Biofizika kitob yangisi 2013. doc
§ 8.7. Ko’rishning biofizik mohiyati
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§ 8.7. Ko’rishning biofizik mohiyati
Ko’rish tizimiga tushgan yorug’lik elektr impulsiga aylanadi va u ko’rish nervlari orqali miyadagi markaziy nerv tizimiga beriladi. Fotoresseptorlar sezgirligi juda yuqori bo’lib, unga tushgan kuchsiz yorug’likni ham elektr impulsiga aylantirib beradi. Yorug’lik ta’sirida reseptor hujayralarida ma’lum biokimyoviy reaksiyalarni hosil qildiradi va harakat potensiali yuzaga keladi. Ko’z nafaqat elektromagnit to’lqinni qabul qiladi, balkim ularni farqlay oladi ham. Buyum tasvirini va rangini, qanday masofada joylashganini ham aniqlaydi. Tabiat bunga uzoq evolyusiya tufayli erishdi. Ba’zi umurtqali hayvonlar ham odam kabi ranglarni ajratadi. Masalan, otlar, qo’ylar va cho’chqalar faqat qizil va zangori ranglarni farqlaydi. Tunda ov qiluvchi hayvonlar, masalan, mushuklar, bo’rilar rangni farqlamaydi. Hayvonlar ultrabinafsha va infraqizil nurlarni farqlay olmaydi. Bunga sabab quyoshdan Yerga amalda 290 nmdan kichik to’lqinlar yetib kelmaydi. Shu sababli hayvon va odamlarda bu to’lqin uzunlikni sezuvchi organlar rivojlanmagan. Lekin, bundan PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 187 ancha katta to’lqin uzunlikli ultrabinafsha nurlarni ham ko’z sezmaydi. Bunga sabab yuqori energiyali ultrabinafsha nurlar ko’zdagi yorug’likka sezgir pigmentlarni buzishidadir. Shu sababli gavhar va shishasimon suyuqlik nafaqat UB nurlarni balki to’lqin uzunligi 400 nmga yaqin ba’zi nurlarni ham kuchli yutadi. Agar bu nurlar energiyasi katta bo’lsa to’r pardani kuydiradi. IK nurlarni oladigan bo’lsak, uni hayvonlar tanasining o’zi ham chiqaradi. 37 0 S da maksimal nurlanish 10 9 ÷ mkm to’lqin uzunlikka mos keladi. 1sm 2 hayvon tanasi 50 mVt quvvatli energiyani nurlaydi. Bu esa ko’zga quyoshdan tushadigan energiyadan ancha kattadir. Lekin ko’z qo’rish sohasidan boshqa to’lqinlarni ham sezadi. Masalan, odam 300 nmli ultrabinafsha va 950 nm infraqizil nurlarni ham sezadi. Agarda ko’z gavhari olib tashlansa, ko’zning ultrabinafshaga sezgirli ancha oshadi. Umurtqali hayvonlar uchun ko’rish spektri odamlarning yaqin fotoreseptor hujayradan keladigan informasiyani bir bitga teng desak bir sekundda nerv tolasi orqali miyaga beriladigan impulslar axboroti 8 10 3 ⋅ bitga teng. Taqqoslash uchun oladigan bo’lsak, televizion kanal sekundiga 10 2 bit axborot beradi, bu esa 30 marta kamdir. Lekin bu taxminiy hisoblardir. Amalda bundan bir necha marta katta bo’lishi mumkin. Ko’z o’ziga xos optik asbob bo’lib, u optikada alohida o’rin tutadi (8.17-rasm). Ko’z kosasi uncha to’g’ri bo’lmagan shar shaklida bo’lib, katta odamlarda uning old – orqa o’lchami o’rtacha 24,3 mm vertikal o’lchovi 23,4 mm va gorizontal o’lchovi 23,6 mm. Muguz parda, ko’zning eng kuchli sindiruvchi qismidir. Ko’z gavhari ikki tomonlama diametri 8-10 mm bo’lgan qavariq linzadir, oldingi egrilik radiusi 10 mm, orqasining egrilik radiusi 6 mm, uning sindirish ko’rsatkichi 1,4 dan kattaroq. To’r parda bir necha qatlamdan iborat bo’lib, qatlamlarning qalinligi va yorug’likka sezgirligi turlicha. Unda yorug’likni sezuvchi xo’jayralar mavjud. Ularning cho’zinchoq uchlariga tayoqchalar, konussimon uchlariga kolbachalar deyiladi. 8.17-rasm. Ko’zning tuzilishi: 1-tashqi oqsil qobiq (sklera), 2-muguz parda, 3-konыyunktiv, 4-qon tomirli qobiq, 5-rangdor parda, 6-qorachiq, 7- ko’z gavxari, 8-ko’zning oldingi kamerasi, 9-shishasimon modda, 10-ko’ruv nervi, 11-to’r parda, 12-ko’r dog’, 13-sariq dog’ Ko’zning asosiy vazifasi ko’zga tushgan yorug’lik energiyasini (fotoreseptor to’qimalar yordamida) elektr energiyasiga aylantirib ko’rish nervlari yordamida PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 188 markaziy miyaga yetkazishdir. Fotoreseptor to’qimalar sezgirligi juda kuchli. Odam ko’zi tirik organizmlarda eng mukammal tizimdir. Chuvalchanglarda ko’rish faqat yorug’ va qorong’ulikni farqlashdan iborat bo’lib, ularda fokuslovchi qism yo’q. Malyuskalarda chuqurcha mavjud bo’lib, u yorug’likning tushish yo’nalishini aniqlay oladi. Chayonlarda esa ancha rivojlangan bo’lib, fokuslovchi linzasi ham bor. Tayoqchalar har xil hayvonlarda turlichadir. Masalan, chumolida 100 ta bo’lsa, ninachida 28 mingta, lekin ularda ajrata olish qobiliyati kichik. Sochish burchagi 1-8 o atrofida. Tayoqchalar ko’zning hamma sirtida bir tekisda joylashgan bo’lib, asosan oq-qora reseptor rolini o’ynaydi. Kolbachalari esa markazda to’plangan bo’lib, asosan rang uchun javobgardir. Tayoqchalar sezgirligi kolbachalarnikidan katta. Masalan, tayoqchalar 10 -6 lk da ko’rish imkonini beradi. Kolbachalar esa 10 -2 lk da rangni ajrata oladi. Yorug’likni sezish ham Veber- Fexner qonuniga bo’ysunadi. Ko’zga kesimi 4 mm 2 bo’lgan ko’rish nervi keladi, u esa million nerv tolalariga bo’linadi. Odam ko’zida 10 ta qatlam bo’lib, fotoreseptor to’qima eng oxirgisi hisoblanadi. Fotoreseptor yorug’lik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi va uning kuchaytirish koeffisiyenti 10 5 – 10 6 ga tengdir. U hatto 3-4 foton tushsa ham ishlaydigan qurilmadir. Kishi ko’zining to’r qatlamida 130 million tayoqcha va 7 million kolbachalar joylashgan. Yorug’likning asosiy sinishi muguz pardaning tashqi chegarasida yuz beradi. Uning optik kuchi 40 dioptriya, gavharniki 20 dioptriya. Ko’z turli uzoqlikdagi jismlarni bir xil ravshanlikda ko’rishi kerak. Buning uchun ko’z gavhari egriligi o’zgaradi. Bunga «keskinlikka to’g’rilanish» - akkomodasiya deyiladi, jism cheksizlikda bo’lsa, uning optik kuchi nolgacha kamayadi. Jism yaqinlashsa, gavhar radiusi kattalashadi. 25 sm oraliq zo’riqishsiz eng yaxshi ko’rish masofasi hisoblanadi. Buyum o’lchami V, undan ko’zgacha masofa L va ko’rish burchagi Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling