Biokimiyaning qisqacha tarixi
Download 40.63 Kb.
|
Biokimiyaning qisqacha tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektroforez.
Sentrifugalash - markazdan qochuvchi kuch ta’sirida suyuqlik tarkibidagi og'ir qismlarni yengil qismlaridan ajratish usuli birinchi navbatda aralashmadagi og'irligi katta bo'lgan bolakchalar cho'kadi. Ular ajratib olingach, cho'kma usti suyuqligini (supernatant) katta tezlikda qayta sentrifugalab, boshqa qismlarini ham ajratish mumkin. Aralashmadagi komponentlarni aniqlash maqsadida o'tkaziladigan sentrifugalashni preparativ sentrifugalash deb atalib, undan qonning shaklli elementlarini ajratishda, siydikdagi hujayralarni cho'ktirib, ajratib olishda va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Klinik-biokimyoviy laboratoriyalarda qo' llaniladigan kichik hajmdagi sentrifugalaming maksimal tezligi daqiqasiga 6000 aylanishdan oshmaydi. Maxsus biokimyoviy tadqiqotlarda oqsillar va nuklein kislotalaming molekula og'irligini aniqlashda, o'lchovi va zichligi bo'yicha farqlanuvchi zarrachalarni bir-biridan airatishda yuqori tezlikdagi ultratsentrifugalar (aylanish tezligi daqiqasiga 70000 gacha ) qo'llanganligi uchun uni analitik sentrifugalash deb ataladi. Zarrachalar cho'kish tezligi markazdan qo'chish kuchini ortish' bilan o'lchanadi. U g (gravitatsiya doimiyligi 980 sms'2) birligidi ifodalanadi. Amaliyotda g har bir ultratsentrifugani nomogrammalida ko'rsatilgan qo'llanma bo'yicha tuziladi. Masalan, qon shakil elementlari 300-400 g da 20-30 daqiqa sentrifugalanganda cho'kadi va h .k. Differensial sentrifugalash yordamida subh ujayra qismlari - yadro mitoxondriya, iizosomalar, mikrosomalar va boshqalar ajratiladi. Elektroforez. Elektroforez deb tashqi elektr maydoni ta’sirida zaryadlangan zarralami taqsimlanishiga aytiladi. Elektroforez eksperimentlarda, klinik meditsinada qon oqsillari va peptidlarini ayniqsa, qon zardobini tahlil qilishda qo'llaniladigan zamonaviy usul hisoblanadi. Zaryadlangan zarralar o'lchovi va zaryadining katta- kichikligiga qarab elektr maydonida har xil tezlikda harakatlanadilar, bu esa ulami o'zaro ajralib, taqsimlanishiga olib keladi. Elektroforezni ikkita asosiy turi bo'lib, frontal va zonal usullarga bo'linadi, ulardan keyingisi koproq tarqalgan. Bunda oqsil eritmasi bufer eritmasiga yupqa qavat korinishda joylashtiriladi. Elektroforez davomida h ar xil oqsil molekulalari aloh ida fraksiyalarga bolinadi. Bu fraksiyalami alohida-alohida ajratib, osonlik bilan kesib olinadi. Zonal elektroforezni asosi sifatida filtr qog'ozi tasmasi, atsetilsellyuloza, kraxmal kukuni, agar, poliakrilamid geli va boshqa materiallardanfoydalaniladi. Hozirgi vaqtda biologik va tibbiy nadqiqotlarda maxsus apparath poliakrilamidli gel elektroforezi ko proq ishlatilmoqda. Fraksiyalarga bo'lingan moddalarning foregrammasi kumassi ko'ki, bromfenol koki yoki arnidoshvars 10 V eritmasida 20-30 daqiqa ushlanadi va ular bo'yalgan bo'yoqning quyuqligiga qarab miqdori aniqlanadi, ya'ni har xil oqsilni bo'yoq bilan bo g'langan korsatkichi shu oqsilning miqdoriga to'g'ri proporsional. Download 40.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling