Biokimyo pmd


Qondagi glyukoza miqdorining boshqariluvi


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Qondagi glyukoza miqdorining boshqariluvi
Qonda glyukozaning miqdori sog lom kishilarda normada CI
bo‘yicha 3,6-6,1 mmol/l (yoki TÅ bo‘yicha 70-120 mg%) bo‘lib,
kamayishi gipoglikemiya, ko‘payishi giperglikemiya va giperglikemiya
vaqtida siydik bilan glyukozaning ajralishi esa glikozuriya deyiladi.
Qonda glyukoza miqdorining regulyatsiyasida:
1. Regulyator organ jigar.
2. Gumoral ichki sekretsiya bezlarining gormonlari.
3. MNSsi qatnashadilar.
Ichak vorsinkalaridan qonga so‘rilgan glyukozasi (qopqa vena)
orqali jigarga borib, jigarda ma’lum miqdorda glikogenga aylanadi,
so‘ng jigar arterial qon tomiri (a.hepatica) orqali jigardan chiqib, hamma
to‘qimalarga tarqaladi. Qonda glyukozaning miqdori oshsa refleks yoli
bilan markaziy nerv sistemasidagi metabolik markazlar qozgaladi va
gipotalamusga (glyukoza miqdorini impuls MNS dan regulyatsiya
qiluvchi markazga) berilib, undan parasimpatak nerv tolalariga (n.vagus)


226
o‘tadi, so‘ng oshqozon osti bezi b-hujayralariga o‘tkaziladi, u yerda
insulin sintezi tezlashadi. Insulin muskul to‘qimasida glyukozani
glikogenga aylanishini tezlashtiradi. Aksincha, qonda glyukozaning
miqdori kamayganda impuls MNS dan gipotalamus orqali simpatik nerv
tolalariga otib, buyrak usti bezi mag‘iz qismiga boradi va adrenalin
gormonining sintezlanishi tezlashadi. Adrenalin esa glikogenni
glyukozaga parchalanishini tezlashtiradi va qonda glyukozaning miqdori
oshadi.
Qondagi glyukoza miqdori va glyukoza metabolizmining gormonlar
ta’sirida regulyatsiyasi sxematik quyidagicha korinishga ega:
1.Glyukokortikosteroidlar aminokislotolardan glyukoza
sintezlanishini tezlashtiradi.
2. Adrenalin va glyukogen ta’sirida regulyatsiya qilinadi.
3.Insulin turli hujayra membranalarining glyukoza
o‘tkazuvchanligini kuchaytiradi.

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling