Biofizika kitob yangisi 2013. doc


Download 2.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/116
Sana14.09.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1678267
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA (1)

tr
ф
t
ф

=

(8.24) 
Fotokimyoviy reaksiya darajasini ko’rsatuvchi kattalik reaksiyaning kvant 
chiqishi deyiladi, ya’ni 

N
=
ϕ

- yutilgan fotonlar soni, 
N
- barcha tushayotgan 
fotonlar soni.
Agarda har bir yutilgan foton reaksiyaga kirishsa u holda kvant chiqish 100% 
bo’ladi. Odatda, bu bir necha foizdan oshmaydi. Masalan, fermentlarni aktivasiya 
qilish reaksiyasi uchun 0,1 – 0,01% ga teng.
Birlamchi va ikkilamchi fotokimyoviy reaksiyalarni farqlash muhim 
ahamiyatga ega. Eynshteyn ko’rsatishicha har bir molekula bitta fotonni yutadi va 
demak birlamchi reaksiyadagi molekulalar soni fotonlar soniga proporsionaldir.
Aminokislota, oqsil, nuklein kislotalarni katta dozadagi ultrabinafsha nurlar 
bilan nurlantirsa fotoyemirilish yuz beradi. Natijada, kimyoviy bog’lanishlar uzilib 
radikallar, ionlar va neytral atomlar hosil bo’ladi. Bu tur reaksiyaga Yerda 
bo’ladigan kislorod – ozon reaksiyasi kiradi.
Quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlar ta’sirida stratosferada kislorod 
molekulalarining dissosiasiyasi kuzatiladi 
O
h
O
2
2

+
ν
. Hosil bo’lgan aktiv 
kislorod atomlari kislorod molekulalari bilan birlashib ozon hosil qiladi. 
3
2
O
O
O

+
. Ozonning parchalanishi ham fotokimyoviy reaksiya tufayli ro’y 
bo’ladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


169
O
O
h
O
+

+
2
3
ν
Bu ikki reaksiya natijasida 25 km yuqorida qalinligi 2 – 3 
kmli ozon qatlami hosil bo’ladi. Undan yuqori qatlamlarda kislorodning kamligi 
natijasida kam miqdorda ozon hosil bo’ladi.
Undan past qatlamlarda ultrabinafsha nurlarning kam kelishi tufayli 
reaksiyalar amalga oshmay qoladi. Quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarning 
to’lqin uzunligi 290 nm.dan kamini stratosfera ozon qatlami to’laligicha yutib 
oladi. Agar bu to’lqin uzunlikli nurlar Yerga yetib kelganda edi, barcha tirik jonzot 
halok bo’lar edi. Ozon infraqizil sohadagi 10 mkm to’lqin uzunlikli nurlarni 
yutuvchi qatlamga ham egadir. Aynan shu to’lqin uzunlik Yerdagi issiqlik 
nurlanishga mos keladi. Demak, ozon 20% issiqlik nurlanishni ushlab turadi va 
issiqlik ekrani bo’lib xizmat qiladi. Natijada Yerdan issiqlikning koinotga 
tarqalishiga to’sqinlik qiladi. Afsuski, keyingi yillarda aviasiyadan foydalanish va 
sanoat chiqindilari ta’sirida ozon qatlami qisman yemirilib bormoqda. Arktika 
ustida kengligi 5 mln. km
2
li “Ozon tirqishi” hosil bo’lgan. Bu “tirqish” ning 
keyingi oshuvi yerda turli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi va uning 
ekologik ta’sirini baholash qiyindir.
Yorug’likning sochilishi ham ko’rsatkichli qonunga bo’ysunadi: 
I = I
o
e
-ml
(8.25) 
m – sochilish ko’rsatkichi. 
Reley qonuniga binoan sochilgan nur intensivligi to’lqin uzunligi to’rtinchi 
darajasiga teskari proporsionaldir: 
I ~ 
4
1
λ
(8.26) 
Osmonning ko’k rangi ham yorug’likning atmosfera zarrachalaridan 
sochilishi sabab bo’ladi. Quyoshning botishidagi qizil rangi, ko’k va binafsha 
nurlarning qiya tushganda biosfera qatlamlari ichida ancha chuqurroq masofaga 
sochilishi natijasida oq yorug’lik spektrining o’zgarishidir. Infraqizil nurlar yanada 
kamroq sochiladi. 
Maksvell nazariyasiga binoan elektromagnit to’lqinlar ko’ndalang, ya’ni 
elektr va magnit maydon kuchlanganliklari Ye va H tebranishlari to’lqin tarqalish 
yo’nalishiga perpendikulyardir. Qutblanish qonunlarini tushuntirish uchun 
bulardan bittasini, odatda elektr maydon kuchlanganlik
E
vektorining o’zini 
tutishini bilish yetarli. 
Yorug’lik ko’plab atomlar nurlanishi to’plamidan iboratdir. Atomlar esa bir-
biriga bog’liq bo’lmagan holda nurlaydi. 
Hamma yo’nalish bo’yicha 

Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling