Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Omego-dekarboksillanish
- Allergik reaksiya sodir bo‘lishida biogen omillar ahamiyati. Antigista’min dori-darmonlar.
1. a-dekarboksillanish hayvon to‘qimalariga xosdir. Bunda a-
uglerod atomiga yaqin joylashgan karboksil guruh ajralib chiqadi. Reaksiya mahsulotlari SO 2 va biogen aminlardir. 278 2. Omego-dekarboksillanish mikroorganizmlarga xosdir. Masalan: bu yo‘l bilan asparaginat kislotadan a-alanin hosil bo‘ladi: 3. Transaminlanish reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan dekarboksillanish. Ushbu reaksiyada dastlabki aminokislotaga muvofik yangi aminokislota va aldegit hosil bo‘ladi. 4. Ikkita molekulaning kondensatsiya reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan dekarboksillanish ushbu reaksiya hayvon to‘qimalarida glitsin va suksinil-KoA dan sigma-aminolevulinat kislota va sfingolipidlar sintezida hamda o‘simliklarda biotin sintezida sodir bo‘ladi. Gista’min hosil bo‘lishi va ahamiyati. Gista’min gistidinning maxsus dekaboqsilaza ta’sirida dekarboksillanishidan hosil bo‘ladigan muhim biogen amindir: Gista’min keng biologik ta’sir qilish spektoriga egadir: arteriolalar bilan kapillyarlarni kengaytiradi, natijada qon bosimi pasayadi; kapilllyarlar o‘tkazuvchanligini kuchaytiradi; bosh miyada kapillyarlarni kengaytiradi va qondan suyuqlik chiqishi kalla ichki bosimi kotarilishiga va bosh ogrigi paydo bo‘lishiga olib keladi; o‘pka silliq muskullarini qisqartiradi, natijada birdan nafas qisib qolishi va bogilish tariqasida namoyon bo‘ladi; me’da shirasi va solak ajralishini kuchaytiradi. 279 Allergik reaksiya sodir bo‘lishida biogen omillar ahamiyati. Antigista’min dori-darmonlar. Organizmga ba’zi antigen moddalar (oqsil tabiatli, polisaxaridli antigenlar, bir qancha dorilar) tushganda organizmning sensibilizatsiyalashgan holati (darhol yuzaga chiqadigan turdagi ota sezuvchanlik holati) rivojlanadi. Osha antigenning ozi bir necha daqiqa davomida organizmga yana tushadigan bo‘lsa, bu gista’min shokining deyarli aniq nusxasidan iborat bo‘lgan o‘tkir reaksiya boshlanishiga olib keladi (anafilaktik va allergik reaksiyalar). Bu reaksiyalar mexanizmi semiz hujayralardagi gista’min ajralib chiqishini o‘z ichiga oladi. Bu hujayralardan gista’min ularning yuzasida antigen-antitana ta’siri yuzaga kelishi natijasida ajralib chiqadi. Ushbu reaksiyalarni oldini olish va davolashda antigista’min preparatlaridan foydalaniladi: sanorin, pipolfen, dimedrol, glyukokortikoidlar va boshqalar. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling