Biokimyo pmd
Kaliy organizmdan suv va natriy ionlarini chiqarishda yetakchidir. Shu sababli «kaliyli» parhezlar diurezni kuchaytirishda ishlatiladi. Kalsiy
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metabolizm to‘g‘risida tushuncha va metabolik yo‘llar
Kaliy organizmdan suv va natriy ionlarini chiqarishda yetakchidir.
Shu sababli «kaliyli» parhezlar diurezni kuchaytirishda ishlatiladi. Kalsiy asosan plastik material bo‘lib xizmat qiladi va tayanch to‘qimalarni shakllanishiga xizmat qiladi. U qonning tarkibiy qismi bo‘lib qon ivish jarayonida qatnashadi, muskullar qisqarishida ham muhim ahamiyatga ega. Biogen mikroelementlarga temir, rux, mis, kobalt, ftor, yod, marganets va boshqalar kiradi. Yod asosan qalqonsimon bezda 20-40 mg% tashkil etadi va tiroksin hamda triyodtironing tarkibiga kiradi. Uning yetishmovchiligi endemik buqoq rivojlanishiga olib keladi. Temir xromoproteinlar tarkibiga kiradi. Masalan: gemoglobin, mioglobin, sitoxromlar, katalaza va glutationperoksidaza fermentlari va boshqalar. Uning yetishmasligi kamqonlikka olib keladi. Marganets elementining yetishmasligi generativ funksiyalarning buzilishiga sabab bo‘ladi. Bunda gipogalaktiya, homilaning surilishi, urug‘donlar degeneratsiyasi kuzatiladi. 167 Mis yetishmasligi mikrotsitar normoxrom anemiyaga, nafas olish zanjirida sitoxrom s va sitoxromoksidaza fermentlari miqdorining kamayishiga olib keladi. Rux yetishmasligi pubertat davrida o‘sish va rivojlanishning susayishiga sabab bo‘ladi. Bunda ikkilamchi jinsiy a’zolar rivojlanishi sekinlashadi. Ftor tishlar rivojlanishida, dentin va emal shakllanishida faol qatnashadi. Uning yetishmasligi kariyes rivojlanishiga olib keladi. Metabolizm to‘g‘risida tushuncha va metabolik yo‘llar Metabolizm – bu yuqori integrallashgan, maqsadli yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, bunda multiferment tizimlar ishtirokida muhit va hujayra o‘rtasida modda va energiya almashinuvi ta’minlanadi. Metabolizm hisobiga hujayrada quyidagi jarayonlar kechadi: 1. Tashqi muhitdan energiyani olish. Bu organik moddalarning kimyoviy energiyasi, yoki quyosh energiyasi shaklida bo‘lishi mumkin. 2. Ekzogen moddalarning hujayra organellalarida parchalanishi va hujayra makromolekulyar kompanentlari o‘tmishdoshiga aylanishi. 3. Makromolekulalar sintezi va parchalanishi. Metabolik reaksiyalarning ketma-ket kechishi, ayniqsa, markaziy metabolik yo‘llar, barcha tirik organizmlarda bir xildir. Bularga Krebs sikli, glikoliz, oqsil, yog‘lar, karbon suvlar biosintezi va boshqalar kiradi. Bu bilan birga har bir turdagi tirik organizm o‘zining spetsifik metabolik yo‘llariga egadir. Masalan: odam, qushlar, reptiliyalarda purin asoslari siydik kislotasigacha parchalanadi, boshqalarda – siydikchil va glioksalat yoki allantoin hosil bo‘ladi. Tirik organizm tashqi muhit ta’sirida va qanday ozuqa mahsulotlari ishlatilishiga qarab metabolizm yo‘nalishlari ma’lum darajada o‘zgarishi mumkin. Masalan: anaerob sharoitda glikoliz jarayonlari ustun turadi, aerob sharoitda esa – Krebs sikli va oksidlanish-fosforillanish jarayonlari ustunlik qiladi. Metabolik yo‘llarning bir necha xili tafovut qilinadi: 1. Markaziy metabolik yo‘llar – bir necha yuz gramm oqsillar, karbon suvlar, yog‘lar parchalanishi natijasida CO 2 , H 2 O va energiya hosil bo‘ladi. 2. Ikkilamchi metabolik yo‘llar – bu spetsifik moddalarning hujayrada hosil bo‘lishi. Masalan, gormonlar, toksinlar, kofermentlar va boshqalar. Ularning miqdori mg larda o‘lchanadi. 3. Siklik metabolik yo‘llar. Ular mikroorganizmlarga xos bo‘lib, hujayra yonilg‘isi sifatida oksalat ishlatishadi. Hozirgi vaqtda 2000 dan ortik fermentlar hujayra metabolizmida ishtirok etishi aniqlangan. Ularning bir qismi asosiy, boshqalari ikkilamchi metabolik hodisalarda ishtirok etadi. Ammo ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ularning sxematik ko‘rinishi metabolik kartani tashkil qiladi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling