Biogeografiyaning o’simlik va hayvonot o’rganishdagi ahamiyati


BIOGEOGRAFIK TADQIQOT USULLARI VA USLUBLARI


Download 265.7 Kb.
bet3/6
Sana21.04.2023
Hajmi265.7 Kb.
#1376484
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu

BIOGEOGRAFIK TADQIQOT USULLARI VA USLUBLARI
REJA:
1.Botanik geografiya yoʻnalishlari
2.Zoogeografiya yoʻnalishlari

1. BOTANIK GEOGRAFIYA


BOTANIK GEOGRAFIYA, fitogeografiya — biogeografiyaning o’simliklarning yer yuzida tarqalishi qonunlarini o’rganadigan bo’limi. O’simliklar geografiyasi va o’simliklar jamoalari geografiyasini o’z ichiga oladi. Botanik geografiya har xil mintaqalarda o’sadigan o’simliklarning xilma-xilligi, o’simliklar qoplami va ularning geografik tarqalish qonuniyatlarini o’rganadi. Botanik geografiya materiallari asosida yer yuzidagi o’simlik qoplamlari oblastlar, kichik oblastlar, provintsiyalar va yanada mayda botanic-geografik birliklarga bo’linadi. Keyingi davrda Botanik geografiyada o’simlik zaxiralarini va o’simlik qoplami mahsuldorligini aniqlaydigan usullar keng qo’llanilmoqda.
2. Zoogeografiya, hayvonlar geografiyasi — hayvonlarning hozirgi davrda va oʻtmishda Yer yuzida tarqalishi, taqsimlanishini oʻrganadigan biogeografiya fanlaridan biri.
1. hayvonlar tarqalishi va taqsimlanishi, ular taksonomik va ekologik guruxlarining Yer yuzida joylanishining zamonaviy va tarixiy sabablari hamda qonuniyatlarini tadqiq qiladi.
2. ayni vaqtda biol. hamda geogr. fanlari qatoriga kiradi. Tekshirish obʼyektiga koʻra,
3. biol. ning sistematika, paleontologiya, ekologiya, oʻsimliklar geografiyasi va b. fanlari, tabiiy geogr. ning paleogeografiya, landshaftshunoslik, tarixiy geol. fanlari hamda tarix, arxeologiya, etnografiya kabi baʼzi ijtimoiy fanlar bilan uzviy bogʻlangan. 3. ga qiziqish Ch. Darvinnmng "Turlarning paydo boʻlishi" (1859) asari yaratilganidan keyin kuchaydi. Darvin asarining 12- va 13-boblari organizmlarning Yer yuzida tarqalishiga bagʻishlangan. 3. ning rivojlanishida ingliz tabiiyotshunosi F. Skleteraning ishlari (1858) diqqatga sazovordir. U qushlarning tarqalishini batafsil tadqiq qilish asosida Yer yuzida tarixiy taraqqiyot davomida tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladigan, oʻz tarixiga va oʻziga xos faunistik kompleksiga ega boʻlgan hayvonlarning hududiy kompleksi shakllanganligini koʻrsatib berdi. Bunday komplekslar keyinroq zoogeografik oblastlar deb ataladigan boʻldi. 3. dagi tarixiy yoʻnalishni ingliz olimi A. G. Uolles boshlab bergan. Uning "Hayvonlarning geografik tarqalishi" (1876) asari evolyusion Z.ga asos solgan asar hisoblanadi. Turli mamlakatlarda hayvonlarning tarqalishini oʻrganish sohasidagi tadqiqotlar bundan bir necha yuz yil ilgari boshlangan. Bu borada Yevropa va Osiyoning turli mintaqalariga sayohat qilgan rus tabiiyotshunoslari S. P. Krasheninnikov, aka-uka I. G. va S. G. Gmelinlar, P. S. Pallas va I. I. Lepexinning xizmatlari katta boʻldi. 19-asr ga kelib K. M. Ber, A. F. Middendorf, E. A. Eversman, Yu. I. Semashko, A. P. Semenov — Tyan-Shanskiy va b. tomo-nidan 3. ga oid juda koʻp materiallar yigʻildi va umumlashtirildi. Suv fau-nasini oʻrganish boʻyicha L. S. Berg , N. M. Deryugin, N. M. Knipovich, L. A. Zenkevich va b. yirik tadqiqotlar olib borishdi.
Hoz. Turkiston oʻlkasi hayvonlarining geografik tarqalishini urganish ishlarini N. A. Seversov boshlab bergan. Bu sohada D. N. Kashkarovning xizmatlari ham katta boʻldi. Oʻrta Osiyo hududi hayvonlarini urganish va zoogeografik r-nlashtirishda M. A. Menzbir, N. A. Zarudniy, P. A. Kuznetsov, A. P. Kuzyakin, S. A. Chernov, T. 3. Zohidov, R. N. Meklenbursev, O. N. Bogdanov va b. ham qatnashdi.
Z.ning asosiy metodlaridan biri zoologik haritalarni tuzish, yaʼni geo-grafik harita orqali ayrim turlar va butun bir faunistik kompleksning arealini va ularning geografik muhit bilan aloqasini koʻrsatib berishdan iborat. Areal eng asosiy zoogeografik tushuncha boʻlib, zoogeografik tadqiqotlarning bosh obʼyekti hisoblanadi. Biror mamlakat yoki fizik-geografik hudud (orol, togʻ, choʻl yoki suv ekosis-temasi) faunasi turlarining tarkibi va ularning tarqalishini; ekologik jamoalar (biogeotsenozlar)ning tarkibi, ularning Yer yuzida tarqalishi qonuniyatlarini urganish ham 3. ning vazifasiga kiradi. Zamonaviy 3. rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: a) ayrim turlar va taksonlar arealini urganish; ular areali chegarasini va tarkibini, yoʻqolib borayotgan, noyob va xoʻjalik jihatdan qimmatli turlar tarkibi, ular sonining oʻzgarishi sabablari va qonuniyatlarini aniqlash; b) alohida maydonlarda hayvonlarning birga yashovchi guruxlarining shakllanishi, ularning tarkibi va hayot kechirishi xususiyatlarini oʻrganish; v) faunistik komplekslarning hududiy taqsimlanishi, ularning shakllanishi yullari dinamikasi va tarkibining oʻzgarib turishi sabablari, ularga inson faoliyati taʼsirini aniqlash; g) tabiat tarkibiy qismlarining hayvonlarning tarqalishiga, ayrim turlar va faunistik komplekslarning mos-lanish xususiyatiga yoki aksincha hayvonlarning landshaftga taʼsirini oʻrganish.
3. tur hosil boʻlishi omillari va usullarini tushunib olishda katta ahamiyatga ega. Koʻpchilik biologlarning fikricha, populyasiyalarning hududiy alohidalanishi bilan bogʻliq geografik tur hosil boʻlishi bu jarayonni evolyusion nuqtai nazardan hal etishda muhim ahamiyatga ega. 3. tadqiqotlaridan tarixiy geol. va geog .ni oʻrganishda foydalanish mumkin. 3. dalillari qitʼalar oʻrtasida mavjud boʻlgan geologik bogʻlanishlarni, Avstraliya, Antarktida va Yer yuzi okeanlari tarixini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 3. ovchilik va moʻynachilikda, den-gizlarda baliq ovlashni yoʻlga qoʻyishda amaliy ahamiyatga ega. 3. maʼlumotlari q.x. ekinlari va chorva mollari zararkunandalarini oʻrganish va ularga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishda, hayvonlarni iqlimlashtirish va tabiatni muhofaza qilish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni hal etishda katta ahamiyatga ega.

BIOGEOGRAFIK TADQIQOT USULLARI


1. Tabiiy geografik tadqiqot
2. Dialektik uslub
3. Qiyoslash uslubi
4. Stastional va eksnedistion uslublar
5. Kartografik va aerokosmik
6. Matematik yoki modellashtirish usullari
7. Laboratoriya analitik uslub
8. Paleogeografik uslub
9. Rayonlashtirish uslubi
10. Tasvirlash va kompleks majmuali uslublar
11. Tabiiy geografiyadagi geofizik va geokimyoviy yo’nalishlar Boshqa fundamental va amaliy fanlar singari tabiiygeografiyada xam juda ko’p xil tadqiqot ishlari uchun qo’llaniladigan usul va uslublar mavjud.
Bu usul va uslublar yordamida tabiiy geografiyada oddiy voqea xodisalarning tub moxiyati ochib beriladi va shu bilan birga ularda vujudga kelgan xar xil muammolarni bartaraf qilish va ularni kelajakdagi xolatini bashorat qilishi masalalari aniqlanadi. Falsafiy nuqatai nazardan tabiiy geografik tadqiqot usul va uslublari yordamida geografik xodisa va jarayonlarni anglash va namoyon qilishga erishiladi.
1. Fan hamisha biron tarzda hodisalarning aloqalarini ochib berishga intilib keldi. Lekim ilgari xech qachon ayrim xodisalarni aloqador bir butun xolda tadqiqot qilish fanda xozirgi vaqtdagidek o’rin tutgan emas. Hodisalar va jarayonlarni tizimlar sifatida, ya’ni elementlari va qismlari muayyan aloqadorlikda bo’lib, bularning o’zlari xam kengroq tizimlarning tomonlari va qismlaridan iborat bo’lgan yaxlit butunliklar sifatida taxlil qilish — xozirgi zamon fanining xarakterli xususiyatlaridan biridir. Fanning vazifasi va maqsadi avvalo tabiat va jamiyatni xarakat va taraqqiyotning qonuniyatli jarayoni sifatida ob’ektiv qonunlar taqozosi bilan yuzaga keladigan va shu qonunlar yo’llab turgan jarayon sifatida tushunishdan iboratdir.
2. Tabiat to’risidagi uning taraqqiyoti to’risidagi eng mukammal xar tomonlama chuqur ta’limot bo’lgan dialektika tabiatning tub moxiyatini o’rganishda nazariy negiz sifatida maydonga chiqdi. Tabiiy geografiyadagi tadqiqot uslublaridan biri bu dialektik uslub bo’lib, falsafiy nuqtai nazardan tabiatdagi barcha xodisa va jarayonlarni to’liq anglash uchun dialektik uslubdan foydalaniladi. Faqat dialektik uslub yordamida tadqiqotning moxiyati to’liq anglanadi.
3. Tabiiy geografiyadagi tadqiqotlar jarayonida qiyoslash uslubiga xam juda katta o’rin berilgan. Bu usul orqali xar xanday ikkita tabiiy geografik ob’ektni bir biriga qiyoslash yordamida tadqiqot ishlarining natijasini kuzatish mumkin. Masalan, Afrikadagi Saxroi Kabir cho’li bilan Osiyo qit’asidagi Taklamakon cho’li yoki Kalaxare cho’li bilan Qizilqum yoki Qoraqumni qiyoslab ular o’rtasidagi o’xshashlik xamda qarama qarshilikni bilib olish mumkin. Qiyoslash uslubida tadqiqotlarga kompleks yondoshish mumkin. Ya’ni o’rganilayotgan ob’ektdagi barcha uchraydigan tabiiy unsurlarni tizimla ravishda majmuali qiyoslash va xulosa chiqarish mumkin.
4. Stastionar va ekspedistion uslublar: yaqin vaqtlargacha ilmiy — tadqiqot ishlarida ekspedistion uslubdan foydalanib kelingan va bundan xam keyin bu usul o’zining ilmiy — tadqiqotning mukammal qismi. siifatyda dala tadqiqotlarining gultoji bo’lib qolaveradi. Ekspedistion uslubda barcha voqea va xodisalar bevosita o’rnida ko’rib chiqiladi, o’zimizga ma’lumki, tadqiq qilinayotgan xududdagi barcha ob’ekt va jarayonlarning bevosita o’rnida ko’rilishi mukammal natijalarni berishta kafolat beradi. Ya’ni ming marta eshitgan, o’qigandan ko’ra bir marta ko’rgan afzalroqdir degan naql aynan mana shu ekspedistion uslubga ta’alluqlidir. Endilikda barcha shu kunlargacha to’plangan ma’lumotlar asosida (xarita, rasm, aerosurat, yozma ma’lumotlar) stastionar uslubda xam tadqiqotlar olib borilmoqda. Bunday tadqiqotlarda o’rganilayotgan ob’ekt va xodisalar bir joyda turib ma’lumot va manbalar asosida o’rganiladi.
5. Kartografik va aerokosmik uslublar. Ayniqsa tabiiy geografik, ekologik tadqiqotlarda xaritalarning o’rni juda kattadir. Shuning uchun, N.N.Baranskiy bekorga: "geografiya xarita bilan boshlanib xarita bilan tugaydi" deb aytmagan. Tabiiy geografik tadqiqotlarda o’rganilgan xududlardagi barcha voqea va xodisalar albatta xaritaga tushirilishishart. Ana shunda bu xududdagi tabiatning o’zgarishlarini darajlari qanday xolatda ekanligi vaqtida aniq xulosalar chiqarish mumkin bo’ladi. Aerokosmik uslublar anchagina yosh tarmoq hisoblanib u asosan xalq xo’jaligi asrlarning 70 — yillaridan boshlab ilmiy — tadqiqotlarda keng ko’lamda qo’llanila boshladi. Aerokosmik uslublarda erning sun’iy yo’ldoshlari, kosmik raketalar, samolyotlar va boshqa uchuvchi apparatlar yordamida olingan fotosuratlar deshifrovka qilinib, o’sha xududlar uchun chora tadbirlar ishlab chiqiladi. Hozirgi kunda bu usuldan xalq xo’jaligini barcha jabxalarida keng ko’lamda f oy dalaniladi.
6. Matematik yoki statistik modellashitirish uslublari. Bu usullardan tabiiy geografik va iqtisodiy — ijtimoiy geografiyaning tarmoqlari tadqiqotlarida keng ko’lamda foydalanib kelinmoqda. Ayniqsa, geodeziya va xaritashunoslikda, sanoat, qishloq xo’jaligi axolishunoslik, gidrologiya, iqlimshunoslik va boshqa soxalarda bu tadqiqot uslublaridan atroflicha foydalanib kelinmoqda.
7. Laboratoriya analitik uslub. Bu uslub o’ziga xosligi bilan tadqiqot uslublari ichida ajralib turadi desak mubolaa bo’lmaydi, . xurmatli talabalar. Laboratoriya analitik usulda tadqiqot ishlari olib borishning texnologiyasi shundan iboratki, bunda masalan, daladan olib kelingan namunalar (tuproq, suv, o’simlik, xayvonlar va bilan) laboratoriya sharoitida olib kelingan namunalarni analogiga qarab taxlil qilinadi va xulosa chiqariladi.
8. Paleogeografik uslub. Bu uslubda o’rganilayotgan xududni tarixiy taraqqiyoti dinamikasi, ma’lumotlar va manbalar asosida o’rganib chiqiladi. Ya’ni xududni qadimgi o’rni qanday ko’rinishga ega bo’lgani xozirgi ko’rinishi qanday bo’ldi, u erdagi tadrijiy o’zagrishlarning moxiyatini ochib berishga bu usulning roli juda kattadir.
9. Rayonlashtirish uslubi. Hududni atroflicha o’rganish va ma’lum bir xulosalar chiqarish uchun qismlarga olinadi va chuqur tadqiq natijalariga qarab ma’lumtaksonomik birliklarga bo’ysunadigan tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, sanoat, q|x rayonlariga ajratiladi.
10. Tasvirlash va kompleks (majmuali) uslublar. Bu usullarda o’rganilayotgan xududdagi barcha ob’ekt voqea va xodisalar atroflicha tasvirlanadi. Bunday tadqiqotlar odatda majmuali ko’rinishda bo’ladi.
11. Tabiiy geografik geofiznk va geokimyoviy yo’nalishlar xam mavjudki, bu tadqiqotlarda moddalarning massa va energiya almashinuvi, moddalarning kimyoviy tarkiblari va boshqalar atroflicha ko’rib chiqiladi. Umuman olganda tabiiy geografik tadqiqotlarda ko’llaniladigan tadqiqot uslublari o’zining moxiyati ob’ekt va jarayonlarini o’rganishda ma’lum bir xulosalar chiqarishga yoki chora tadbirlar tizimini ishlab chiqishga yordam beribgina qolmasdan, geografik fundamental yo’nalishlarini istiqbolli rivojlanishiga xam o’zining xissasini qo’shadi

Download 265.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling