Biokimyo pmd


Aminokislotalar katabolizmi


Download 4.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/272
Sana25.09.2023
Hajmi4.12 Mb.
#1687494
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   272
Bog'liq
Sobirova R.A biokimyo

Aminokislotalar katabolizmi
Aminikislotalarning oxirgi mahsulotlargacha parchalanish yollarini
3 guruhga bo‘lish mumkin:
1. Aminokislotalarning NH
2
-guruhini o‘zgarishi bilan
(dezaminirlanish va trasaminirlanish).
2. Aminokislotalarning uglerod skeletini o‘zgarishi bilan.
3. Aminokislotalarning COOH-guruhini o‘zgarishi bilan
(dekarboksillanish).
1- va 3-yollar umumiy, 2-esa spetsifik yollari hisoblanadi.
Aminokislotalarning dezaminlanishi
Bu jarayonda aminokislotadagi amin guruhi (-NH
2
) ammiak (NH
3
)
shaklida ajralib chiqadi. Aminokislotalar dezaminlanishining 4 ta turi
mavjud.
1. Qaytarilish yoli bilan dezaminlanish.
2. Gidrolitik dezaminlanishi.
3. Molekulalararo dezaminlanish.


274
4. Oksidlanish yoli bilan dezaminlanish.
Korinib turibdiki, ammiakdan tashqari dezaminlanishda yog‘
kislotasi, oksil kislota, to‘yinmagan yog‘ kislotasi va ketokislota hosil
bo‘ladi. Ammo odam va hayvon to‘qimalarida ko‘pincha oksidlanish
yoli bilan dezaminlanish sodir bo‘lib, ikki xil bo‘ladi: bevosita va
bilvosita (transdezaminirlanish).
Bevosita oksidlanishli dezaminirlanish. Bu jarayon
peroksisomalarda joylashgan L- va D-aminokislotalar oksidazalari
ishtirokida boradi. L-aminokislota oksidazalari koferment sifatida FMN,
D-aminokislota oksidazalari esa FAD tutadi. Reaksiya quyidagicha
kechadi.
Birinchi bosqichda iminokislota, ikkinchi bosqichda esa ketokislota
hosil bo ladi va NH
3
ajralib chiqadi. Oksidazalarning qaytarilgan
kofermentlari bevosita kislorod bilan oksidlanishi mumkin, natijada
vodorod peroksid hosil bo‘ladi. U esa katalaza ta’sirida suv va kislorodga
parchalanadi. Oksidazalarni dezaminlovchi degidrogenazalar ham deb
yuritiladi.
Shuni ham takidlash kerakki, L-aminokislotalar oksidazalari D-
aminokislotalar oksidazalariga qaraganda faolligi pastroqdir; ularning
ta’sir etish pH optimumi 10 ga teng, bunday pH qiymati esa fiziologik
sharoitda bo‘lmaydi. Taxminlarga ko‘ra, L-aminokislotalarning bir qismi
ichak bakteriyalarining izomerazalari ta’sirida D-aminokislotalarga
aylanib so‘ngra to‘qimalarda dezaminlanishga uchraydi. Umuman
olganda bevosita oksidlanish yoli bilan dezaminlanish amin guruhi
o‘zgarishida kam o‘rin egallaydi.


275

Download 4.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling