Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Membrana oqsillari
Membrana oqsillarining asosiy qismi fermentlardir. Shuning uchun membranalarning fermentativ faoliyati qanchalik xilma-xil bo‘lsa, shunga ko‘ra undagi oqsillar miqdori ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Miyelin tarkibida 20% oqsil bo‘ladi. Fermentativ faoliyati juda yuqori bo‘lgan mitoxondriyaning ichki membranasi tarkibida 75% ga qadar oqsil bo‘ladi. Fermentativ faoliyati bo‘lmagan bironta xil membrana bo‘lmaydi. Membrana fermentlari esa lipidlar mavjudligidagina faoldir. Har qanday sitoplazmatik membranada adenozintrifosfatni (ATF) parchalovchi adenozintrifosfataza fermenti (ATF-aza) mavjuddir. U hujayra ichida natriy (Na) konsentratsiyasi ko‘payganda faollashadi yoki kaliy (K) konsentratsiyasining hujayra tashqarisida ortganida faollashadi 46-rasm. Membrana tarkibi. 173 (K, Na bilan bog‘liq bo‘lgan ATF-aza). Bu ferment kaliy, natriy ionlarini membrana orqali tashilishini ta’minlaydi. Yana biri Ca-ATF-aza muskul endoplazmatik to‘r membranalaridan kalsiy ionlarini tashilib o‘tilishini ta’minlaydi.Joylashishi bo‘yicha membrana oqsillari ikki guruhga bo‘linadi: 1 - periferik oqsillar, ular membrana sirtiga elektrostatik kuch asosida yopishgan; 2 – integral oqsillar, ular go‘yo lipid dengizida aysberg kabi suzib yuruvchi oqsillar bo‘lib, ularning ba’zilari membrananing har ikki tomonidan bo‘rtib chiqadi. Misol tariqasida eritrotsit membranasi tarkibiga kiruvchi 2 ta oqsilni, ya’ni periferik oqsil – spektrin va integral oqsil glikoforinni ko‘rib chiqamiz. Spektrin – eritrotsit membranasi oqsillarining 20% ini tashkil etadi. U eritrotsit membranasining ichki tomoniga ion kuchlari yordamida yopishgan. Uning globulyar molekulasi og‘irligi 200 000 dalton bo‘lgan ikkita polipeptid zanjiridan tarkib topgan. Spektrin eritrotsit sharsimon shaklini saqlashda va membrananing pishiqligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Glikoforin – tarkibida 50% dan ortiq uglevod tutuvchi glikoproteid membrana oqsillarining 10% ini tashkil etadi. Molekula og‘irligi 50 000 dalton, 299 ta aminokislota qoldig‘idan tarkib topgan. Bitta polipeptid zanjiridan iborat. Unga 4–12 ta monosaxariddan tuzilgan 20 dan 30 tagacha oligosaxarid zanjiri yopishgan. Oligosaxarid oxirgi uchidagi galaktoza qoldig‘iga sial kislota birikkan. Glikoforin molekulasi uch qismdan iborat: ulardan biri hujayraning sirtqi tomonida joylashgan bo‘lib, uning uchidagi NH 2 guruhiga oligasaxarid zanjiri birikkan, molekulaning karboksil uchi sitoplazma tomonga chiqqan: ular orasida gidrofob qismi lipid qo‘shqavati orasida joylashgan α− spiral shakliga ega. Eritrotsit membranasi tarkibidagi glikoforin xilma- xil vazifani o‘taydi. Undagi oligosaxarid zanjiri manfiy zaryadga ega bo‘lgani uchun eritrotsitlarni bir-biriga yopishib qolmasligini ta’minlaydi. Eritrotsitlar hayoti davomida glikoforin tarkibidagi sial kislotalar kamayib, oxirgi uchida galaktoza qoldig‘ini tutuvchi oligosaxaridlar ko‘paya boradi. Bu «qarigan» eritrotsitlar jigar va taloq hujayralarida ushlab qolinadi va parchalanadi. Hujayra membranasi tarkibiga kiruvchi glikoforin kabi oqsillarning asosiy vazifalaridan biri ularning hujayra sirtidan uning sitoplazmasiga turli axborotlarni o‘tkazib berishdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling