Biokimyo pmd
Gepatitda va miokard infarktida transaminazalarning
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aminokislotalarning dekarboksillanishi
Gepatitda va miokard infarktida transaminazalarning
aniqlashning ahamiyati. de Retis koeffitsiyenti. Transaminazalarning keng tarqalganligi va ularning organ va to‘qimalardagi yuqori faolligi, shuningdek ushbu fermentlar faolligining qonda kamligi turli organlarning organik va funksional jarohatlanishida qator transaminazalar miqdorining qon zardobida aniqlashga asos bo‘lib xizmat qiladi. Klinik maqsadlar uchun ayniqsa, AlT va AST 277 fermentlarining faolligini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Xususan, AlT faolligi gepatitlarda, ayniqsa (infeksion gepatitda) qon zardobida sekin-asta oshib boradi (surunkali xususiyatga egadir). Normada AlT faolligi 1 ml zardobni 37 o C da 1 soat inkubatsiya qilganda piruvatni 0,16-0,68 mk moliga tengdir. Miokard infarktida esa, AsT faolligi qon zardobida 3-5 soatdan so‘ng keskin oshadi (20-30 marta). Birinchi sutkaning oxirida ikkala transaminazalar faolligi maksimumga yetadi. 2-3 kundan keyin esa kasallik asoratsiz otsa, fermentlar faolligi normaga qaytadi. Normada AST faolligi 1 ml zardobni 37 o C da 1 soat inkubatsiya qilganda piruvatni 0,1-0,45 mk moliga to‘g‘ri keladi. AlT faolligining ortacha oshishi miokard infarktida ham kuzatiladi. Shunga ko‘ra qon zardobida ikkala transaminaza faolligini aniqlash va de Ritis koeffitsiyentini (AST/AlT) hisoblash muhim diagnostik test hisoblanadi. Normada AlT/AST nisbati 1,33-0,40 ga tengdir. Infeksion gepatitda AST/AlT kamayadi, infarqda esa keskin oshadi. Aminokislotalarning dekarboksillanishi Aminokislotalar karboksil guruhining CO 2 korinishidagi ajralish jarayoniga dekarboksillanish deyiladi. Ushbu jarayon natijasida hosil bo‘ladigan mahsulotlar biogen aminlar deb atalib, ko‘pgina fiziologik ta’sir ko‘rsatadi. Toqimalarda quyidagi aminokislotalar va ularning unumlari dekarboksillanishga uchraydi: tirozin, triptofan, 5-oksitriptofan, valin, serin, gistidin, glutamat va γ-oksiglutamat, 3,4-oksifenilalanin, sistein, arginin, ornitin, S-adenozilmetionin va a-aminomalonatlar. Aminokislotalarning dekarboksillanish reaksiyalari qaytmas reaksiyalardir; ularni maxsus fermentlar dekarboksilazalar katalizlaydi, kofermenti transaminazalar singari piridoksalfosfatdir (PF). Tirik organizmlarda aminokislotalar dekarboksillanishining to‘rtta turi topilgan: Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling