Biokimyo pmd
-rasm. Na, K-ATFaza ta‘sirining molekula mexanizmi. 178 Ca-ATF-aza
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simport va antiport
48-rasm. Na, K-ATFaza ta‘sirining molekula mexanizmi.
178 Ca-ATF-aza – ko‘pgina hujayralarninig membranalarida Ca + ionlarni ATF energiyasi hisobiga konsentratsiya gradiyenti qarshisiga olib o‘tadigan Ca-ATF-aza mavjud. Sarko‘plazmatik retikulumda Ca- ATF-aza membrananing barcha oqsillarining yarmidan ko‘ra ko‘prog‘ini tashkil etadi, u muskul tolasi qisqarishi – bo‘shashuvi siklini idora etib turadigan mexanizmining bir qismidir. H + -ATF-azalar, vodorod ionlarini membrana orqali haydab o‘tkazib beradi. Ayni vaqtda protonlar konsentratsiyalari farqi (Ph – farqi) ham, elektr potensiallari farqi ham yuzaga keladi. Ular jam bo‘lib proton elektrokimyoviy potensialini hosil qiladi. H + -ATF-aza ishi hisobiga hujayraning ba’zi bo‘limlarida kislotali muhit yuzaga keladi (masalan: lizosomalarda, buyrak usti bezlari miya qismida xromofin hujayralarning sekretor granulalarida). Simport va antiport. Moddalar boshqa modda konsentratsiyasi gradiyentining energiyasi hisobiga membrana orqali faol ravishda o‘tib turishi mumkin. Bu holda ularning tashuvchisi shu ikkala moddani biriktirib oladigan maxsus markazlarga ega bo‘ladi. Agar «X» modda konsentratsiyasi tashqarida ichkaridagidan ko‘ra katta bo‘lsa, bu modda yengillashgan diffuziya yo‘li bilan o‘tib borishi mumkin. Tashuvchida bir yo‘la «X» modda bilan o‘tib boradigan «Y» modda uchun ham biriktirish markazi bo‘ladi («simport»), shu bilan birga «Y» modda o‘z konsentratsiyasi gradiyentining teskarisiga qarab tashilishi ham mumkin. Moddalarning o‘z konsentratsiyasi gradiyentiga qarshi, boshqa moddani uning o‘z konsentratsiyasi gradiyenti bo‘ylab qilayotgan harakatiga teskari yo‘nalishida o‘tib borishi – antiport ham xuddi shunga o‘xshash tarzda yuzaga keladi. Simport va antiport Na + ionlari konsentratsiyasi gradiyenti energiyasi hisobiga bo‘lib turishi mumkin. Masalan: aminokislotalarning ichakdan va glyukozaning birlamchi siydikdan so‘rilishi shu yo‘l bilan boradi. Demak, bunday hollarda birlamchi energiyasi manbai bo‘lib ATF xizmat qiladi: ATF energiyasi avval transmembrana Na + konsentratsiyasi gradiyenti energiyasiga aylanadi, keyin esa shu gradiyenti energiyasi aminokislotalar yoki glyukozaning so‘rilib o‘tishi uchun sarflanadi (ikklamchi faol transport). Buyrak usti bezlari miya moddasining xromoffin hujayralarida, maxsus sekretor granulalarida adrenalin va noradrenalin gormonlari to‘planib boradi. Granulalar membranasida protonlarni sitozoldan granula ichiga olib o‘tkazadigan N + -ATF-aza bo‘ladi. Uning ta’sirida proton elektrokimyoviy potensialini yuzaga keltiradi. So‘ngra elektrokimyoviy potensial energiyasi hisobiga gormonlar o‘tib oladi: 179 granuladan o‘z konsentratsiyasi gradiyenti bo‘yicha chiqib keladigan ikkita protonga sitozoldan granula ichiga bitta gormon molekulasi o‘z konsentratsiyasi gradiyentining qarshisiga o‘tib oladi (antiport). Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling