Biokimyo pmd
Yurak mushagi va silliq muskulatura kimyoviy tarkibini o‘ziga
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIRIKTIRUVCHI TO‘QIMA BIOKIMYOSI
Yurak mushagi va silliq muskulatura kimyoviy tarkibini o‘ziga
xosligi Yurak mushagi o‘zida qator kimyoviy birikmalar saqlashi bo‘yicha skelet mushagi va silliq mushaklar orasida o‘rta holatni egallaydi. Quyon skeletining mushagida oqsil azotining umumiy miqdori 30-31 mg\kg, silliq mushakda esa (miometriy) – 20,3 mg\g gacha. Yurak mushagida va ayniqsa, silliq mushakda miofibrillyar oqsillar skelet mushagiga nisbatan kam. Oshqozon to‘qimasi silliq mushagida miofibrillyar oqsillarni umumiy miqdori skelet mushagiga nisbatan silliq mushak va miokardda stromadagi oqsillar konsentratsiyasi ko‘pdir. Ma’lumki, yurak mushagi va silliq muskulaturadagi miozin, tropomiozin va troponin o‘zini fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan skelet mushagidagi shu oqsillardan farqlanadi. Sarko‘plazmatik oqsillar fraksiyalarida ham ma’lum o‘ziga xosliklar aniqlangan. Silliq mushak va miokard sarko‘plazmasi skelet mushagiga nisbatan mioalbuminni foiz jihatidan ko‘proq saqlaydi. 1 g yurak mushagi to‘qimasida ATFning miqdori (2,60 mkmol) skelet mushagiga (4,43 mkmol) nisbatan kam, silliq mushakka nisbatan (1,38 mkmol) esa ko‘p bo‘ladi. Glikogen miqdori bo‘yicha ham yurak mushagi skelet va silliq mushak orasida o‘rta holatni egallaydi. S.Å. Severin (1965 y.) ma’lumotlari bo‘yicha yurak va silliq mushakda anserin va karnozin (1 kg ho‘l massaga nisbatan 0,1 g dan ko‘p emas) iz holatida aniqlanadi. Mushakni bajaradigan ish turi va fosfoglitseridlar miqdori o‘rtasida ma’lum bog‘liqlik bor. Miokard boshqa mushak to‘qimalariga nisbatan fosfoglitseridlarga boy, ehtimol, ular oksidlanganda uni qisqarishi uchun zarur energiyani ko‘p qismi hosil bo‘ladi. 448 XX BOB BIRIKTIRUVCHI TO‘QIMA BIOKIMYOSI Biriktiruvchi to‘qima organizmning butun tanasi bo‘yicha taqsimlangan bo‘lib, u tog‘ay, pay, boylam, suyak matriksida bo‘ladi. Bu to‘qima buyrak jomi, siydik kanallari sohasida joylashadi, tomirlarni fiksatsiya qiladi; jigar va mushak kabi parenximatoz a’zolarda hujayralararo bog‘lovchi moddaning asosini tashkil etadi. Tana vaznini taxminan 50%ni tashkil etadi. Biriktiruvchi to‘qimaning mexanik va ushlab turuvchi vazifasi hujayra tashqarisidagi erimaydigan iplar hisobiga amalga oshiriladi. Ular matriksga botib turuvchi yuqori polimer birikmalardan tashkil topgan bo‘lib, asosiy modda deb yuritiladi. Erimaydigan iplar va eruvchan matriksning sinteziga javobgar hujayralar – xondrotsit va fibroblastlardan tashqari makrofag, semiz hujayralar va kam miqdorda differensiyalanmagan turdagi hujayralar biriktiruvchi to‘qima hujayralariga kiradi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling