Biokimyo pmd


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

118-rasm.  Hujayra ichida Ca miqdorining boshqarilishi
Kalsiy konsentratsiyasining mushak hujayralari ichida ortishi
sarko‘plazmatik retikulum va T-sistema membranasi orqali o‘tkazilishini
faollashtiradi va Ca ning depolanishi ortadi, aktomiozin kompleksining
ATF-aza faolligi ingibirlanadi va statsionar holat vujudga keladi.


442
Bu holatdan mushak qo‘zg‘alishning yangi impulsi bilan chiqariladi,
natijada retikulumdan kalsiy chiqariladi va aktomiozin kompleksining
ATF-azasi faollanadi.
Gidroliz davrida ATF-aza (mol.og‘irligi 100000) molekulyar
og‘irligi 55000 va 45000 bo‘lgan 2 fragmentga parchalanadi.
Molekulyar og‘irligi 55000 bo‘lgan fragment sarko‘plazmatik
membrananing tashqi tomonida joylashgan, 45000 molekulyar
og‘irlikka ega bo‘lgan fragment esa membrananing lipid biqabatiga
membrana orqali kanal hosil qilib botgan.
ATF-azaning uzoq vaqt gidrolizida 55000 mol.og‘irlikka ega bo‘lgan
fragment 30000 va 20000 molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan kichik
fragmentlarga parchalanadi.
20000 molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan fragment kanal «to‘sig‘i»
rolini o‘ynaydi va unga Ca
+2
ionlari kirishini nazorat qiladi. 30000
molekulyar og‘irlikli fragment esa Ca ionlarini kanal bo‘yicha
harakatlanishini energiya bilan ta’minlaydi. Natriy nasosga o‘xshagani
uchun bu mexanizm kalsiy nasosi deb ataladi.
 Sarkoplazmatik oqsillar
Sarkoplazmatik oqsillarga miogen, miolglobin, globulin X va
mioalbumin kiradi.
Miogen – suvda va tuzli eritmalarda yaxshi eriydi. U murakkab
kompleks bo‘lib, fizik-kimyoviy xususiyatlari yaqin bo‘lgan qator
oqsillarni saqlaydi. Miogen kompleksi oqsillari bilan turli biokatalitik
funksiyalar bog‘langan. Masalan: miogen A fruktoza-1,6-difosfatni
parchalanishini katalizlovchi aldolaza, ba’zi degidrogenaza va boshqa
glikoliz, to‘qima nafas olish fermentlari xususiyatiga ega.
Globulin X – globulinlar xususiyatiga ega bo‘lgan sarko‘plazmatik
oqsil fraksiyasi. Globulin X mushak to‘qimasi oqsil azotining 20%ini
tashkil etadi. Molekulyar og‘irligi 140000-180000, izoelektrik nuqtasi
pH 5,0ga teng.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling