Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keratansulfatlar
- Geparin va geparansulfat
Dermatansulfatlar Bu glikozaminoglikanlar xondroitinsulfatlardan
farqli ravishda ular molekulasida L-iduron kislota bo‘ladi va quyidagi qaytariluvchi disaxarid birliklardan iborat: D-iduron kislota qoldig‘i N-atsetilgalaktozamin-4- sulfat qoldig‘i 456 Qaytariluvchi birlikda ko‘p bo‘lmagan miqdorda iduron kislota o‘rniga glyukuron kislota bo‘lishi mumkin. Bu glikozaminlar xondroitinsulfatlardagi kabi polipeptid o‘zan bilan bog‘langan. Keratansulfatlar Keratansulfat I va II quyidagi qaytariluvchi disaxarid birlikka ega: D-galaktoza qoldig‘i N-atsetilglyukozamin- qoldig‘i 6-sulfat Lekin ular bir-biridan uglevodlarni umumiy miqdori bilan farqlanadi va turli to‘qimalarda uchraydi. Ko‘z shox qabatidan ajratilgan keratansulfat I fukoza, sial kislotasi va mannozani ham saqlaydi. Qaytariladigan birliklardan tuzilgan uning oligosaxarid zanjiri polipepid o‘zani bilan qon zardobidagi glikoproteidlarga o‘xshab N- atsetilglyukozaminil-asparaginil bog‘ yordamida bog‘langan. Tog‘ay va suyaklardan ajratilgan keratansulfat II disaxarid birlikka kiruvchi uglevodlardan tashqari N-atsetilglyukozamin, fruktoza, sial kislota va mannozani saqlaydi. Keratansulfat II aminosaxarid zanjiri oqsil bilan serin yoki treonin orqali N-atsetilgalaktozamin bilan O-glikozid bog‘ hosil qilish orqali bog‘langan. Geparin va geparansulfat Geparin ko‘pchilik hujayralarni yuzasida bo‘ladi. U shuningdek semiz hujayralarni hujayra ichi komponenti hamdir. Uni qaytariluvchi disaxarid birligi quyidagi strukturaga ega: Geparinning qaytariluvchi birligi 457 Ba’zi glyukozamin qoldiqlar N-sulfat guruh o‘rniga N-atsetil saqlaydi. Geparansulfat o‘xshash disaxarid birliklardan iborat, lekin ko‘proq N-atsetil, kamroq N-sulfat guruhlarni saqlaydi va O-sulfatlanish darajasini pastligi bilan xarakterlanadi. Dermatansulfat kabi D- glyukuron kislota o‘rniga oz miqdorda iduron kislota saqlashi mumkin. Geparin muhim antikoagulyantdir. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling