Geologiya – mineralogiya va geomorfologiyadan amaliy ishlar,
labaratoriya mashg’ulotlari ishlanmalari.
Birinchi amaliy ish: Yerning ichki tuzilishi, yer po’sti,
Litosfera va uning tarkibi (4 soat).
1. Yer po’stini o’rganish metodlari
Yer po’stini o’rganish metodlari – Umumiy geologiyaning metodlari
bo’lgan kuzatish, bevosita borib ko’rish, tajriba-eksperimental va mantiqiy
mulohaza metodlariga asoslangan holda amal qiladi.
Yer postini –
1. to’g’ridan-to’g’ri geologiya metodlari bilan
2. bilvosita metodlar bilan o’rganiladi.
Bevosita – to’g’ridan-to’gri metodlarga Yer po’stini tarkib toptirgan tog’
jinslari, minerallarni ko’rib ularni tajribada, labaratoriyalarda tajribada tahlil
etish, burg quduqlaridan olingan namunalarni adqiq eitsh metodlari
hisoblanadi.
Bevosita metodlarga – geofizika metodlari bo’lib, Yer po’stidan
olingan materillarning fizik holati, zichligi, issiqlik o’tkazuvchanligiga qarab
hodisa va jarayonlar haqida mushohada yuriiladi.
Amaliy ishlar jarayonida namunalar bilan tanishtiriladi. Yer po’sti
ustunidan olingan namunalar – klarki ko’rsatilib uning qaysi chuqurlik va
qayerdan olinganligi ko’rsatiladi. Daryo bo’ylaridagi geologic ochilmalar,
dalada uchradiga jins namunalarining hususiyati haqida fikr yuritadilar.
Shaxtalar, burg’quduqlar Yerning tarkibini organisahda asosi vosita ekanligi
ta’kidlanadi. O’ta chuqur quduqlar Kola yarimorolida tajriba qudug’i, soatli
tajriba o’ta chuqur quduqlar haqida fikr yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: