Biokimyo pmd


Pirouzum kislotasining oksidlanish yo‘li bilan dekarboksillanishi


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Pirouzum kislotasining oksidlanish yo‘li bilan dekarboksillanishi
Piruvatdegidrogenaza (PDG) kompleksining tuzilishi. Pirouzum
kislotasi sitoplazmadan mitoxondriyaga konsentratsiya gradiyenti har
xilligi tufayli osongina o‘tadi. Pirouzum kislota atsetil-KoAga
aylanishini piruvatdegidrogenaza ferment kompleksini tezlashtiradi. U
poliferment bo‘lib, uchta har xil ferment va beshta kofermentdan tashkil
topgan. Bu ferment kompleksi pirouzum kislotani dekarboksillanish
yo‘li bilan oksidlanish reaksiyasini tezlashtiradi. Birinchi ferment
dekarboksillovchi piruvatdegidrogenaza (E
1
-TPF) (yoki piruvat-
lipoatoksidoreduktaza) tetramer bo‘lib, ikkita TPF tutuvchi massasi –
36 000 daltonga teng b-zanjirdan va C
2
- birliklarini lipoat kislota
qoldig‘iga tashuvchi ikkita a-zanjirdan iborat. Ikkinchi ferment
digidrolipoiltransatsetilaza yoki lipoatatsetiltransferaza (E
2
),
massasi 52 000 ga teng bo‘lgan bitta zanjirdan iborat bu ferment lipoat
kislota qoldig‘i bilan bog‘langan.Qaytarilgan digidrolipoiltransatsetilaza
uchinchi ferment digidrolipoatdegidrogenazaning (E
3
) ichki disulfidi
bilan bog‘lanib oksidlanadi. Digidrolipoatdegidrogenaza fermentining
molekulyar massasi – 100 000 ga teng. Bu fermentning disulfid (HS-
SH) gruppasi oqsil bilan birikkan FAD molekulasini qaytaradi, u esa
o‘z navbatida NAD ta’sirida oksidlanadi.


196
PDG kompleksining tarkibiga quyidagi kofermentlar kiradi: TPF,
lipoat kislota, koferment A, FAD
+
, NAD
+
. Kompleksning molekulyar
massasi 9.10
6
ga teng.
Reaksiyalarning ketma-ketligi. Pirouzum kislota glyukoza,
glitserin va ayrim aminokislotalarning o‘ziga xos katabolizmi jarayonida
hosil bo‘ladi. Hujayralarda pirouzum kislotasi oksidlanish yo‘li bilan
dekarboksillanib atsetil-KoA, CO
2
, H
2
O ga parchalanadi. Bu
reaksiyalarning ketma-ketligi quyidagicha (54-rasm).

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling