Biokimyo pmd
Antimetabolitlar haqida tushuncha
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ba’zi aminokislotalarning almashinuvi Metionin, serin va glitsin almashinuvi.
Antimetabolitlar haqida tushuncha
Metabolitlarga (almashinuvning normal mahsulotlari) organizmda qarama-qarshi ta’sir qiluvchi moddalarga antimetobolitlar deyiladi. Masalan: suksinat va suksinatdegidrogenazadan iborat sistemaga uchinchi bir komponent malonat qoshilsa, fermentativ reaksiya tormozlanadi. Malonat struktura jihatidan suksinatga o xshashdir: Shunga ko‘ra, malonat suksinatdegidrogenaza bilan birikib uni ingibitsiyalab qoyadi. Hozirgi vaqtgacha ma’lum bo‘lgan antimetabolitlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: · antivitaminlar (diku-marol, oksitiamin, dezoksipiridoksin va boshqalar); · antigormonlar; · antimediatorlar; · antifermentlar; · antiaminokislotalar; · antipurinlar; · antipirimidinlar; · antikoagulyantlar va boshqalar. Shu kunlarda tibbiyotda antimetabolitlar moddalar almashinuvining regulyatorlari hamda dori vositalari sifatida foydalaniladi. Masalan: osma ximioterapiyasida keng qollaniladigan 6-merkaptopurin, aminopterin va metatreksat folat kislota antimetabolitidir; streptotsid (sulfanilamid preparatlari – PAMK; geparin – vitamin K; avidin oqsili – vitamin H). Ba’zi aminokislotalarning almashinuvi Metionin, serin va glitsin almashinuvi. Metionin almashinib bo‘lmaydigan aminokislotaga kiradi. Uning faol metaboliti S- adenozilmetionin hisoblanadi. Bu moddadan metil guruhini ajralib chiqishi S-adenozilgomotsisteinni hosil qiladi. S-C bog‘larini 285 gidrolizlanishini L-gomotsistein va adeninga parchalaydi. Gomotsistein serin bilan birikishi sistationni, uni gidrolizmanishidan esa gomoserin va sistein hosil bo‘ladi. Gomoserin gomoserindezaminaza fermenti ta’sirida a ketobutiratni, so‘ng propionil-KoAni hosil qiladi. 286 Sisteindan koferment A ning tioetanolamin fragmenti va taurin hosil bo‘ladi. Serin bilan glitsin o‘zgarishlarida kofaktori folat kislota unumlaridan iborat bo‘lgan fermentlar asosiy rolni o‘ynaydi. Serin almashtirsa bo‘ladigan aminokislotadir, uning uglerodli qismi glyukozadan hosil bo‘ladi. Glyukoza metaboliti 3-fosfoglitserat degidrillanib, a-ketokislotaga aylanadi (3-fosfopiruvat). Songra transaminlanish va gidrolitik yo‘l bilan fosfat ajralib chiqish reaksiyalari serin sintezining poyoniga yetkazadi, undan esa glitsin sintezlanadi: 3-fosfoglitserat ——— 3-fosfoserin ———— serin + H 3 RO 4 Serin + TGFK ———— glitsin + N 5 ,N 10 -metilen-TGFK + H 2 O Bu aminokislotalarni parchalanishi piruvat, CO 2 va N 5 N 10 - metiltetragidrofolat hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu reaksiyalar glitsinsintaza ferment kompleksi va serin-gidroksimetiltransferaza fermentlari ta’sirida boradi. Glitsinning α-uglerod va azot atomlari porfirin halqasini sintezida, glitsinni to‘liq ozi purin, ot kislotalari va benzoat kislotalari bilan konyugatlar v kreatin sintezida, serin esa sfingozin, purin va pirimidin asoslari, xolin sintezida ishlatiladi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling