Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Pantoten kislota (B
3 vitamini) Bu vitamin 1933-yilda R. Uilyams va hammualliflar tomonidan ochilgan. 1940-yilda strukturasi aniqlangan va kimyoviy sintez yo‘li bilan tasdiqlangan. b–alanin va 2,4-dioksin–3,3-dimetil moy kislotaning kompleks birikmasi hisoblanadi. Pantotenat kislota ingichka ichakda oddiy diffuziya yo‘li bilan so‘riladi va qon bilan to‘qimalarga o‘tadi. Hujayrada undan koferment – 4-fosfopantotein, defosfo-KoA va KoA sintezlanadi. Pantotenat 155 kislotasining ahamiyati uning kofermentlarini biokimyoviy jarayonlarda o‘rni bilan belgilanadi. 4-fosfopantotein yog‘ kislotalar sintezida ishtirok etuvchi atsiltashuvchi oqsil tarkibiga kiradi. Defosfo-KoA sitratliaza va alillar almashinuvi reaksiyalarining kofermenti, KoA esa hujayraning asosiy kofermenti hisoblanadi. Uning ishtirokida atsetat va yog‘ kislotalarini faollashuvi, yog‘ kislotalarini oksidlanishi, xolesterin hamda boshqa steroid moddalarning, keton tanachalar sintezlari yuz beradi. Bu jarayonda sitratni hosil bo‘lishi va suksinil-KoAni substratli fosforillanishi, suksinil-KoA ishtirokida kechadigan sintetik reaksiyalar, atsetilholin, atsetilglyukozaminlar sintezi, biogen aminlar va ksenobiotiklarni zararsizlantirilishi, piruvat hamda keto-glutaratni oksidlanishi kechadi. B 3 avitaminoz belgilari: dermatit, shilliq qavatlarining jarohatlanishi, ichki sekretsiya bezlarida (buyrak usti bezi) va nerv sistemasida (nevrit, paralich) distrofik o‘zgarishlar, yurak va buyrakda o‘zgarishlar, sochlarning oqarishi, o‘sishdan to‘xtashi, ishtaha yo‘qolishi kuzatiladi. Jigar, tuxum sarig‘i, xamirturush va o‘simliklar yashil qismi iste’mol uchun asosiy manba hisoblanadi. Sutkalik me’yori – 3-5 mg. Vitamin C Vitamin C (askorbin kislota, antiskorbut vitamin) kuchli kislota bo‘lib, 2 va 3-uglerod atomlarida qayta dissotsianillanuvchi yenol gidroksil guruhlarini saqlaydi.Askorbin kislotasi oshqozon-ichak yo‘llarida oddiy diffuziya bilan so‘riladi. Qonda qisman erkin va oqsillar bilan bog‘langan holda uchraydi. Askorbin kislotasi ko‘p miqdorda buyrak usti bezi, jigar va o‘pkada joylashadi. Erkin holatda yoki uning mahsulotlari siydik orqali chiqariladi.Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida vodorod donatori hisoblanib, degidroaskorbin kislota bilan redoks-juftlik hosil qiladi. Degidroaskorbin kislotasini qaytarilishi qaytarilgan glutation va dezoksias-korbinreduktaza ishtirokida boradi.Askorbin kislota quyidagi jarayonlarda ishtirok etadi: 1) triptofanni gidroksillanishi (serotonin biosintezi); 2) 3.4 –digidroksifeniletilamindan noradrenalin hosil bo‘lishi; 3) p-gidroksifenilpiruvatni gomogentizin kislotasigacha gidroksillanishi; 43-rasm. Askorbin kislotasi 156 4) buyrak usti bezining po‘stloq qismida gormonlar biosintezida steroidlarni gidroksillanishi; 5) karnitin biosintezida beta-butirobetainni gidroksillanishi; 6) ichakdan temirni so‘rilishida Fe 3+ ni Fe 2+ aylanishi; 7) temirni transferrindan ajralishi va to‘qimalarga o‘tishi; 8) folat kislotani koferment shakliga o‘tishi; 9) kollagen sintezida prolin va lizin qoldiqlarini gidroksillanishi. Avitaminoz C belgilari: Kollagen sintezining buzilishi natijasida qon-tomir devorlari va tayanch to‘qimalar strukturasi o‘zgaradi. Glikoproteinglikanlar hosil bo‘lishi buziladi, gemoragik holatlar va suyak tog‘ay to‘qimalarida spetsifik o‘zgarishlar vujudga keladi. Tana vaznining pasayishi, umumiy holsizlik, yurak urishi, yurakda og‘riq kuzatiladi. Singa kasalligida asosan qon-tomirlar mo‘rt, o‘tkazuvchanligi ortadi, natijada teri va teri ostiga mayda qon quyilishlar (petexiya), milklarning qonashi, odontoblastlar degeneratsiyasiga sabab bo‘ladi. Biologik vazifasi: oksidlanish- qaytarilishi jarayonlarida qatnashadi.Prolin va lizinning gidroksillanish reaksiyalari, buyrak usti bezi gormonlari, trintofan sintezida ishtirok etadi. Vitamin C asosan o‘simlik tabiatiga ega bo‘lgan mahsulotlarda uchraydi. Garmdori, salat, karam, xren, ukrop, qora smorodina kabi mahsulotlar askorbin kislotaning manbai hisoblanadi. Bir kunlik iste’mol me’yori – 75 mg . Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling