Biokimyo pmd


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Endotsitoz
Endotsitoz hujayralarning juda keng tarqalgan funksiyasi bo‘lib, ular
membrana pufakchalari hosil qilish yo‘li bilan hujayraga muhitdan
plazmatik membrana qismi bilan birga moddalarni olib o‘tkazishdan
iborat. Erigan moddalar ham (erituvchining tomchilari bilan birga),
erimaydigan moddalar (zarrachalar) ham hujayralarga ana shu yo‘l bilan
o‘tadi (49-rasm).
49-rasm. Endotsitoz mexanizmi.
Erigan moddalarni hujayralarga, o‘tishi pinositoz, erimaydigan
moddalarning o‘tishi fagositoz deb ataladi. Leykotsitlar, makrofaglar
kapillyarlar endoteliysining hujayralari shu jihatdan ayniqsa, faol
bo‘ladilar, masalan, gepatotsitlar plazmatik membranasida joylashgan


180
retseptorlar qon plazmasining talaygina glikoproteoidlarini ushlab oladi.
Keyin esa bu oqsillar Endotsitozlanadi. Endotsitoz jarayonida bir necha
xil maxsus oqsillar ishtirok etadi. Bunda ATF energiyasi sarflanadi.
Endotsitoz natijasida hujayra o‘zini talaygina plazmatik membranasini
yutadi.
Hujayra membranasidagi retseptorlar
Hujayra tashqi membranasining asosiy vazifasi hujayra ichki
muhitini saqlash, hujayralararo kontaktni ta’minlash. Hujayra sirtining
qurilishi va uning boshqa qo‘shni hujayralarni topib ular bilan kontakti,
hujayra faoliyatiga ta’sir etuvchi turli taassurotlarni qabul qilinishi,
avvalo, tashqi membrana tarkibiga kiradigan glikoproteidlar bilan
bog‘liq. Ular oqsil va D-glyukoza, D-galaktoza, D-mannoza, L-fruktoza,
N-atsetil-D-galaktazamin, N-atsetil-D-glyukozamin, L-arabinoza, D-
ksiloza, N-atsetil neyramin kislotalardan tarkib topgan. Hujayra
membranasiga xos funksiyalarni bajaruvchi glikoproteidlar o‘zaro
uglevod qismining tarkibi va tuzilishi jihatidan farq qiladi.
Membrananing barcha funksiyalari, shuningdek, ABO guruh
spetsifikligi, organizmga yot bo‘lgan hujayralarni tanib oluvchi to‘qima
antigenlari, organizmga tushgan turli ksenobiotiklar yoki organizmning
o‘ziga mansub turli gormonlar va boshqa birikmalarni ushlab oluvchi
maxsus retseptorlar hammasi uglevod kompanentining tarkibi va
tuzilishi jihatidan farq qiluvchi maxsus glikoproteinlar guruhiga
mansubdir. Ularning tarkibiga kiruvchi monosaxarid komponentlari
ma’lum tartibda joylashgan va bunday qurilish Goldji apparatidagi
glikozil-transferaza faoliyati bilan bog‘liq. Shuning uchun glikozil-
transferazalar sintezini boshqaruvchi genlarning birontasida sodir
bo‘ladigan mutatsiya membrana funksiyasining tug‘ma buzilishi bilan
bog‘liq bo‘lgan turli xastaliklar kuzatiladi. Masalan: tungi
gemoglobinuriya kasalligi biologik membranalar tug‘ma
patologiyasining bir ko‘rinishidir. Membrananing orttirilgan kasalliklari
ham ko‘p va xilma-xil. Hujayra membranasini jarohatlovchi eng kuchli
omillardan biri erkin radikallar bo‘lib, ular organizmda ko‘proq
ionlashtiruvchi yoki ultrafiolet nurlar hamda sun’iy polimerlar ta’sirida
ko‘p hosil bo‘ladi. Erkin radikallar patogen ta’siri ularning atomi
qurilishi bilan bog‘liq. Odatda kimyoviy moddalar orbitasida juft
elektronlar mavjud, erkin radikallar tashqi orbitasida birgina elektron


181
joylashgan. Erkin radikallar bo‘lmish OH
%
, H
%
va HOO
%
nurlanish
ta’sirida suvdan hosil bo‘ladilar. Bu radikallarning asosiy manba’laridan
biri kislorod bo‘lib, u odatdagi O=O o‘rniga O
%
-O
%
shakliga o‘tadi va
membrana patologiyasiga ko‘proq uning suvda eruvchanligi sabab
bo‘ladi. Hujayra membranasi qutbsiz muhitni tashkil etadi va bunday
muhitda kislorod 7-8 marta qutbli muhitga qaraganda yaxshiroq eriydi.
Shuning uchun ham aromatik aminokislotalar, o‘ta to‘yinmagan, yog‘
kislotalarning oksidlanib jarohatlanishi membranalarda kuzatiladi. Bu
birikmalar o‘zidan vodorodni erkin radikalga beradi va o‘zi
deformatsiyalanadi.
To‘yinmagan yog‘ kislotalari molekulasidagi qo‘shbog‘ yaqinida
joylashgan vodorod uglerod atomi bilan bo‘sh darajada bog‘langan
bo‘lib, uni «allel» vodorod, u birikkan uglerod esa a-metilenli uglerod,
deb nomlanadi. «Allel» vodorodlar nisbatan faol atomlar bo‘lib, muhitda
oz miqdorda bo‘lsada, oksidant mavjud bo‘lsa bu vodorod osongina
uning molekulasiga o‘tadi, natijada a-metilen uglerodini tutuvchi
radikallar markazi hosil bo‘ladi, u o‘ta faol bo‘lib osongina
«pergidroksi» radikalga o‘tadi.
Shu tarzda «gidroperoksi» guruhlar yog‘ kislotalari molekulasidagi
a-metilen uglerodlariga birikadi, natijada membranalar strukturasi va
funksiyasining buzilishiga sababchi bo‘lgan reaksiyalar zanjiri sodir
bo‘ladi. Lipidlarning perekis oksidlanishi, deb ana shunga aytiladi.
Vitamin E, ubixinon, sulfgidril guruh tutuvchi oqsillar erkin radikallarni
o‘ziga biriktiruvchi va perekis birikmalarni zararsizlanishi tufayli ular
antioksidantlar deb yuritiladilar. Negaki, ular organizmda erkin
radikallar miqdorini kamaytiradi.
Masalan: alkogol intoksikatsiyasi natijasida yuzaga keladigan jigar
xastaligining antioksidantlar: tokoferol, askorbin kislota, pirozollar
yordamida oldini olish mumkin. Chunki bu kasallik gepatotsitlar
membranasida alkogol ta’sirida perekis oksidlanishining kuchayishi
oqibatida yuzaga keladi. Turli xil stress chaqiruvchi omillar,
ksenobiotiklar, infeksion omillar, zaharli moddalar ta’sirida kelib
chiqadigan va boshqa turli patologik holatlarda organizmda perekis
oksidlanish jarayoni kuchayishi va qonda malondialdegidlarning
ko‘payib ketishi kuzatiladi. Ularni klinikalarda davolash jarayonida
asosiy davolovchi omillar bilan birga turli xil antioksidantlardan
foydalanish yaxshi natijalar beradi. Ammo uning o‘rni Golji apparatida
sintezlangan membrana hisobiga tiklanib turadi.



Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling