Biofizika


– Mavzu: Biologik membranalarning struktura va funktsiyasi


Download 0.85 Mb.
bet20/54
Sana18.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1708544
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
Bog'liq
Биофизика маърузалар матни Позилов (3)

6 – Mavzu: Biologik membranalarning struktura va funktsiyasi
Reja:

  1. Biomembranalar tuzilishining struktura asoslari.

  2. Membrana oqsillari, li’idlari.

  3. Membranalar tuzilishiga oid hozirgi zamon tasavvurlari.

  4. Model membranalar

Bizga mahlumki, hujayralarning eng asosiy qismi membranalar hisoblanadi.Ular hujayrani atrof-muhitdan chegaralab turadi, unga ziyon yetqazuvchi tashqi tahsirlardan himoya qiladi, hujayra bilan uning atrofini o’rab turuvchi muhit orasidagi modda almashinuvini boshqaradi, elektr potentsiallarini generatsiyalashga imkoniyat yaratadi, mitoxondriyalardagi universal akkumulyatorlar energiyasi ATF ni sintez qilishda ishtirok etadi. Xulosa qilib aytganda, membranalar hujayralarning tuzilishini shakllantiradi va uning vazifasini bajaradi. Ko’’gina kasalliklar mas-n, ateroskleroz, zaharlanish va h.z.lar membrana tuzilishining va ish faoliyatining buzilishi bilan bog’liqdir.


Hozirgi davrga kelib,biologiyada mustaqil ilmiy yo’nalish-membranologiya shakllandi. Membranologiya biologik membranalar tuzilishi,molekulyar tashkillanganligini, membranaviy tarkibiy qismlarining faoliyat mexanizmlari,membrana fizik-kimyoviy xossalari va aktivligining boshqarilishi masalalarini tekshirish bilan shug’allanadi.


Membranologiyaning qisqacha tarixi

Mualliflar

Yillar

Membrana o’rganishdagi hissasi

Fon Molg’ va K. Fon Negeli

1895

‘lazmoliz hodisasini tushuntiri da “membrana” atamasini kiritishgan.

V.’feffer

1877

“Osmos tadqiqoti” asarini yozgan.

V.Nernst

1888

Membranaviy potentsial tenglamasini kiritgan.

V.Ostvalg’d

1890

Bioelektrik jarayonlarda membrana ning ishtiroki haqida taxminlar qilishgan.

Yu.Bernshteyn

1902

Tinchlik potentsialining kelib chiqishidagi membrana nazariyasini ishlab chiqishgan.



E.Overton

1895-1902

Membranada li’idlar tabiati haqida o’z xulosalarini qoldirgan.

Gorter va
Grendel

1925

Membrana ikki li’id qatlam (bisloy) dan tashkil to’ganligi haqida aytishgan.

Daniell va Davsonlar

1935

Membrananing “buterborod” modelli tuzilishi haqida


1895-1902 yillar oralig’ida E.Overton bir qancha birikmalarda xujayra membranasining o’tqazuvchanligini o’lchaydi va bu birikmalarning membrana orqali o’tishini to’g’ri chiziq orqali ko’rsatib beradi.

Daniell va Davsonlar buterbrod modellarini tavsiya qiladilar. Ularning bu modellari membranologiya taraqqiyotida 40 yillargacha saqlanib keldi. Ularning bu modellariga asosan fosfoli’idlar qo’shqatlamida oqsillar
Joylashganligi isbotlandi.

Membrananing “suyuq-kristall” modeli 1972 yilda Singer va Nikolg’son tomonidan fizikaviy va kimyovi usullar yordamida olib borilgan bir qancha tadqiqotlar natijasida membranalar tuzilishida suyuk-mozaik modeli tavsiya etildi.
lazmatik membranalar strukturasi

  • Har qanday biomembranalar bir xil tuzilishga ega: ular ikki qatlam li’id molekulalaridan tashkil to’gan va 6 nm qalinlikka ega. Ayrim membranalar uglevodlardan ham tarkib to’gan, ular esa o’z navbatida oqsillar va li’idlar bilan bog’langan bo’ladi. Li’idlar,oqsillar va uglevodlar nisbati hujayra yoki membrana xususiyatiga hamda hujayra yoki membrananing ti’iga ham bog’liq bo’ladi.

  • Membrana kom’onentlari nokovalent bog’lari yordamida saqlanadi, shu sababli ular harakatchanlikka ega bo’ladi. Membrananing oquvchanligi li’idlarning tarkibi va tashqi muhitning haroratiga bog’liq bo’ladi.

Yog’ kislotalar tarkibining ko’’ayishi natijasida oquvchanlik oshib boradi va yarim kristall membrana strukturasining buzilishiga olib boradi.
Membranaviy oqsillar ham harakatchanlikka ega. Agar membranada
oqsillar mustahkamlanmagan bo’lsa, ular li’id qo’shqatlamida “suzib”
yuradilar,shuning uchun ham biomembranalar “suyuq-mozaik struktura”li deb ataladi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling