Biokimyo pmd
Asparaginli to‘qima proteinazalari
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Serinli to‘qima proteinazalari.
- Aminokislotalarning safarbarligi
Asparaginli to‘qima proteinazalari. Katepsin D endopeptidaza,
pH 3,5-4,0, aromatik aminokislotalardan hosil bo‘lgan peptid bog‘larni gidrolizlaydi. Barcha to‘qimalarda topilgan, taloq, buyrak va opkada ota faoldir. Kopchilik sitoplazmatik oqsillarni (miozin, miyelinning asosiy oqsili, gemoglobin) gidrolizlaydi. Togaylarda pH 5,0 da proteoglikanlarni gidrolizlaydi. Serinli to‘qima proteinazalari. Katepsin A ekzopeptidaza, pH 5,0- 5,5, polipeptid zanjirining N-uchini gidrolizlaydi. Katepsinlarning biologik ahamiyati. Toqima oqsillarini gidrolizi ularning yangilanishiga, oqsil molekulasidagi nuqsonlarni yoqotishga, endogen oqsillarni mobilizatsiyasi uchun kerakdir. Ular nafaqat parchalash, balki rekonstruksiya qilish uchun ham kerakdir. Katepsinlarni yetishmasligi to‘qima oqsillarini yangilanishini susaytiradi va ularda shikastlangan, sust funksional faollikka ega bo‘lgan oqsillarni to‘planishiga olib keladi. Katepsinlarning qisman proteolizlash xususiyati ularning regulyatorlik vazifasidan dalolat beradi. Maxsus neyrosekretor hujayralarda qisman proteolizlanish faol neyropeptidlar, mediatorlar va gormonlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Aminokislotalarning safarbarligi Hujayra ichida va qon zardobida doimiy erkin aminokislotalar fondi mavjud va u aminokislotalarni kirish va ishlatilish tezligidan dalolat beradi. 270 69-rasm. Aminokislotalar metabolizmi Erkin aminokislotalar fondi ekzogen (ozuqa) oqsillar parchalanishidan, endogen oqsillar parchalanishidan va yangitdan sintezlangan aminokislotalardan hosil bo‘ladi (69-rasm). Aminokislotalar ichakdan sorilib, darvoza venasi orqali jigarga o‘tgandan so‘ng, ularning anchagina qismi qon orqali butun organizmga tarqalib turli fiziologik maqsadlarda foydalanishdan tashqari, bu organda qator o‘zgarishlarga uchraydi. Jigarda aminokislotalar tananing xususiy oqsillari va qon plazmasi oqsillari sintezidan tashqari, maxsus azot tutuvchi birikmalar purin va pirimidin nukleotitlari, kreatin, siydik kislotasi, NAD va boshqalar sintezida foydalaniladi. Jigar, shu bilan birga, almashtirib bo‘ladigan aminokislotalar sintezi va transaminlanish tufayli azotni qayta taqsimlash yoli bilan organizmda erkin aminokislotalarning balanslangan fondini ta’minlaydi. Sorilgan aminokislotalar birinchi navbatda, to‘qima oqsillari, fermentlar, gormonlar va boshqa biologik faol birikmalar sintezi uchun qurilish materiali sifatida foydalaniladi. Aminokislotalarning bir qismi parchalanishga uchrashi natijasida oqsillar almashinuvining oxirgi mahsulotlari (HO 2 , H 2 O, NH 3 ) hosil bo‘ladi va energiya ajralib chiqadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling