Biokimyo pmd
Ammiakning asosiy qismi, taxminan 85%, jigarda siydikchil
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Ammiakning asosiy qismi, taxminan 85%, jigarda siydikchil
sintezi orqali zaharsizlantiriladi. Bu siklik jarayon bo‘lib, orgitin sikli deb ataladi. Bu jarayon 3 bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichida glutaminning amminiy guruhini karbonat angidridi va 2 ATF ishtirokida karbamoilfosfatsintaza fermenti ta’sirida karbomoil fosfat sintezlanadi. Biotin bu fermentning kofermenti bo‘lib hisoblanadi. Shu bosqichning 2 reaksiyasida karbamoilfosfat ornitin bilan birikib sitrulinni hosil qiladi. Bu reaksiya karbamoil-ornitin-transferaza fermenti ishtirokida kechadi. Ornitin siklining ikkinchi bosqichi ham 2 reaksiyadan iborat bo‘lib, birinchisi reaksiyasida sitrulinga arginino-suksinat-sintaza fermenti ta’sirida va ATF ishtirokida asparagin kelib qoshiladi hamda argininosuksinatni hosil qiladi. Bu modda 2 reaksiyada arginino- suksinatliaza fermenti ishtirokida arginin va fumaratga parchalanadi. Siklning 3-bosqichida arginin arginaza fermenti ishtirokida siydikchil va ornitinga parchalanadi. Ornitin halqasi sitrat halqasi bilan fumarat orqali bog‘lanadi. Fumarat olma kislotasiga, so‘ng esa oksaloatsetatga aylanadi. Shuning bilan o‘z navbatida, transaminlanish natijasida yana asparagin kislotasini hosil qiladi. Siydikchil azotining bir atomi ammiak hisobiga, ikkinchi atomi esa, asparaginat kislota (aspartat) ammino guruhi hisobiga hosil bo‘ladi. Siydikchil sintezini buzilishi quyidagi kasalliklarda kuzatiladi: Surunkali gepatitlarda va sirrozda. Bu kasalliklarda jigarning barcha asosiy funksiyalari buziladi, shu bilan birga siydikchil sintezi ham. Siydikchil sintezida ishtirok etuvchi fermentlarning tugma nuqsonlarida: Ornitin-karbamoil-transferaza giperammoniyemiya; argininosuksinatsintaza sitrulinuriya; argininosuksinatliaza argininosuksinaturiya va boshqalar. Metabolik jarayonlarni buzilishida ham siydikchil biosintezi izdan chiqadi. Siydikchil biosintezini izdan chiqishi va buyrakning ajratish funksiyasini buzilishi qonda azot qoldiqlarini miqdorini oshishiga olib keladi. Qon zardobida azot qoldiqlari 15-25mM/l tashkil etadi. Ularga 40-50% siydikchil azoti, 25% aminokislotalar, 8% ergotionin, 4% siydik kislotasi, 5% kreatin, 2,5% kreatinin, 0,5% indikan va ammiak kiradi. Azot qoldiqlarini oshishi giperammoniyemiya deyiladi. Buyrakning ajratish funksiyasini buzilishida mochevina miqdorini oshishi kuzatiladi, o tkir buyrak yetishmovchiligida qonda mochevinaning miqdori 50- 80mM/lgacha kotariladi, normada esa bu ko‘rsatkich 3,5-9,0mM/l tashkil etadi. Siydikda 20-35g/sutki. Jigar kasalliklarida giperammoniyemiya asosan ammiak hisobiga kuzatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling