Biofizika kitob yangisi 2013. doc
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
β
orasida quyidagi munosabat o’rinli: B = L β yoki L B = β (8.42) Bu ko’zning ajrata olish qobiliyati taxminan 1 / ga teng. Bu esa eng yaxshi ko’rish masofasi uchun ikki nuqta orasidagi masofa 70 mkmga teng bo’lishini ko’rsatadi. Bu holda to’r pardada 5 mkm tasvir hosil bo’ladi. Yaqindan ko’rishda akkomodasiya yo’qoladi va tasvir parda oldida bo’ladi. Uzoqdan ko’rishda esa fokus pardadan orqada bo’ladi. Yaqindan ko’ruvchi ko’zni tuzatish uchun sochuvchi (manfiy), uzoqni kuruvchi ko’zni tuzatish uchun yig’uvchi (musbat) linzalar ishlatiladi. Tayoqchaning tuzilishi 8.18-rasmda ko’rsatilgan. Uning xarakterli tashkil etuvchisi tashqi segmentlardir (TS). Odamda uning qalinligi 2 mkm, uzunligi 20- 30 mkm, tayoqchaning umumiy uzunligi 50-60 mkm. TS ning butun sitoplazmasi disklar deb ataluvchi maxsus organoidlar bilan to’lgan. Har bir tayoqchaning TS da 700 tadan 1000 tagacha disk mavjud, ular bir-biri ustiga joylashtirilgan tashqi segment disk membranalari bilan to’ldirilgan. Bu membranalarda yorug’likning birlamchi sezish jarayoni boshlanadi. Shuning uchun disk membranalari fotoreseptor membranalar deb atashadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 189 Barcha biomembranalar singari ular lipidlar va oqsillardan tashkil topgan, biroq disk membranalari uchun farq qildiruvchi ikkita muhim jihati mavjud: Birinchidan, uning asosiy oqsil tashkil etuvchisi bo’lib ko’rish pigmenti- rodopsin xromoglikoproteidi hisoblanadi (uning konsentrasiyasi fotoreseptor membranada umumiy oqsilning 90%ini tashkil etadi). Ikkinchidan, disk membranasining fosfolipidlari tarkibidagi yog’ kislotalar 40% polito’yinmagan yog’ kislotalari tashkil etadi. Shuning uchun fotoreseptor membrananing qovushqoqligi kichik bo’lib (~30 mPas), harakatchanligi katta bo’ladi. Fotoreseptor membrana sirtining 75%ini lipidlar, 25%ini oqsillar (asosan, rodopsin) tashkil etadi. Har bir tayoqchada 10 9 tadan ortiq ko’rish pigmenti molekulasi mavjud. Rodopsin – molekulyar massasi 39 kDa bo’lib, asosan A vitamin aldegidi (retinal) va opsin deb ataluvchi lipoproteindan tashkil topgan. Rodopsin fotoreseptor membranada yettita α -spiralli ustunlar tariqasida joylashgan. Shunga o’xshagan strukturaga galofill bakteriyalardagi plazmolemeda bakteriorodopsinlar egadir. Lipid qo’shqatlami ichida retinal joylashgan bo’lib, opsin molekulasidagi lizin qoldig’i bilan kovalent bog’langan. Retinal barcha hayvonlar ko’rish pigmentlarining xromofor (yorug’likka sezgir) guruhidir, ammo ularning oqsil komponentlarida farq bor. Turli hayvonlar opsinlarining xususiyatlariga qarab, ular ko’rish pigmentlari yutilish spektrining maksimumi 330 nmdan 700 nmgacha bo’lishi mumkin. Shuning uchun turli hayvonlar ko’rishi turli muhitlarga – dengiz tubidan havo okeanigacha moslashgan. Rodopsin yutilish spektridagi maksimum 498 nmga to’g’ri keladi. Родопсин молекуласи Диск мембранаси тузилиши 1 3 4 5 6 PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 190 a) b) 8.18-rasm. Fotoreseptor hujayra lar tuzilishi: a) tayoqchaning tuzilishi; b) kolbachaning tuzilishi; 1. Disklar; 2. Moyli tomchi; 3. Mitoxondriyalar; 4. Goldji apparati; 5. Yadro; 6. Sinaptik zona. Rodopsin ultrabinafsha nurlarni ham yaxshi yutadi ( нм 278 max = λ ) – biroq bu yutilish maksimumi retinalga emas, opsin tarkibiga kiruvchi aminokislotalar (triptofan va tirozin)ga bog’liq (8.19-rasm). D 10 8 6 4 2 0 250 350 450 550 λ, nm 8.19-rasm. Rodopsin yutilish spektri. λ-to’lqin uzunligi, D-optik zichlik Biroq ultrabinafsha nurlar ko’zning to’ridagi rodopsinni qo’zg’ata olmaydi, chunki bu nurlarni ko’zning singdiruvchi muhiti yutib qoladi. Qorong’ulikda retinal buralgan 11-sis shaklda bo’ladi. Bu shakldagi sisretinal molekulasi opsin bilan kuchli ta’sirlashadi, shuning uchun ular birikmasi ancha turg’undir. Uni yemirish uchun 11-sisretinalni boshqa izomerga – to’la transretinalga o’zgartirish kerak. Yorug’lik ta’siridagi bunday o’zgartirishga fotoizomerlash deyiladi (8.20-rasm). 1 2 8.20-rasm. Retinal fotoizomerlanishi sxemasi: 11 sisretinal (1) ning to’la transretinal (2) ga aylanishi. Fotoizomerlash - ko’rish aktidagi birinchi va yagona fotokimyoviy reaksiyadir. U alohida rodopsin molekulasi ichida ro’y beradi va fotosintezdan farqli ularoq kimyoviy reaksiyalar bilan bog’liq bo’lmaydi. Ko’rishning fotosintezdan yana bir farqi shundaki, rodopsin molekulalari orasida energiya o’tishlari mumkin emas, chunki fotoreseptor membranada ular bir-biridan 7 nm masofada joylashgan. Fotoizomerlash tufayli ko’rish hissiyoti paydo bo’lishiga PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 191 rodopsin molekulasining konformasion o’zgarishi sababchi bo’ladi. 11 – sisretinal fazoviy holda opsin aktiv markazi tuzilishiga to’g’ri keladi. Transizomer hosil bo’lganda bu muvofiqlik buziladi, natijada retinal opsindan ajraladi va rodopsin rangsizlanadi – fotolizga uchraydi. Yorug’lik ta’sir etmagan holda parchalangan rodopsin tiklanadi. Transretinal o’zining sisshakliga qaytadi. Fotoizomerlashga teskari bunday jarayon reizomerlash deb ataladi. Har bir tayoqcha bir sutkada 5 10 8 ⋅ rodopsinni, 11- sisretinalni opsin bilan qo’shilishi orqali sintezlaydi. Bu ko’rish pigmentining bir sutkadagi umumiy sintezi 14 10 2 ⋅ molekulani tashkil etadi. Retinal fotoizomerlanishi tufayli opsinda paydo bo’ladigan konformasion o’zgarishlar fotoreseptor membrananing fizik-kimyoviy xossalarini o’zgartiradi. Buning natijasida fotoreseptor hujayraning membrana potensialida o’zgarishlar ro’y beradi. Qorong’ilikda hujayrada erkin siklik guanozinmonofosfat (s GMF) mavjud va sitotplazmatik membrananing ionlar kanallari ochiq, membrana potensiali hujayra ichida “+” ishoraga ega. Yorug’likning bir necha millisekund davomidagi ta’sirida tayoqchalarning tashqi segmentlari s GFM ni ATF ishtirokida bog’lashi ro’y beradi. Hujayrada bog’lanish markazlari soni s GMF molekulalari sonidan ko’proq bo’lgani uchun, siklik nukleotid to’la bog’lanishi va uning sitoplazmadan yo’qolishi mumkin. Bu ionlar kanallarining yopilishiga va membrana potensialdagi siljishga olib keladi. So’ngra s GMF bog’lanish markazlarida nukleotid desorbsiyasi boshlanadi, kanallar ochiladi va qorong’ilikdagi hujayra uchun xos bo’lgan tinchlikdagi membrana potensiali tiklanadi. Kolbachalar orasida yutilish spektri molekula maksimumlari 445, 535 va 570 nm bo’lgan 3 turi ochilgan. Kolbachalar pigmenti, rodopsindagi kabi, 11-sis- retinalga ega, ammo pigmentning oqsil qismida farq bo’lgani uchun, kolbachalar pigmenti yodopsin deb ataladi. Kolbachalarning tashqi segmenti berk bo’lmagan disklardan tashkil topgan (8.18-rasm, v). Uchala tipdagi kolbachalarning pigmentlardagi xromofor guruhi retinaldan iborat, yutilish spektridagi farqlar esa turli oqsillar mavjudligi bilan tushuntiriladi. Kolbachalarning uch tipi mavjudligi sababli odam ko’zi ranglarni ajrata oladi. Ayrim genetik kasalliklarda yodopsin oqsillardan birining sintezi buziladi, natijada rangli ko’rishning mos keluvchi pigmenti hosil bo’lmaydi va odam ranglarni ajratish qobiliyatini yo’qotadi. Ushbu kasallik daltonizm deb ataladi. Bakteriorodopsin galofill bakteriyalar membranasida topilgan bo’lib, qator xossalari bilan rodopsinga o’xshaydi (aminokislotali tarkibi, molekulalar massasi, xromoforning kimyoviy tabiati). Bu umumiylik ulardagi fotokimyoviy o’zgarishlar jarayonida ham mavjud. Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling