Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mushak ekstraktiv moddalari
Mioalbumin – embrion mushagi va silliq mushaklarda ko‘p
miqdorda saqlanadi. Ba’zi xususiyatlari bo‘yicha qon zardobi albuminiga o‘xshaydi. Mioglobin – xromoproteidlarga kiradi, molekulyar og‘irligi 16700. Odam mioglobulinining birlamchi strukturasi o‘rganilgan. Bitta polipeptid zanjirdan iborat bo‘lib, 153 aminokislota qoldig‘ini saqlaydi. Rentgenostruktur analiz yordamida Dj. Kendryu tomonidan mioglobinning uchlamchi strukturasi o‘rganilgan. 443 Mioglobin polipeptid zanjiri gem atrofida o‘ralgan, egilgan, ixcham joylashgan naychaga o‘xshaydi. Mioglobinning asosiy vazifasi mushaklarda kislorodni tashish. Mushak qancha ko‘p ish bajarsa, ularda mioglobin miqdori shuncha ko‘p, shuning uchun ular qizil rangga bo‘yalgan. Organizmga tushayotgan kislorodning 14% mioglobinda saqlanadi. Bu oqsilning kislorod bilan faol bog‘lanish qobiliyati (gemoglobinga nisbatan kislorod bilan bog‘lanishi 5 marotaba yuqori) mushak to‘qimasida kislorod zaxirasini hosil qilishga imkon beradi. Mushak ekstraktiv moddalari Skelet mushagida qator muhim azot tutuvchi quyidagi ekstraktiv moddalar mavjuddir: adenil nukleotidlari (ATF, ADF, AMF), adenil qatoriga kirmaydigan nukleotidlar, kreatinfosfat, kreatin, kreatinin, karnozin, anzerin, erkin aminokislotalar va boshqalar. Kreatin va kreatinfosfat azotiga mushak oqsil bo‘lmagan azotining 60% to‘g‘ri keladi. Ular mushak qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan kimyoviy jarayonlarda energiya manbai sifatida qatnashadilar. Kreatin asosan jigarda sintezlanadi va qon orqali mushakka olib boriladi. U yerda kreatin fosforlanib, kreatinfosfatga aylanadi. Kreatin sintezida 3 ta aminokislota ishtirok etadi: arginin, glitsin, metionin. Karnozin va anzerin V.S. Gulevich tomonidan ochilgan bo‘lib, imidazol saqlovchi peptiddir. Miya va muskullardan boshqa to‘qimalarda deyarli topilmaydi. Muskullarda ularning konsentratsiyasi 100 g to‘qimaga 100-200 mg atrofida bo‘ladi. Karnozin va anzerin charchash natijasida pasaygan mushak qisqarishining amplitudasini oshiradi. Mushak hujayrasi ion nasoslari ishining samaradorligini kuchaytiradi. Mushaklarda erkin aminokislotalardan glutamat va uning amidining konsentratsiyasi eng yuqoridir. Boshqa azot saqlovchi moddalar – siydikchil, siydik kislotasi, adenin, guanin, ksantin va gipoksantin mushak to‘qimasida ko‘p bo‘lmagan miqdorda uchraydi. 444 Azotsiz moddalardan mushakda quyidagilar bo‘ladi: glikogen, glyukoza va geksozafosfat qoldiqlari, sut kislotasi, piruvat va boshqa karbon kislotalar. Mushak to‘qimasida neytral yog‘lar va xolesterin, noorganik tuzlar va mikroelementlar ham uchraydi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling