Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xartnup kasalligi
- Ammiakni zararsizlantirish yo‘llari
Triptofan almashinuvi. Triptofan almashtirib bo‘lmaydigan
aminokislota bo‘lib, bir qator muhim biologik faol moddalarning, xususan serotonin, nikotin kislotasi, ribonukleotid va NADning o‘tmishdoshi hisoblanadi. Fiziologik sharoitda triptofanning 95% kiturenin yolida, 1% dan oz qismi esa serotonin yolida oksidlanadi. Xartnup kasalligi triptofan almashinuvining maxsus buzulishlariga xosdir. Siydik bilan ko‘p miqdorda indolilatsetat, indolilatsetilglutamin va indikan ajralishi, ammo, indolilsut kislotaning normal miqdorda ajralishi tufayli, ehtimol, metabolik o‘zgarish triptofan almashinuvining birinchi reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, asosan dekarboksillanish sodir bo‘ladi. Terida pellagrasimon jarohatlanish, psixik o‘zgarishlar, atakenz hamda giperaminoatsiduriya kuzatiladi. Zamonaviy dalillarga ko‘ra, xartnup kasalligidagi metabolik nuqson triptofanning ichakda so‘rilishi hamda triptofan va uning almashinuv mahsulotlarini buyraklarda reabsorbsiyasining irsiy buzulishiga bog‘liqdir. Ammiakni zararsizlantirish yo‘llari Organizmda ammiak quyidagi jarayonlarda hosil bo‘ladi: aminokislotalar dezaminlanishi; biogen aminlarni dezaminirlanishi; purin asoslarini dezaminirlanishi; pirimidin asoslarini parchalanishi: 289 aminokislotalarni amidli asoslarini dezaminirlanishi (asparagin va glutamin). Bir sutkada 100 g iste’mol qilingan oqsilni parchalanishida 19,4 g ammiak hosil bo‘ladi. Ammiak to‘qimalarda asosan kam konsentratsiyadagi ionlashma-gan ammiak bilan muvozanatda turuvchi ammoniyioni (NH 4 + ) korinishida bo‘ladi. Odam organizmi suyuqliklari va to‘qimalarida ammiak konsentratsiyasi kamdir, qonda 25-40 mk mol/l (0,4-0,7 mg/l) bo‘ladi. Uning konsentratsiyasini oshishi zaharli ta’sir ko‘rsatadi, ayniqsa, nerv hujayralariga, nerv tizimni kuchli qo‘zgalishi: odam-ning hadeb qusaverishi, behalovat bo‘lib, ozidan ketib qolishi kuzatiladi. Ammiak zararsizlanishining bir necha yollari mavjuddir: organik kislotalarning ammoniyli tuzlarini hosil qilish; aminokislotalar amidlarini hosil bo‘lishi; qaytarilishli aminirlanish (transreaminirovaniye); kreatinin sintezi siydikchilni (mochevina) hosil bo‘lishi; ammoniy tuzlarini hosil qilish. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling