Biofizika kitob yangisi 2013. doc
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
λ
ý V ga teng bo’ladi. Xromatik bo’lmagan nurlanish uchun oqim ( ) ( ) ∫ = = = íì íì ý ý d Ò r V ô 380 200 , λ λ λ λ λ (8.32) Eritmik nurlanish kuchi (erg/s), eritmik nurlanish (Erg/m 2 ) va boshqalarda aniqlanadi. Ultrabinafщa nurlar bakterisid ta’sirida bakteriyalar halok bo’ladi. Organizmda immunobiologik holatning oshuvi ham bakterisid ta’sirida ifodalanadi. Bakterisid ta’sir effektivligi ( ) λ δ V bog’lanish orqali aniqlanadi. Eng kuchli bakterisid xususiyatga 254 nmli to’lqin egadir. 200 – 380 nm diapazondan tashqaridagi to’lqinlar uchun bakterisid ta’sir unchalik sezilarli emas. Nurning bakterisid ta’sirini aniqlovchi kattalik bakterisid oqim deyiladi va baktlarda o’lchanadi. To’lqin uzunligi 254 nm bo’lgan 1Vt quvvatli nurlanish 1 bakt. oqim hosil qiladi. Boshqa to’lqin uzunlikli nurlanish ( ) λ δ V oqim hosil qiladi. Masalan, to’lqin uzunligi 280 nm bo’lgan nurlanish 0,6 bakt. oqim hosil qiladi. ( ) ( ) ∫ = 380 200 , λ λ λ δ δ d Т r V Ф (8.33) qolgan bakterisid qiymatlar: bakterisid nurlanish kuchi (bakt/m)da o’lchanadi. Bakterisid nurlanish (bakt/m 2 ) 200 nmdan kichik to’lqinlarda tez yutiladi. Shu sababli ulardan foydalanib bo’lmaydi. Qish oylarida va yopiq binolarda saqlanadigan qishloq xo’jalik hayvonlari quyosh nuriga chanqoqlik sezadi va ularda mahsuldorlik kamayadi, hamda PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 180 infeksion kasalliklarga tez chalinishi mumkin. To’g’ri tanlangan sun’iy yoritish ana shu kamchiliklarni qisman kamaytirishi mumkin. Infraqizil nurlar to’lqin uzunligi 760 nmdan 1 – 2 mm gacha sohani o’z ichiga oladi. Bu soha shartli uch qismga bo’linadi, ya’ni yaqin ( ) , 5 , 2 76 , 0 мкм − o’rta ( ) мкм 50 5 , 2 − va uzoq ( мкм 2000 50 − ). Vin qonuniga binoan jism harorati qancha past bo’lsa, uning nurlanish to’lqin uzunligi shuncha katta bo’ladi. Quyosh nurlanishi spektrining IK nurlanishi ( к Тк 6000 = ) 50% ni tashkil qilsa, cho’g’lanma lampa uchun IK spektr % 90 ) 2800 ( − = К Тл ni tashkil qiladi. Xuddi shunday IK nurlanishni isigan o’t, odam va hayvon tanasi chiqarishi mumkin. IK nurlarni qayd qilish uchun issiqlik va fotoelektron qabul qiluvchilardan foydalaniladi. Nurlagich turiga qarab IK spektr tutash yoki chiziqli bo’lishi mumkin. Isigan qattiq jismlar uyg’ongan gaz atomlari chiziqli spektr nurlaydi. Infraqizil spektroskopiya tirik hujayralarni o’rganishda qo’llaniladi. IK nurlanishning yutilishi va qaytish hodisalari ko’rinadigan nurlarnikidan farq qiladi. Masalan, suv ko’rinadigan nurni yaxshi o’tkazsa, IK nurni yutadi. Shu sababli yoritilgan biror jismning isishidan xabardor bo’lish uchun manba va jism o’rtasiga suvli kyuveta qo’yiladi. Suv va suv bug’larining IK nurlarni kuchli yutishi bizning planetamizdagi issiqlik muvozanatini saqlashda muhim rol o’ynaydi. Qish vaqtida Yer atmosferasining IK nurlanishini kuchli yutishi yerdan kutarilayotgan issiqlikni saqlashda muhim rol o’ynaydi va Yerning sovib ketishiga to’sqinlik qiladi. Xuddi shunday hodisa issiqxona effektida ham yuz beradi. Quyoshdan tushayotgan nur issiqxona tuprog’ini isitadi. Issigan tuproq IK nurlari nurlaydi va u issiqxona shisha tomonidan yutiladi va yana issiqxona ichiga qaytadi. Shunday qilib shisha IK nurlanishning yo’qotilishiga to’sqinlik qiladi. IK nurlar yordamida texnik quritishda keng qo’llanilmoqda. Masalan, bo’yalgan avtomobil, mebel, yonuvchi modda yoki mevalarni, ho’l donlarni quritishda qo’llanilmoqda. IK nurlarning biologik ta’siri to’qimalarning isishi bilan aniqlanadi. Haroratning oshishi hujayralar aktivligini, ularning ko’payishini, almashish jarayonini tezlashtiradi. IK nurlanishning hayvonlar organizmiga ta’siri terida bo’ladigan effektlardan boshlanadi. Hayvonlar terisi IK nurlanish uchun deyarli shaffof bo’lib, unga 2,5 – 4 smgacha va ba’zida undan ham ko’proq kirishi mumkin. Nurlanish yutiladigan teri qismlari isishi natijasida u yerdagi reseptorlarni uyg’otadi. Natijada potensiallar farqi yuzaga keladi va markaziy nerv tizimiga borib issiqlik balansini boshqarishga harakat qiladi. Natijada nurlangan qismlarda qon aylanish tezlashadi va to’qimalarning kislorod bilan ta’minlashi yaxshilanadi. Bu esa biologik funksiyalarning aktivlashuviga olib keladi. Katta to’lqin uzunlikli nurlar terining ustki qatlamini isitadi, qisqa to’lqinlar esa teri ichkarisiga 6 – 8 sm kirishi va ichki organlarni isitishi mumkin. IK nurlanish tibbiyotda va veterinariya fizioterapiyasida keng qo’llaniladi. Undan bo’g’inlarni, terini, limfa tugunlarni davolashda foydalaniladi. IK nurlanish suv tomonidan kuchli yutilishi tufayli bug’lanish tezligini oshiradi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 181 Natijada terining ho’l yuzasining qurishini tezlashtiradi. Bu xususiyatdan ekzema va sovuq urishni davolashda ishlatiladi. IK nurlar bilan davolashning boshqa issiqlik usullaridan farqi, bu holda issiqlik ancha ichki organlarga kirishidadir. Bundan tashqari, issiqlik manbai va isitiladigan jism orasida kontakt yo’qligi to’qimalar o’yg’onishi va ifloslanishining oldini oladi. IK nurlanish bilan buzoqlar saqlanadigan xonalarni isitish ham keng qo’llanilmoqda, chunki yangi tug’ilgan buzoqlar birlik massasiga ko’ra ko’proq energiya yutadi. Sun’iy isitish yangi tug’ilgan buzoqlarning tashqi sharoitga tez moslashuviga olib keladi. Shuni aytish kerakki, IK nurlanish ko’zga salbiy ta’sir ko’rsatadi, chunki ko’z qorachig’i va shishasimon suyuqligi IK nurlarni kuchli yutadi. Bu esa kataraktaga, to’r pardaning ajralishiga va boshqa ko’z kasalliklarga olib kelishi mumkin. Oxirgi yillarda odam va hayvonlar organlari orqali chiqariladigan nurlanishlarni elektrooptik usul bilan qayd qiluvchi termografiya usullar keng qo’llanilmoqda. To’qimalar IK nurlanishni ko’rinadigan nurlanishga qaraganda kuchsiz yutadi va shu sababli IK spektrga asosan ko’rinadigan nur sezmaydigan teri osti detallarni sezish mumkin. Teri ostidagi venalar fotosuratda yoki televizor ekranida IK nurda yaxshi ko’rinadi, chunki venadagi qon harorati uni o’rab turuvchi to’qimalar haroratidan biroz yuqori bo’ladi. Suratlar yordamida qayerlarda shamollashlar boshlanayotganini aniqlash mumkin. IK nurlanishni qayd qiluvchi hozirgi zamon qurilmalar tromboz yoki o’simtalarni aniqlashda foydalanilmoqda. Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling