Biokimyo pmd
NUKLÅOTIDLAR ALMASHINUVI VA VAZIFALARI
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
NUKLÅOTIDLAR ALMASHINUVI VA VAZIFALARI
Nukleotidlarning ko‘pgina funksiyalari avvalgi bolimlarda ko‘rib o‘tilgan. Ularning asosiylari quyidagilardir: 1. Mononukleotidlar nuklein kislotalarning o‘tmishdoshlari va tarkibiy qismlari bo‘lib xizmat qiladi. 2. ADF-ATF sikli moddalar oksidlanishi energiyasining organizmdagi endergonik jarayonlarda foydalaniladigan energiyaga aylanishda ishtirok etadi. Ba’zi reaksiyalarda boshqa nukleotidlar ham xuddi shunday rolni ado etishi mumkin. 3.Adenilat kislota qoldig‘i degidrogenazalar (NAD, NADF, FAD) kofermentlari va atsillanish kofermenti (KoA) tarkibiga kiradi; UTF, GTF va STF monosaxarid qoldiglarini olib o‘tish reaksiyalarida kofermentlar rolini bajaradi; STF xolintransferaza kofermenti bo‘lib xizmat qiladi. 4. 3 1 ,5 1 -sAMF va 3 1 ,5 1 -sGMF mononukleotidlar hujayra ichidagi effektor sistemalariga gormonal hamda boshqa signallarni o‘tkazishda vositachi bo‘lib hisoblanadi. Organizmning hamma hujayralari nukleotidlarni sintezlashga amalda qodirdir. Bundan tashqari, ovqat va organizm o‘z to‘qimalarining nuklein kislotalari, nukleotidlar manbai bo‘lib xizmat qiladi, lekin bu manba’lar ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘ladi. Ovqat tarkibida qabul qilingan nukleoproteinlarning hazmlanishi va so‘rilishi oshqozon-ichak yolida amalga oshiriladi. Oshqozon shirasi tarkibidagi xlorid kislota ta’sirida nukleoproteinlar oqsil va nuklein kislotaga parchalanadi. Ovqat tarkibidagi boshqa oqsillar kabi oqsil qismi proteolitik fermentlar ta’sirida gidrolitik yo‘l bilan aminokislotalargacha parchalanadi. Nuklein kislotalari ichakda me‘da osti bezi shirasining nukleazalari DNK-aza va RNK-azalar ta’sirida parchalanadi. RNK-aza ta’sirida pirimidin mononukleotidlar, di- va trinukleotidlar aralashmasi va RNKazaga turg‘un oligonukleotidlar hosil bo‘ladi. 293 294 DNK-aza ta’sirida dinukleotid, oligonukleotid va mononukleotid hosil bo‘ladi. Ichak shirasi tarkibida polinukleotidaza, nukleozidaza va fosfatazalar bo‘ladi. Bu fermentlarning ta’sirida mononukleotid va nukleozidlar hosil bo‘ladi. Ichakda mononukleotidlar nospetsifik fosfatazalar (nordon va ishqoriy) ta’sirida parchalaydi, u mononukleotidlarni nukleozid va fosfat kislotagacha parchalaydi va ular so‘riladi. Mononukleotidlar ham so‘rilishi mumkin, ularning parchalanishi ichak shilliq qavat hujayralarida sodir bo‘ladi. Asosan nukleozidlar so‘riladi, shunday holda azot asoslarining ma’lum qismi organizmda nuklein kislotalarning sintezi uchun foydalaniladi. To‘qimalarda DNK gidrolizini qator fermentlar amalga oshiradi: 1. Endonukleazalar DNK, RNK molekulasidagi ichki nukleotidlar orasidagi bog‘larni uzadi, nuklein kislotalar depolimerizatsiyasini vujudga keltirib oligo-nukleotidlar hosil qiladi. 2. Ekzonukleazalar DNK molekulasidagi oxirgi nukleotidlarni ketma-ket ajratadi va ular DNK-azalar deb ham ataladi. Gidrolitik nukleazalardan tashqari nuklein kislotalar parchalanishini katalizlovchi fermentlar mavjuddir. Masalan: transferaza reaksiyasi yordamida. Ular bir mononukleotid ribozasi 5 1 -uglerod atomidagi fosfat kislota qoldig‘ini qo‘shni mononukleotid 2 1 -uglerod atomiga o‘tkazadi. Bu nukleotidlar o‘rtasidagi bog‘larni uzilishi va bir mononukleotidni o‘ziga riboza 2 1 va 3 1 uglerod atomlar o‘rtasida fosfodiefir bog‘i hosil bo‘lishi bilan boradi. Hozirgi vaqtda DNK va RNKning parchalanishini katalizlovchi nukleazalar guruhi ochilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling