Biokimyo pmd
ADFning fosforillanishi (substratli va oksidlanishli fosforillanishi)
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oksidlanishli fosforillanish
ADFning fosforillanishi (substratli va oksidlanishli fosforillanishi)
Moddalarning oksidlanishi kislorodli (aerob) va kislorodsiz (anaerob) sharoitda kechishi mumkin. Bularning barchasida energiya ajralib chiqadi. Bu energiya ATF yoki issiqlik sifatida ajraladi. ATF sintezi fosforillanish bilan borib, bunda ADFga makroergik bog‘lar tutuvchi moddalardan yoki kislorodni oksidlanishi natijasida anorganik fosforni birikishi kuzatiladi. Shuning uchun ADFning fosforillanishi 2 xil yo‘l bilan boradi: oksidlanishli fosforillanish va substratli fosforillanish. Oksidlanishli fosforillanish asosiy energiya generatori hisoblanadi. Oksidlanishli fosforillanish mitoxondriyalarning ichki membranasida joylashgan nafas zanjirida kechadi. Bir juft proton va elektronlarni nafas zanjiri orqali o‘tishi natijasida ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Avval aytilganidek NADga bog‘liq bo‘lgan substratlarning oksidlanishi natijasida 52,7 kkal energiya ajralib chiqqanligi ko‘rsatilgan. Shunday 21,3 kkal 3 ta ATF sinteziga sarflanadi. Qolgan energiya esa issiqlik sifatida tarqaladi. Shuni aytish kerakki, 1 molekula ATFni sintezlash uchun 7,3 kkal energiya talab qilinadi, glyukozani to‘liq aerob sharoitda oksidlanishida esa 686 kkal energiya ajralib chiqadi va 38 molekula ATF sintezlanadi. 38 molekula ATF sinteziga esa 277,4 kkal energiya talab qilinadi. Bu 686 kkal energiyani atigi 40% ini tashkil etadi. Qolgan 60% energiya esa issiqlik shaklida chiqadi va organizmning temperaturasini muvozanatda ushlashga safarbar etiladi. Hosil bo‘lgan ATF energiya quyidagi jarayonlarga sarflanadi: kimyoviy, mexanik, plastik, faol transport, transdegidrogenaza reaksiyalariga. Substratli fosforillanish esa membranaga bog‘liq bo‘lmay sitozolda kechadi. Bunda makroergik bog‘lar tutuvchi metabolitlar energiya manbai hisoblanadi. Bularga asosan 1,3-difosfoglitserat, fosfoyenolpiruvat, kreatinfosfat, argininfosfat va boshqalar kiradi. Substratli fosforillanishda kam miqdorda ATF sintezlanadi. Ular 189 yordamchi energetik mexanizmlardir. Jumdalan, glyukozani anaerob oksidlanishi natijasida 2 molekula sut kislotasi va 4 molekula ATF sintezlanadi, ya’ni atigi 29,2 kkal energiya ajralib chiqadi. Filogenetik jihatdan substratli fosforillanish ustun turadi. Ular kislorodsiz sharoitda oddiy hayvonlarning asosiy energetik manbai hisoblangan. Ammo energetik qiymati kam bo‘lsada, u katta ahamiyatga ega, chunki yadrosi, mitoxondriyasi bo‘lmagan eritrotsitlarda, shuningdek, ko‘pchilik kasalliklarda kuzatiladigan gipoksiya sharoitida hujayraning asosiy energiya manbai bo‘lib qoladi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling