Biokimyo pmd
I bosqich. Pirouzum kislota TPF (tiaminopirofosfat) bilan birikib, uning faol shakliga aylanadi. II bosqich
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- III bosqich
- 54-rasm.
I bosqich. Pirouzum kislota TPF (tiaminopirofosfat) bilan birikib,
uning faol shakliga aylanadi. II bosqich. Aktivlangan pirouzum kislota koferment lipoat kislota ishtirokida dekarboksillanadi. Bu reaksiyani piruvat-lipoat- oksidoreduktaza (yoki PDG) fermenti katalizlaydi. III bosqich. Atsetil-KoAning hosil bo‘lishi. IV bosqich. Digidrolipoat kislotaning elektron va protonlarni ajratish bilan oksidlanishi. Bu reaksiyani digidrolipoatdegidrogenaza fermenti tezlashtiradi. Shunday qilib lipoat kislota vodorod tashish vazifasini bajaradi. 54-rasm. Pirouzum kislotasining oksidlanishli dekarboksillanish sxemasi 197 Limon kislota sikli Bu siklning limon kislotasi sikli deb atalishiga sabab, siklning birinchi mahsuloti limon kislotasidir. Bu siklni trikarbon (uch karbon) kislotalari sikli ham deb ataladi, chunki siklning birinchi mahsuloti limon kislotasi uchkarbon kislotadir. Ammo ko‘pincha siklda reaksiyalarni Gans Krebs tomonidan aniqlanganligi uchun bu siklni muallif nomi bilan aytiladi. Limon kislota sikli, elektron tashish zanjiri bilan birgalikda modda almashinuvining oxirgi fazasi hisoblanadi va oksidlanuvchi moddadan 60-70% energiyani ajratib chiqaradi. 55-rasm. Krebs halqasi. 198 Krebsning limon kislota sikli uglevodlar, yog‘lar va aminokislotalar parchalanishidagi umumiy yo‘l hisoblanadi. Uglevodlar bilan yog‘lar bu siklga atsetil-KoA shaklida, aminokislotalar esa – a-ketoglutarat, suksinat va fumarat shaklida qo‘shiladi. Bir sutkada oqsillar, uglevodlar va lipidlar almashinuvi natijasida odam tanasining har bir kg og‘irligiga 10 ga yaqin atsetat hosil bo‘ladi. Agarda tana og‘irligi 70 kg ga teng bo‘lsa, unda 700 atsetat hosil bo‘ladi. Bu miqdordagi atsetil-KoA ning CO 2 va H 2 O gacha parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan energiya organizm uchun asosiy energiya manbai hisoblanadi. Aktivlangan atsetatning koenzim A shakli oksidlanishi Krebs siklida boradi. Bu sikl 1937-yilda Krebs tomonidan taklif qilingan. Gans Adolf Krebs (1904- yilda tug‘ilgan) O. Varburgning shogirdi bo‘lib, u siydikchil hosil bo‘lish nazariyasini va limon kislotasi siklini kashf qilganligi uchun 1954-yil fiziologiya va meditsina sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Limon kislotasi sikli yopiq metabolitik yo‘l bo‘lib, 8 ta alohida reaksiyalardan iborat. Oksaloatsetat bu reaksiyada boshlang‘ich hamda oxirgi mahsulot bo‘lib hisoblanadi (55-rasm): Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling