-yadro Elektr maydon ta’sirida hujayra sirtida qarama-qarshi yo’nalishda turli ishorali ionlar to’planadi. Bu ionlar konsentrasiyasi ma’lum bir miqdorga teng bo’lgach, dielektrik qatlam «teshiladi», ya’ni hujayra membranasi orqali tok o’ta boshlaydi. Kuchsiz toklarda membrana umuman «teshilmaydi», chunki bunda hujayraning ikki uchida to’planayotgan ionlar issiqlik harakati tufayli sochiladi. Demak, to’qimalarning elektr toki tomonidan ta’sirlanish bo’sag’asi mavjud bo’lib, undan past tokda tirik organizm tok ta’sirini sezmaydi. Elektr tokining ta’siri sezilarli bo’lishi uchun hujayra sirtida ma’lum miqdorda zaryad to’planishi shart, buning uchun ma’lum bir vaqt kerak bo’ladi. Bo’sag’a tokining vaqtga bog’lanishi Veyss formulasi orqali ifodalanadi. в t a J + = (7.18) Tok kuchi kuchlanishiga proporsional bo’lgani uchun Veyss formulasini quyidagicha yozish mumkin (7.5-rasm). B t A U + = (7.19) Bunda, A,V,a,b –tajribadan topiladigan o’zgarmas kattaliklar. v yoki V - konstanta bo’sag’a tokining ko’p vaqt davomida ta’sir etuvchi minimal kuchini ko’rsatadi va u reobaza deb yuritiladi. Ikki reobazaga teng tok kuchida organizmni ta’sirlashtirishga ketadigan vaqtga xronaksiya deyiladi. Xronaksiya kattaligi to’qimaning qo’zg’aluvchanligini ko’rsatadi va hayvonlar patalogik holatini aniqlashga imkon beradi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 136 7.5-rasm. Tovuq uchun doimiy tokning ta’sir etish vaqti. Qishloq xo’jaligida parrandalarga 60 DBdan yuqori shovqin bilan ta’sir etilsa qushlarning xronaksiyasida o’zgarish ro’y beradi, shu bilan birga ularning fiziologik holati yomonlashadi va tuxum tug’uvchanligi pasayadi. Shu sababli xronaksiyani o’lchash orqali ayrim kasalliklarni aniqlash mumkin. Kuchsiz toklar terapevtik ta’sirga ega, kuchsiz o’zgarmas toklar bilan davollash usuliga galvanizasiya deyiladi. Bu usuldan XIX asr boshlarida foydalanila boshlaganlar. Elektrodlar joylashishi o’rniga qarab ta’sir teridan nerv hujayralari orqali u yoki bu ichki organga uzatiladi. Natijada tok ta’sirida almashish va funksional xossalarda o’zgarishlar ro’y beradi. Teri va ichki organlarning tok ta’siriga javob reaksiyasi tufayli kapillyarlar reflektor tarzda kengayadi, hujayra membranalarning o’tkazuvchanligi o’zgaradi. 7.6-rasm. Elektr maydoni yordamida tirik organizmga dori moddalar kiritish. Veterinariya klinikasida elektr toki yordamida tirik organizmga dori moddalarni kiritish usuli elektrofarez keng qo’llanilmoqda. Bunda hayvon tanasiga kiritilayotgan dorilar ta’siri o’zgarmas tok ta’siri bilan birga bo’ladi. Bunda elektrod bilan teri orasiga dori eritmasiga ho’llangan mato qo’yiladi. Tok o’tishi paytida matodagi dori ionlari teri orqali orga-nizmga o’tadi. Shu vaqtning o’zida teridan matoga hujayralardan K + , Na + ,Cl - va boshqa ionlar o’tadi Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling