Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
73-rasm. Aminokislotalarni Krebs siklida yonishi
283 Transmetillanish metil (CH 3 ) guruhining S-adenozilmetionindan tegishli akseptorlarga o‘tkazilishidir. S-adenozilmetionin esa metioninning faol shakli bo‘lib, S-adenozilmetionin - metil guruhining donoridir. Transmetillanish reaksiyalarini maxsus metiltransferazalar katalizlaydi. S-adenozilmetionindagi metil guruhi quyidagi jarayonlarda foydalaniladi: 1. Kreatin hosil bo‘lishida. 2. Fosfatidilxolin hosil bo‘lishida. 3. N-metilnikotinamid hosil bo‘lishida. 4. Adrenalin hosil bo‘lishida. 5. Metillangan asoslar hosil bo‘lishida. S-adenozilmetionin bulardan tashqari qator moddalar sinte-zida ham ishtirok etadi. Bir uglerodli qoldiqlarning tashilishi. Koferment va ularning boshqarilishi Organizmda bir uglerodli qoldiqlarning birlamchi manbai bo‘lib serinning β-uglerod atomi, glitsinning a-uglerod atomi, metioninning, xolinning-CH 3 guruhi, triptofan indol halqasining 2 C atomi, gistidin imidazol halqasining 2 C atomi hisoblanadi. Misol tariqasida tetragidrofolat kislotasi (TGFK) kofaktori ishtirokida serindan glitsin sintezi va aksincha glitsindan serin sintezida, glitsinning katabolizmi natijasida bir uglerodli qoldiq metilen hosil bo‘ladi. 284 Bu vitamin, yani folat kislota hayvon mahsulotlarida ham, o‘simlik mahsulotlarida ham keng tarqalgandir. Folat kislotaning koferment shakllari uning tetragidrofolat kislota (N4-folat) ga qaytarilgandan keyin hosil bo‘ladi. Metionin almashinuvida ham bir uglerodli qoldiq - CH 3 metil muhim rol o‘ynaydi. Shuni takidlash kerakki, TGFKning barcha koferment shakllari ozaro bir-biriga o‘tadi. Bir uglerodli qoldiqlar xilma- xil sintetik reaksiyalarda masalan, formil-metionil-tRNK hosil bo‘lishida, purinlar, pirimidinlar, ayrim aminokislotalar (serin, glitsin, metionin) sintezida foydalanadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling