Biokimyo pmd


Katabalizmning umumiy yo‘llari bilan elektronlar tashish


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Katabalizmning umumiy yo‘llari bilan elektronlar tashish
zanjirining bog‘lanishi
Limon kislota sikli elektron tashish zanjiri (ETZ) bilan bog‘liq bo‘lib,
energiyaning asosiy qismi shu sikldagi qaytarilgan kofermentlarning
oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Krebs siklining quyidagi
reaksiyalari vodorod ajratish yo‘li bilan boradi, ajralib chiqqan vodorod
atomlari ETZ ga beriladi.
Limon kislotasi sikli bilan ETZ o‘zaro bog‘langan.
Limon kislota siklining asosiy vazifasi – potensial kimyoviy
energiyani metabolik energiyaga aylantirishdir: bu energiya ATF shaklida
zaxira holda to‘planadi. Krebs siklida I mol atsetil-KoA oksidlanishidan
ETZ bog‘liq holda 11 molekula ATF va 1 mol GTF hosil bo‘ladi, jami
12 molekula ATF energiyasiga teng energiya to‘planadi. I molekula GTF
esa suksinil-KoA ning suksinatga o‘tishida ya’ni substratli fosforlanish
natijasida hosil bo‘ladi.


Uchkarbon kislotalar sikli boshqarilishining allosterik
mexanizmlari
Limon kislota siklining funksional tezligi hujayraning ATF ga
bo‘lgan ehtiyojiga moslashgandir:
1. Pirouzum kislotasining atsetil-KoAga aylanishi ATF, atsetil-KoA
va NADH ta’sirida sekinlashadi.
2. Boshqarishning birinchi reaksiyasi oksaloatsetat bilan atsetil-
KoAdan sitratning sintezlanishidir. Sitrat-sintaza fermentining allosterik
ingibitori ATFdir. ATF miqdorining ko‘payishi sitrat hosil bo‘lishini
kamaytiradi.
3. Ikkinchi boshqaruvchi fermenti izositrat degidrogenaza bo‘lib
u ADF ta’sirida allosterik yo‘l bilan stimulyatsiya qilinib, uning
substratlarga nisbatan moyilligi kuchayadi. Izotsitrat, NAD, Mg
2+,
va
ADF lar o‘zaro bog‘lanishida kooperativlik ham mavjuddir.
4. Uchkarbon kislotalarning uchinchi boshqarish reaksiyasi a-
ketoglutaratdegidrogenaza fermentiga bog‘liq. Bu ferment faolligi
reaksiya natijasida hosil bo‘luvchi mahsulotlar – suksinil-KoA va
NAD.H ta’sirida susaytiriladi.
5. Uchkarbon kislota sikliga ikki uglerodli fragmentlar (atsetil
qoldig‘i) kirishi va siklning tezligi hujayradagi ATF ning yuqori miqdori
bilan susaytiriladi.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling