Biokimyo pmd
Piridinga bog‘liq bo‘lgan degidrogenazalar
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Flavinga bog‘liq bo‘lgan degidrogenazalar
- Ubixinon yoki koenzim Q
Piridinga bog‘liq bo‘lgan degidrogenazalar. NAD va NADF
ularning kofermenti hisoblanadi. Bu kofermentlar tarkibiga vitamin PP hosilasi – nikotinamid kiradi. Tuzilishi jihatdan NAD va NADF 185 dinukleotid hisoblanadi. Ular nikotianamid va adenilat kislotadan tashkil topgan. NADF, NADdan farqli ravishda adeninnukleotid ribozasining uchinchi uglerod atomida qo‘shimcha fosfat kislota qoldig‘ini oladi. Bu kofermentlar ko‘pchilik oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarda ishtirok etadi. Bunda substratdan ajralib chiqayotgan 2 ta vodorod atomining bittasi to‘liq nikotinamid tarkibiga kirib, ikkinchisi esa vodorod ioni sifatida muhitga o‘tadi. Hujayrada NAD miqdori NADFga nisbatan ko‘pdir. Uning taxminan 60% mitoxondriyada, 40% esa sitoplazmadadir. NADga bog‘liq bo‘lgan degidrogenazalar asosan mitoxondriyalardagi nafas olish zanjirida proton va elektronlar tashilishida ishtirok etadi va aerob degidrogenazalar hisoblanadi. NADF ko‘proq sitoplazmadadir va unga bog‘liq bo‘lgan degidrogenazalar proton va elektronlarni biosintetik reaksiyalarda tashiydi hamda anaerob degidrogenazalar hisoblanadi. Ko‘pchilik piridinga bog‘liq bo‘lgan degidrogenazalar ikki valentli metall ionlari bilan kuchli bog‘langandirlar. Ular kofermentni apoferment bilan bog‘lanishini ta’minlaydilar. Flavinga bog‘liq bo‘lgan degidrogenazalar prostetik gruppa sifatida FAD yoki FMN tutishadi. Ularning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib vitamin B 2 – riboflavin hisoblanadi. Piridinga bog‘liq bo‘lgan degidrogenazalardan farqli o‘laroq, flavinga bog‘liq bo‘lgan degidrogenazalar bir va undan ko‘p FAD va FMN tutadilar, oqsil qismi bilan kuchli bog‘langandir va murakkab oqsil – flavoproteidni hosil qiladi. Ubixinon yoki koenzim Q mitoxondriyalarning lipid qismidan ajratib olingan bo‘lib xinon halqasi va uzun izoprenoid zanjiridan iborat. FAD va FMNdan proton va elektronlar oldin semixinon radikalini hosil qiladi, so‘ng esa ikkinchi elektronni qo‘shib olib to‘liq qaytarilgan shaklga o‘tadi. Ubixinondan elektronlar sitoxromlarga o‘tkaziladi, protonlar esa tashqi muhitga o‘tadi. Sitoxromlar. Hayvonlar va o‘simliklar mitoxondriyalarining ichki membranasida 5 xil sitoxromlar bor: b, c, c 1 , a 1 va a 3 , tashqi membranasida - b5, endoplazmatik to‘rda esa b 5 va P 450 . Barcha sitoxromlar gemoglobin va mioglobinga o‘xshash temir-porfirin prostetik gruppasini tutadi. Ammo ulardan farqli sitoxromlarning funksional faol holati, temir valentligining qaytar o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Shu asosda ular nafas olish zanjirida elektronlar tashiydilar. Boshqa sitoxromlardan farqli ravishda sitoxrom C mitoxondriyalar ichki 186 membranasining tashqi tomonida joylashgan. Sitoxromoksidaza 2 molekula sitoxrom a1, 4 molekula sitoxrom a3 va 2 atom mis tutadi. Sitoxromoksidaza yog‘ tutuvchi gemoproteid hisoblanadi va elektronlarni kislorodga uzatadi hamda o‘z-o‘zini oksidlash xususiyatiga egadir. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling