Биогеография фанидан I курс 1 семестр 5140500 – “География ва иқтисодий билим асослари”учун
Rangi – minerallar tabiatda oq, kulrang
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
geologiya va mineralogiya
Rangi – minerallar tabiatda oq, kulrang,
Uchinchi amaliy ish: Minerallarning fizik va kimyoviy diagnostik – aniqlash belgilarini o’rganish. 1.Mineral va tog’ jinslari kolleksiyasi. 2.Tarozi, goniometr, 10 % li xlorid kislota. O’rganish uchun tayanch tushunchalar – rangi, yaltiroqligi, tiniqlik yoki shaffofligi, sinim- (izlom), ulanish(spaynost), qattiqligi, solishtirma og’irligi, hidi, ta’mi, eruvchanligi, magnitligi . Ishning borishi: 1. Sh Shorahmedov, M Qodirov. Umumiy va tarixiy geologiyadan labaratoriya mashg’ulotlari uchun qo’llanma “O’qituvchi” Toshkent – 1988 (7-15 betlar) 2. O. I. Islomov, Sh. Shorahmedov Umumiy geologiya “O’qituvchi” Toshkent – 1969 (43-48 bet). 3. B. N. Gurskiy, G. V. Gurskiy “Geologiya” Minsk - 1985 (51-54 betlar). Yerning ustki qattiq po’sti – Yer po’sti va litosfera tarkibi tog’ jinsi va minerallardan tarkib topgan. Tog’ jinsinin aniq tarkibi , minerallar esa har-xil kimyoviy elementlarning molekulalaridan tashkil topgandir. Tog’ jinslarini tashkil etuvchi minerallar soni to’rt mingga yaqin bo’lib, ulardan ellikga yaqini aksaryat ko’pchilik minerallar tarkibini tashkil etganligi uchun jins hosil qiluvchi minerallar deyiladi. Tog’ jinsini paydo qiluvchi minerallarning tarkibini, fizik xossasi, kelib chiqishi, ishlatilashi va boshqa belgilari o’rganilsa ularni aniqlash oson boladi. Bu belgilar fizik- diagnostik va kimyoviy diagnostic belgilar deyiladi, bevosita dalada ko’z bilan chamalab aniqlash makroskopik belgilar sanaladi. Har bir mineralning oziga xos belgisi bo’ladi. Masalan, bir mineral uchun bir xil rang mansub bo’lsa, ikkinchisi mineral qattiqlik yoki sinish yuzasi bilan boshqalardan farq qiladi. Rangi – minerallar tabiatda oq, kulrang, sariq, pushti, yashil, ko’k, qora, qizil va boshqa xil ranglarda bo’ladi. Bulardan tashqari, rangsiz ya’ni shaffof ham bo’ladi. Ba’zi minerallarni rangiga qarab juda oson ajratish mumkin. Masalan: pirit FeS 2 – rangi och sariq, azurit CuCo 2 *Cu (OH) 2 - ko’k osmon rangda. Odatda minerallarni turmushda ko’p ishlatiladigan – aniq rangda solishtirib aniqlanadi. Masalan gematit – Fe 2 O 3 qondek qizil, xalkopirit – misdek sariq. Minerallarni aniqlashda rang asosiy ahamiyatga ega. Topshiriq – gips, kalsit, galit, limonit, kvarts kabi minerallarning rangini talaba mustaqil aniqlaydi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling