Biokimyo pmd
Organik kislotalarning ammoniy tuzlarini hosil qilish
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ammoniy tuzlarni hosil qilish.
Organik kislotalarning ammoniy tuzlarini hosil qilish (ammoniy
sitrat, ammoniy oksalat, ammoniy fumarat). Asparagin va glutamin kislotalari amidlarini hosil qilish. Ular asosan ammiakni trasport shakllari hisoblanadi. Bunda asparagin va glutamin kislotalariga asparagainsintaza, glutaminsintaza fermentlari va ATF ishtirokida birinchi uglerod atomiga ammiak qoshiladi. L-aspartat + ATF + NH 3 ————L-asparagin + AMF + H 3 RO 4 L-glutamat + ATF + NH 3 ————L-glutamin + AMF + H 3 RO 4 Bu reaksiyalar ayniqsa, jigar va buyrakda faoldir. Ammoniy tuzlarni hosil qilish. Buyrak to‘qimasida asparagin va glutamin asparaginaza va glutaminaza fermentlari ishtirokida parchalanadilar. Ajralib chiqqan ammiak ammoniy tuzlarini hosil qilishda ishtirok etadi. L-aspargin + H 2 O ————L-aspartat + NN 3 L-glutamin + H 2 O ————L-glutamat + NN 3 NH 3 + H + + Cl - ————NH 4 Cl Yani buyrakda ammiak modda almashinuvining kislotali mahsulotlarini neytrallanishida va shu bilan organizmni atsidozdan va natriy ionlarini siydik orqali ko‘p yoqolishidan saqlaydi. Bu yo‘l bilan 0,3-0,4 g ammiak zaharsizlantiriladi. Ammiakning bir qismi to‘qimalarda yangi aminokislotalarni sintezida ishtirok etadi. Bu reaksiyalar qaytarilgan retransaminirlanish deyiladi. 290 Ammiakning taxminan 15% kreatinin sifatida chiqib ketadi. Bu moddaning sintezi 3 to‘qimada kechadi: buyrak, mushak va jigar; 3 aminokislota ishtirok etadi: arginin, glitsin va metionin. Kreatinning sintezi transmetillanish yoli bilan kechadi. 1-reaksiya glitsin-amidinotransferaza fermenti ta’sirida arginin va glitsin birishidan guanidinatsetat (glikotsiamin) va ornitin hosil bo‘ladi, buyrak va oshqozon osti bezida kechadi 2-bosqichda guanidinatsetatni metillanishi kuzatiladi, metil guruhi donori bo‘lib, S-adenozilmetionin qatnashadi, jigar va oshqozon osti bezida kechadi. Hosil bo‘lgan kreatin qon orqali mushaklarga boradi, ATF va kreatinkosfokinaza fermenti ta’sirida fosforillanadi va kreatinfosfatni hosil qiladi. Bu modda mushaklarda energetik vazifani o‘taydi va defosforillanishi natijasida kreatininni hosil qiladi. Taxminan, organizmdagi 2% kreatin kreatininga aylanadi. Mushaklarda kreatin miqdori 25-55 g/kg, yurak to‘qimasida 15-30 g/kg, miya to‘qimasida 10-15 g/kgga teng. Siydik orqali kreatin faqat bolalarda chiqadi; kattalarda 1 sutkada 4,4-17,6 mmol kreatinin ajraladi. Tana mushaklari massasi bilan kreatininning ajralishi orasida bog‘lanish mavjud. Agar siydik orqali kreatin ajralsa, mushak distrofiyasidan dalolat beradi. Bunda mushaklarda kreatinfosfokinaza fermenti faolligi susayib ketadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling