Biokimyo pmd
Bilvosita oksidlanishli dezaminirlanish
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
Bilvosita oksidlanishli dezaminirlanish. Aminokislotalar
dezaminlanishining asosiy yoli transdezaminlanish yoki bilvosita dezaminlanishdir. Bu jarayon ham 2 bosqichdan iborat bo‘lib, I bosqichi transaminlanish deyiladi va bu bosqichda glutamat hosil bo‘ladi (har qanday aminokislota, masalan: a-ketoglutarat bilan reaksiyaga kirishsa), II bosqichi esa aynan shu glutamatning bevosita oksidlanish yoli bilan dezaminlanishidir. Ushbu reaksiyani glutamatdegidrogenaza katalizlaydi. Glutamatdegidrogenaza to‘qimalarida juda keng tarqalgan fermentdir. Koferment sifatida NAD (yoki NADF) saqlaydi. Shuni takidlash kerakki, glutamatning dezaminlanishi ham ikki bosqichda o‘tadi: birinchi (anaerob) bosqichda glutamat degidrogenlanishi natijasida oraliq mahsulot iminoglutarat hosil bo‘ladi; ikkinchi bosqichda esa iminoglutarat a-ketoglutarat va ammiakka parchalanadi (fermentsiz). Reaksiya qaytardir; hosil bo‘lgan NH 3, NADF.H 2 ishtirokida a- ketoglutaratning qayta aminlanishida foydalanilishi mumkin, natijada glutamat hosil bo‘ladi. Aminokislotalarning transaminlanishining ahamiyati va ishtirok etuvchi koferment Yuqorida takidlaganimizdek, transaminlanish bu transdezamin- lanishning birinchi bosqichidir. Aminokislotalarning transaminlanishida har qanday aminokislotadagi amin (-NH 2 ) guruhi (ammiak hosil bo‘lmasdan) a-ketokislotaga o‘tadi. Amin guruhining akseptori ko‘pincha a-ketoglutarat, piruvat va oksaloatsetatdir. Transaminlanish reaksiyalarini transaminazalar yoki (amino-transferazalar) katalizlaydi. 276 Misol tariqasida yuqorida keltirilgan alanin va asparaginat kislotaning a-ketoglutarat bilan transaminlanish reaksiyasi. Ahamiyati ikkala reaksiyada ham yangi kislotalar piruvat va oksaloatsetat va yangi aminokislota glutamat hosil bo‘ladi. Glutamat esa, yuqorida takidlaganimizdek, bevosita oksidlanish yoli bilan dezaminlanishga uchraydi. Transaminaza fermentlari kofermenti bo‘lib, vitamin B 6 ning unumi fosfopiridoksal yoki piridoksat hisoblanadi (FP, yoki PF). Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling