I-ma’ruza. GEOMORFOLOGIYANING PREDMETI VA
VAZIFASI, METODLARI. TABIIY VA ER HAQIDAGI FANLAR
O’RTASIDA TUTGAN O’RNI. RELYEF HAQIDA UMUMIY
MA’LUMOTLAR, ASOSIY TUSHUNCHALAR
REJA:
1. Geomorfologiya – yer relyefi haqidagi fan.
2. Geomorfologiyaning
vazifasi, maqsadi.
3. Relyef elementi, relyef tipi geomorfologiyaning tarmoqlari.
4. Geomorfologiyaning geografiya va geologiya fanlari o’rtasidagi
tutgan
o’rni.
5. Geomorfologiyaning metodlari ta’rifi.
6. Relyefning yoshi va uni aniqlash metodlari.
ADABIYOTLAR
1. Panov D.G. Obshaya geomorfologiya.izd, “Visshaya shkole” M, 1966.
2. UzSE, Z-tom Geografiya fanlari tizimi, 1971.
3. Nazarov M.Z. Muxandislik geologiyasi va atrof – muhitni muxofaza
qilish.
4. Qurbonov A. Geologiya, T. “О‘qituvchi” 1992.
5. Leonteyev O.K. Obshaya geomorfologiya, M, “V.SH.” 1979.
Richagov Y.K.
Yer yuzasi relyefining hosil bo’lishi, taraqqiyot tarixi va hozirgi
o’zgarishlari haqidagi fan geomorfologiyadir.
Yer yuzasi shakllarining yig’indisiga relyef deyiladi. Tabiiy jism
tarzidagi muayyan o’lchovga ega bo’lgan relyef qismlari relyef shakli deyiladi.
Dast avval relyefni baland va past shakllarga ajratiladi. Yer ustidan kutarilgan
relyef qismlari dung relyef, yer yuzasidan past bo’lgan chuqurliklar past relyef
xisoblanadi.
Relyef elementi deb bir relyef shakllari yig’indisini tashkil etuvchi
yuzasi, nuqtasi, chizig’i kabi ayrim relyef bo’laklari shakliga aytiladi.
Relyef tipi deb, bir xil kelib chiqishiga ega bo’lgan, muayyan
maydonda tartib ravishda takrorlanib turuvchi relyef shakllari yig’indisiga
aytiladi.
Relyef tiplari guruhi deganda yer yuzasining ancha katta
maydonlarida uchraydigan bir xil sababdan kelib paydo bo’lgan alohida relyef
tiplari tushuniladi.
Relyefning genetik tiplari deb, bir xil kuchlar natijasida paydo bo’lgan
relyefga aytiladi.
Geomorfologiya tarmoqlari va bo’lishi:
Do'stlaringiz bilan baham: