Biofizika kitob yangisi 2013. doc


§ 8.4. Quyosh nurining biologik ahamiyati


Download 2.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/116
Sana14.09.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1678267
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA (1)

 
§ 8.4. Quyosh nurining biologik ahamiyati 
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


175
To’lqin uzunligi 400nmdan 100 nmgacha bo’lgan elektromagnit to’lqinlar 
ultrabinafsha nurlanish deyiladi. Uning to’lqin uzunligi ko’rinadigan nurlar va 
yumshoq rentgen nurlar o’rtasida joylashgan. To’lqin uzunligi 100 nmdan kichik 
bo’lgan to’lqinlar yupqa havo qatlamida ham kuchli yutiladi. Shu sababli 
amaliyotda ultrabinafщa nurlarning qolgan qismi qo’llaniladi. Fizioterapiya va 
fotobiologiya bo’yicha halqaro kongresda ultrabinafsha nurlanish sohasini shartli 
uchga 
bo’lish 
kelishib 
olingan. 
1–UBNA 
(
)
,
315
400
нм
÷
>
λ
UBN–V 
(
)
,
280
315
нм
÷
=
λ


С
УФH
(
нм
100
280
÷
=
λ
). 
quyosh 
spektrining 

foizi 
ultrabinafsha nurlanishdan iborat, lekin Yer sirtida 280 nmdan past to’lqin 
uzunlikli nurlanishlar yo’q va UBN – V dan Yerga atigi 0,1% yetib keladi. Bunga 
sabab atmosferadagi azot va ozon qatlami ularni kuchli yutishidadir. Agarda UBN–
V va UBM–S yutilmaganda edi, yerdagi hamma jonzod halok bo’lgan bo’lar edi.
Sun’iy yorug’lik manbalaridan keng spektrdagi nurlanish olish mumkin. 3000 
K dan yuqori darajada isitilgan qattiq jismlar ko’p miqdorda ultrabinafsha nurlar 
chiqarishi mumkin. Lekin ulardan intensivligi katta bo’lgan qisqa to’lqinlar chiqish 
amalda mumkin emas. Chunki nurlanishning maksimumi 100 nm ga to’g’ri kelishi 
uchun jismni 29000 K. gacha isitish zarur. Bunday harorat faqat yadro portlaganda 
markazida bo’lishi mumkin. Shu sababli qisqa to’lqinli nurlar spektrini 
ultrabinafщa nurlar chiqaruvchi metall bug’larining elektr razryadlari vaqtida hosil 
qilinadi. Veterinariya amaliyotida 280 – 380 nm. to’lqin beruvchi va bakterisid 
(253 – 265nm) lampalardan foydalaniladi. Ularni qayd qilish uchun sezgir 
fotoelementlar, fotoplastinkalar, lyuminessent moddalardan foydalaniladi.
Ultrabinafsha nurlar energiyasi ko’rinadigan nurlarnikidan katta bo’lgani 
uchun modda bilan kuchli ta’sirlashadi. Shu sababli ular ko’rinadigan nurlarga 
qaraganda ko’proq fotoeffekt, fotokimyoviy reaksiyalar va lyuminessensiyani hosil 
qilishi mumkin.
Ultrabinafsha nurlarning biologik ta’siri kuchli bo’lgani uchun u 
veterinariyada keng qo’llaniladi. ultrabinafsha nurlarning biologik ta’siri 
mexanizmi juda murakkab bo’lib, hozirgacha aniqlanmagan. Bu holda yutilish 
mexanizmi issiqlik effekti emas, balki fotokimyoviy reaksiyalardir. Ushbu holda 
foton ta’sirida molekulalardan elektron chiqib ketadi va oqsil molekulasi zaryadi 
o’zgaradi. Nurlanish fotolizga olib keladi, ya’ni katta molekulalar bo’laklari hosil 
bo’ladi va ular yuqori biologik aktivlikka egadir. Fotolizni to’lqin uzunligi eritem 
sohada bo’lgan to’lqinlar hosil qiladi. Denaturasiya esa bakterisid to’lqin sohasida 
kuzatiladi. DNK molekulalaridagi nuklein kislotalarida bo’ladigan o’zgarishlar 
hujayralar hayotiy holatiga ta’sir qiladi va ularning o’sishiga va keyin hujayra va 
bir hujayrali organizm – bakteriyalarning halokatiga olib keladi. Turli bakteriyalar 
turli to’lqin uzunliklarda halok bo’lishi mumkin. Masalan, stafilakok to’lqin 
uzunligi 265 nm
coli

Ε
- 251nm nurlanish ta’sirida halok bo’ladi. Hujayraning 
halok bo’lishi uchun katta miqdorda nurlanish dozasi talab qilinadi. Masalan, 
coli

Ε
– hujayrasini o’ldirish uchun 
6
10
2

ta foton kerak bo’ladi.
Ultrabinafsha nurlarning bakterisid ta’siridan yopiq binolarni sterilizasiya 
qilishda foydalaniladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


176
Sanoat parrandachiligida bu keng qo’llaniladi, chunki ko’p miqdordagi 
tovuqxonalarda havo orqali turli xil mikroblar tarqalishi mumkin. Jo’ja boqiladigan 
xonalarni sutkasiga 3 mahal 5 – 25 minutdan nurlantirish jo’jalarning yaxshi 
o’sishi va kam halok bo’lishiga olib kelgan.
Dezinfeksiya maqsadlarida chorva binolariga beriladigan havolar ham 
ultrabinafsha nurlar balan nurlantiriladi. Ultrabinafsha nurlar dezinfeksiyadan 
tashqari havoni ionlashtiradi ham. Bu holda ozon hosil bo’ladi va molxonadagi 
yoqimsiz hidlarni kamaytiradi.
Hayvonlarga ultrabinafsha nurlanishning ta’siri uning terisiga tushganda 
yutilishi bilan bog’liqdir. Nurlanish biologik effekt berishi uchun u teri ostida 
joylashgan qon va nerv tomirlarigacha yetib borishi kerak. Odam terisi uchun 
to’lqin uzunligi 300 nmdan kichik bo’lgan to’lqinlar 0,5 mm kiradi xolos. 
Hayvonlar terisi qalin va juni bo’lganligi uchun ham kam masofaga o’tadi.
Yorug’lik ta’sirida biokimyoviy reaksiyalar va fiziologik jarayonlar tufayli 
teri ostida gistamin hosil bo’ladi. 
Gistamin boshqa molekula «bo’laklari» bilan qon tomirlari orqali tarqaladi. 
Gistamin qon tomirlarini kengaytiruvchi modda bo’lib, natijada giperamin hosil 
bo’ladi. Organizmning nurlanishiga aks ta’siri terida pigmentasiya, ya’ni kuyish 
hosil bo’lishidir. Teri pigmenti melanin epidermisning tubida joylashgandir.
Ultrabinafsha nurlanish ta’siridan teri va so’ng qolgan qismlarda modda 
almashinuvi yaxshilanadi va natijada organizm immunobiologik holati 
yaxshilanadi. Shu sababli ultrabinafsha nurlar veterinariyada shamollash 
kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Ultrabinafsha nurlar ta’sirida D vitamini hosil bo’ladi. Bu esa kalsiy 
elementining o’zlashtirishiga imkon beradi. Agarda organizmda D vitamin 
yetishmasa organizm kalsiyni suyakdan oladi va bu raxit kasalligiga olib keladi. D 
vitaminning yetishmasligi skeletning o’sishini sekinlashtiradi. Vitamin D go’sht, 
yog’lar tarkibida bo’ladi, lekin uni organizmning o’zida ultrabinafsha nurlar 
ta’sirida hosil qilishi mumkin. Buning uchun organizmni 280 – 315 nmli 
ultrabinafsha nurlar balan nurlantirilishi kerak. Bu narsa buzoqlar va jo’jalarni 
nurlantirishda ishlatiladi. Oxirgi yillar hayvonlar qonining UB nurlar bilan 
nurlantirish yo’li bilan hayvonlarning turli kasalliklarga chalinmasligini oldini 
olishda foydalanilmoqda. Buning uchun hayvon venasidan 1 kg massaga 1 – 2 ml 
qon olib, ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirilib yana organizmga yuboriladi.
Shuni qayd qilish kerakki, ultrabinafsha nurlarning salbiy ta’sirlari ham ko’p 
va undan himoyalanish ham zarur.
Quyosh nuridan fotosintezda foydalanilishi ma’lum, lekin tushayotgan quyosh 
nurining atiga 5 foizi bevosita fotosintezga sarflanadi (bahorgi bug’doy uchun 3,26 
foiz, kartoshka uchun 3,02 foiz, makkajo’xori uchun 2,35 foiz va h.k). 
O’simliklarning organik massasi fotosintez jarayonida to’planadi, shuning uchun 
qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish uchun quyosh energiyasidan 
foydalanish koeffisiyentini oshirish zarur. Buning uchun sun’iy yorug’lik berish 
kerak. Bunda o’simliklar karbonat angidrid bilan boyib ildizdan suyuq ozuqa 
berilgani holda sun’iy ravishda qo’shimcha yoritiladi. Yorug’lik teri qatlamiga 
ham ta’sir qiladi. Ko’rinadigan va infraqizil nurlar asosan terining sirtini qizdiradi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


177
Ultrabinafsha nurlar tashqi qatlamda fotokimyoviy reaksiyani vujudga keltiradi, 
buning natijasida qo’ng’ir pigment hosil bo’ladi (kuyish), bu pigment melanin 
deyiladi va ultrabinafsha nurlarni kuchli yutib, organizmni ularning haddan 
tashqari ta’siridan saqlaydi. Ultrabinafsha nurlarning kuchsiz (normal) ta’siri 
organizmga foydali ta’sir ko’rsatadi, uning yuqumli kasalliklarga qarshiligini 
ko’rsatadi va modda almashinuvini yaxshilaydi. 
Odam, hayvon va o’simliklar yashashi uchun yorug’lik zarurdir, uning 
yetmasligi organizmning normal faoliyatini buzadi. 0,28 mkm dan qisqa to’lqinli 
ultrabinafsha nurlar kuchli bakterisid ta’sirga ega. Bundan binolarning havosini 
tozalash, sutni sterilizasiya qilishlarda ishlatiladi. Bu nur kvars lampalar yordamida 
hosil qilinadi. Yerga yetib keladigan quyosh nurlarida 0,29 mkmdan qisqa to’lqinli 
nurlar bo’lmaydi, chunki bu nurlarni atmosferaning yuqori qatlamlari (12-50 km) 
ozon (O
3
) batamom yutib qoladi. 
Infraqizil nurlar ilonlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Ilonlarda ko’rish, 
eshitish, hid bilish zaif, lekin infraqizil nurlarni o’tkir qabul qiladi. Ilonning 
boshida ko’zlari bilan burun orasida ikkita chuqurcha bo’lib, ularda o’ziga xos 
«termolokatorlar» - infraqizil nurlarga sezgir organlar bo’ladi. Bu yordamida turli 
mayda qushlar va hayvonlardan kelayotgan zaif issiqlik nurlanishlarni ham tutib 
oladi va ularning turgan joylarini aniqlaydi. Shuning uchun qorong’ida ham ilon 
o’z o’ljasiga aniq tashlanadi. Bir yilda quyosh nuri ta’sirida 450 milliard tonna 
organik modda hosil bo’ladi. 

Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling