Biokimyo pmd
Ichakda aminokislotalarning chirishi va jigarda chirish
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Ichakda aminokislotalarning chirishi va jigarda chirish
mahsulotlarini zararsizlantirilishi Ma’lumki, ichak mikroorganizmlari ozlarining osishi uchun ovqat bilan ma’lum bir aminokislotalarning bo‘lishiga muhtojdir. Ichak mikroflorasida hayvonlar to‘qimasi fermentlaridan farq qiluvchi fermentlar sistemasi yigindisi mavjud bo‘lib, ovqat aminokislotalarining xilma-xil o‘zgarishlarini katalizlaydi (shu jumladan, odam organizmiga xos bo‘lmagan, xususan, chirishlik, parchalanish). Shu tufayli ichakda aminokislotalar parchalanishini zaharli moddalari fenol, indol, krezol, skatol, vodorod sulfid, metilmerkaptan hamda organizm uchun zaharli bo‘lmagan birikmalar spirtlar, aminlar, yog‘ kislotalari, ketokislotalari, oksikislotalari va boshqalar hosil bo‘lishi uchun optimal sharoit vujudga keladi. Ichak mikroorganizmlari faoliyati ta’sirida aminokislotalarning bu kabi o‘zgarishlariga ichakda oqsillarning chirishi deb ataladi. Chunonchi, oltingugurt tutuvchi aminokislotalarning (sistin, sistein va metionin) ichakda asta-sekin va tola parchalanishi natijasida vodorodsulfid (H 2 S) va metilmerkaptan (CH 3 SH) hosil bo‘ladi. Diaminokislotalar ornitin va lizin, dekarboksillanish jarayoniga uchrashi natijasida tegishli aminlar hosil bo‘ladi putresin va kadaverin. Aramatik aminokislotalar fenilalanin, tirozin va triptofaninning bakterial dekarboksillanishidagi tegishli aminlar feniletilamin, parooksifeniletilamin (yoki teromin) va indoliletilamin (tripta’min) hosil bo‘ladi. Ichak mikroblarining fermentlari, ushbu jarayondan tashqari, 267 siklik aminokislotalar yon zanjirlarini parchalashi natijasida (xususan, tirozin va triptofanni) tegishli zaharli moddalar: krezol va fenol, skatol va indol hosil bo‘ladi. Zaharli moddalar (krezol, fenol, skatol, indol) darvoza venasi orqali so‘rilgandan so‘ng jigarga tushadi va sulfat kislotasi yoki glyukuronat kislota bilan kimyoviy birikib, zararsiz juft kislotalar hosil bo‘ladi (masalan, fenolsulfat kislota yoki skatolsulfat kislota). Ushbu kislotalar esa siydik bilan ajralib chiqadi. Jigarda arilsulfattransiraza va UDF- glyukuroniltransferaza fermentlari bo‘lib sulfat kislota qoldig‘ini uning bog‘langan shakli 3-fosfoadenozin-5-fosfosulfatdan (FAFS) hamda glyukuronat kislota qoldig‘ini uning bog‘langan shakli uridildifosfoglyukuronat kislotadan (UDFGK) yuqorida ko‘rsatilgan zaharli moddalarga o‘tkazilishini katalizlaydi. Indol (skatol kabi) dastlab indoqsilgacha oksidlanadi (skatol skatoqsilgacha), so‘ngra bevosita FAFS yoki UDFGK bilan fermentativ reaksiyaga kirishadi. Chunonchi, indol efirsulfat kislota korinishida bog‘lanadi. Uning kaliyli tuzi hayvon indikani deb atalib, siydik bilan ajralib chiqadi. Odam siydigida indikan miqdoriga qarab ichakda oqsillar chirish tezligi va jigarning funksional holati haqida xulosa qilish mumkin. Klinikada ko‘pincha jigarning funksiyasi va uning zaharli moddalarni zararsizlantirish rolini aniqlash uchun benzoat kislota qabul qilingandan so‘ng gippur kislotasi hosil bo‘lishi va siydik bilan ajralib chiqish tezligi bo‘yicha xulosa qilish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling