Biokimyo pmd
Uglevodlarning anaerob yo‘l bilan parchalanishi
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Uglevodlarning anaerob yo‘l bilan parchalanishi
(glikoliz va glikogenoliz) Uglevodlarning anaerob (kislorodsiz) parchalanishi glyukozadan yoki glikogendan boshlanishi mumkin. Glyukozaning anaerob parchalanishi – glikoliz, glikogenniki esa – glikogenoliz deyiladi. Har ikki holda ham oxirgi mahsulot sut kislotasi (laktat)dir (58-rasm). Glikogenolizda 1-bosqich, ya’ni glikogendan glyukoza-1-fosfat hosil bo‘lishi ortiqdir: qolgan bosqichlari glikoliz bilan bir xil boradi. Anaerob parchalanishni glyukoza-6-fosfatdan toki piruvat hosil bo‘lguncha davom etadigan hamma bosqichlari glyukozaning aerob parchalanishi (ya’ni glikolitik bosqich) bilan bir xildir. Uglevodlarning anaerob parchalanishi quyidagi bosqichlarda kechadi: Glikoliz uchun ikki hodisa xarakterlidir: 1) substratli fosforlanish; 2) glikolitik oksidoreduksiya. Substratli fosforlanishni oksidlanish yo‘li bilan fosforlanishdan farqi – bunda membrana va elektronlar o‘tkazish zanjiri (EO‘Z) qatnashmaydi. Glikolizning ma’lum metabolitida (substratida) to‘plangan energiya ADF ga uzatilib, uning fosforlanishi natijasida ATF sintezlanadi. Bunday metabolitlarga 1,3-difosfoglitserat va fosfenolpiruvatlar kiradi. Glikolitik oksidoreduksiya – bu fosfoglitserin aldegidi va piruvat orasidagi oksidoreduksiya bo‘lib, bunda piruvat qaytariladi va sut kislotasi (laktat) hosil bo‘ladi. Bu hodisa kislorodsiz sharoitda yuz beradi va kislorod to‘qimalarda yetarli bo‘lishi bilan laktat oksidlanib, piruvatga aylanadi; elektronlar va vodorod ionlari esa to‘qima nafas olish zanjiri (EO‘Z) orqali kislorodga birikadilar hamda energiya (3x2=6 mol ATF) va 2 mol H 2 O hosil bo‘ladi: Glyukoza + 2 ADF + 2Pn ———— → 2L-laktat + 2ATF + 2 H 2 O Glikoliz hamma tirik organizm uchun xosdir. Glikoliz anaerob organizmlar uchun yagona energetik manba bo‘lib, hujayralarni kislorod tanqisligi holatida minimal energiya bilan ta’minlaydi (2ATF): aerob organizmlar (hayvonlar, insonlar) uchun esa glikoliz glyukozani aerob oksidlanishining shartli (tayyorlov) birinchi glikolitik bosqichdir. Glikoliz jarayonida hosil bo‘ladigan metabolitlar – laktat, piruvat, glitserat va triozalar organizmda yuz beradigan turli katabolitik va anabolitik jarayonlar uchun kerakli mahsulotdir. Glikoliz sitoplazmada 211 borib, aerob oksidlanish uchun shart bo‘lgan membrana, mitoxondriya butunligini talab qilmaydi. Shuning uchun ba’zi «mitoxondrial kasalliklar» vaqtida glikoliz asosiy energiya bilan ta’minlovchi manba vazifasini o‘taydi («halokatdan saqlanish mexanizmi»): shu bilan birga sitoplazmada boradigan biosintetik jarayonlar, asosan glikoliz davomida hosil bo‘ladigan ATF hisobiga boradi. 58-rasm. Glikolis va piruvatning oksidlanishi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling