Biokimyo pmd
To‘yinmagan yog‘ kislotalar sintezi
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Triglitseridlar sintezlanishi
- Yog‘lar biosintezining boshqarilishi
To‘yinmagan yog‘ kislotalar sintezi
Tarkibida bitta qo‘shbog‘ tutuvchi palmitoolein va olein kislotalari jigar va yog‘ to‘qimasi hujayralari mikrosomalarida maxsus oksigenazalar ta’sirida kislorod ishtirokida palmitat va stearinat kislotalaridan sintezlanadi. Ushbu reaksiyada bir molekula kislorod ikki juft elektron uchun akseptor vazifasini o‘taydi, ularning bir jufti substrat (atsil-KoA) hisobidan bo‘lsa, ikkinchi jufti NADFH 2 hisobiga: C 15 H 31 -CO-S-KoA+NADFH 2 +O 2 →CH 3 -(CH 2 ) 5 -CH=CH-(CH 2 ) 7 -CO-SKoA +NADF Palmitil-KoA palmitooleil-KoA +2H 2 O Linol va linolen kislotalari odam va hayvon organizmida sintezlanmaydi. Organizmga ular ovqat tarkibida tushadi. Boshqa ota to‘yinmagan yog‘ kislotalari jigarda mikrosomal va mitoxondrial fermentlar ishtirokida palmitoolein, olein, linol, linolen kislotalari molekulasining uzayishi hamda qoshimcha qo‘shbog‘lar kiritilishi yoli bilan sintezlanishi mumkin. Triglitseridlar sintezlanishi Toqimalarda triglitseridlar glitserin va yog‘ kislotalaridan sintezlanadi. Dastlab glitserin kinaza ta’sirida glitserin ATF evaziga fosforillanadi va glitserol-3-fosfat hosil bo‘ladi. Keyingi bosqichda glitserol-3-fosfat ikki molekula faol yog‘ kislotasi (atsil-KoA) bilan birikib fosfatid kislota hosil bo‘ladi. Undan fosfatidatfosfataza ta’sirida fosfat kislota qoldig‘i ajralishi natijasida hosil bo‘lgan diglitseridga yana bir molekula atsil-KoA birikishi natijasida triglitserid hosil bo‘ladi. Yog‘lar biosintezining boshqarilishi Sintezda ishtirok etuvchi atsetil-KoA karboksilazaning jigar va yog‘ to‘qimasida faolligi sitrat va izotsitrat miqdoriga bog‘liq. Sitrat va izotsitrat ferment multikompleksini hosil qilishda ishtirok etib polimerlanish natijasida ipsimon shaklga kiradi va faollanadi. Hujayrada sitrat kamayishi yog‘ kislotalar sintezini pasaytiradi. Aksincha sitrat va izotsitrat ortib ketgan bo‘lsa yog‘ sintezini kuchaytiradi. Izotsitratni parchalovchi ferment izotsitratdegidrogenaza o‘z navbatida faolligi ATF miqdoriga bog‘liq. Izotsitratdegidrogenaza 248 allosterik ferment bo‘lib uning faolligi ATF miqdoriga bog‘liq. ATF manfiy allosterik effektor bo‘lib, fermentni ingibirlaydi. Natijada sitrat va izotsitrat miqdori ko‘payadi. Ular mitoxondriyalarni tark etib atseti- KoA-karboksilazaga ta’sir etadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling