Biokimyo pmd
To‘qima nafas olishida karbonat angidridning hosil bo‘lishi
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Krebs siklining biokimyoviy funksiyalari
To‘qima nafas olishida karbonat angidridning hosil bo‘lishi
To‘qima nafas olishida hosil bo‘ladigan karbonat angidridi anaerob yo‘l bilan, ya’ni substrat uglerodiga kislorod birikmasidan hosil bo‘ladi (qisman susbstratdagi kislorod hisobiga, qisman esa suvdagi kislorod hisobiga). Bu reaksiyani liaza sinfiga kiruvchi maxsus fermentlar tezlatadi. Hayvon to‘qimalarida moddalar maxsus fermentlar ta’sirida oksidlanishi yo‘li bilan dekarboksillanishi natijasida CO 2 hosil bo‘ladi. Bu jarayonda maxsus degidrogenazalar muhim rol o‘ynaydi. Bu degidrogenazalar multiferment komplekslar bo‘lib, bir nechta fermentlar va quyidagi 5 ta kofermentlardan tashkil topadi: TPF, lipoat kislota, koenzim-A, FAD va NAD. Bu degidrogenazalarga piruvatning oksidlanishi va a-ketoglutaratning dekarboskillanish reaksiyalarini tezlatuvchi piruvatdegidrogenaza va ketoglutaratdegidrogenaza komplekslari kiradi. Bu reaksiyalarda dekarboksillanish bilan degidrogenlanish bir vaqtda sodir bo‘ladi. To‘qimalarda CO 2 ning bir 202 qismi dikarbon kislotalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki E-holatdagi dekarboksillanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu reaksiyani tezlatuvchi E-dekarboksilaza fermenti dikarbon kislotalardan CO 2 ni ajratib chiqaradi. Reaksiya mahsuloti CO 2 bilan ketokislotalar hisoblanadi. Masalan, oksaloatsetatni dekarboksillanishidan pirouzum kislota va CO 2 hosil bo‘ladi. Dekarboksillanish qaytar jarayon bo‘lib, hayvon to‘qimalarida CO 2 bir qismini biriktirib olish natijasida qayta dekarbon kislotalari hosil bo‘ladi (masalan: pirouzum kislotasidan oksoloaatsetat). Krebs siklining biokimyoviy funksiyalari 1. Integrativ funksiyasi – Krebs sikli metabolik «kollektor» (yig‘uvchi) vazifasini o‘tab, uglevodlar va oqsillarning katabolik yo‘lini birlashtiradi. 2. Amfibolik funksiyasi – Krebs sikli ikki xil funksiyani bajaradi. a) katabolik – atsil qoldig‘ining parchalanishi, karbonat angidridi va suv ajralib chikishi. b) anabolik – atsetil KoA va oksalatsetatdan birikish reaksiyasi natijasida murakkab modda sitrat hosil bo‘lishi, Krebs siklining substratlaridan glyukoza, aminokislotalar yog‘ kislotalari va boshqalar sintezlanishi. 3. Energetik funksiyasi – Krebs sikli reaksiyalarining borishi natijasida 1 mol atsetil KoA ning parchalanishidan 12 mol ATF sintezlanadi. 4. Vodorod donor (vodorod generator) funksiyasi – Krebs sikli nafas zanjiri uchun vodorodning asosiy generatori hisoblanadi. Bu siklda 4 juft vodorod atomlari hosil bo‘lib, ulardan 3 jufti NAD bilan, bir jufti esa FAD bilan birikadi. Oshqozon fundal bezlarining hujayralirda vodorod protonlari elektron tashish zanjiriga emas, balki xlorid kislota sinteziga sarflanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling