Biokimyo pmd


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

73-rasm.  Aminokislotalarni Krebs siklida yonishi


283
Transmetillanish metil (CH
3
) guruhining S-adenozilmetionindan
tegishli akseptorlarga o‘tkazilishidir. S-adenozilmetionin esa
metioninning faol shakli bo‘lib, S-adenozilmetionin - metil guruhining
donoridir. Transmetillanish reaksiyalarini maxsus metiltransferazalar
katalizlaydi. S-adenozilmetionindagi metil guruhi quyidagi jarayonlarda
foydalaniladi:
1. Kreatin hosil bo‘lishida.
2. Fosfatidilxolin hosil bo‘lishida.
3. N-metilnikotinamid hosil bo‘lishida.
4. Adrenalin hosil bo‘lishida.
5. Metillangan asoslar hosil bo‘lishida.
S-adenozilmetionin bulardan tashqari qator moddalar sinte-zida ham
ishtirok etadi.
Bir uglerodli qoldiqlarning tashilishi. Koferment va ularning
boshqarilishi
Organizmda bir uglerodli qoldiqlarning birlamchi manbai bo‘lib
serinning 
β-uglerod atomi, glitsinning a-uglerod atomi, metioninning,
xolinning-CH
3
guruhi, triptofan indol halqasining 2 C atomi, gistidin
imidazol halqasining 2 C atomi hisoblanadi.
Misol tariqasida tetragidrofolat kislotasi (TGFK) kofaktori
ishtirokida serindan glitsin sintezi va aksincha glitsindan serin sintezida,
glitsinning katabolizmi natijasida bir uglerodli qoldiq metilen hosil
bo‘ladi.


284
Bu vitamin, yani folat kislota hayvon mahsulotlarida ham, o‘simlik
mahsulotlarida ham keng tarqalgandir. Folat kislotaning koferment
shakllari uning tetragidrofolat kislota (N4-folat) ga qaytarilgandan keyin
hosil bo‘ladi. Metionin almashinuvida ham bir uglerodli qoldiq - CH
3
metil muhim rol o‘ynaydi. Shuni takidlash kerakki, TGFKning barcha
koferment shakllari ozaro bir-biriga o‘tadi. Bir uglerodli qoldiqlar xilma-
xil sintetik reaksiyalarda masalan, formil-metionil-tRNK hosil
bo‘lishida, purinlar, pirimidinlar, ayrim aminokislotalar (serin, glitsin,
metionin) sintezida foydalanadi.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling