Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gialuronat kislota
- Xondroitinsulfatlar
Proteoglikanlar
Biriktiruvchi to‘qima hujayradan tashqari moddasini proteoglikanlar hosil qiladi va to‘qima quruq massasining 30% ini tashkil etadi. Bular yuqori molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan polianion moddalar bo‘lib, katta miqdorda turli geteropolisaxarid yon zanjirlarini tutadi. Polipeptid o‘zan bilan kovalent bog‘langan. Oddiy glikoproteinlardan farqli ravishda proteoglikanlar 95% gacha uglevodlarni saqlaydi. O‘z xususiyatlari bo‘yicha oqsillardan ko‘ra polisaxaridlarga ko‘proq o‘xshaydi. Proteoglikanlar polisaxarid guruhlarini proteolitik ferment ta’sir etib ajratib olish mumkin. Bu guruhlarni avval muko‘polisaxaridlar deb atalar edi. Bugungi kunda ularni glikozaminoglikanlar deyiladi, chunki ularning hammasi glyukozamin yoki galaktozaminni saqlaydi. Glikozaminoglikanlarni 6 ta asosiy sinfi tafovut etiladi: gialuronat kislota, xondroitin-4-sulfat, xondroitin-6-sulfat, dermatansulfat, keratansulfat I va II, geparan sulfat va geparin. Gialuronat kislota Bu glikozaminoglikanning qaytariluvchi disaxarid birligi quyidagi strukturaga ega: D-glyukuron kislota qoldig‘i N-atsetilglyukozamin qoldig‘i Molekulyar og‘irligi 10 5 dan 10 7 gacha. Ko‘pchilik to‘qimalarda kam miqdorda uchraydi, lekin proteoglikan agregatlarini hosil qilishda muhim struktural vazifa bajaradi. Xondroitinsulfatlar Keng tarqalgan glikozaminlar – xondroitin-4- sulfat va xondroitin-6-sulfat N-atsetilgalaktozamin 4- yoki 6-gidroksil guruhida sulfat efirining joylashishi bilan farqlanadi: 455 Molekulyar og‘irligi 1.10 4 –6.10 4 , ko‘pchilik preparatlar polidispers hisoblanadi. Turli to‘qimalardan ajratilgan preparatlarning sulfatlanish darajasi turlidir. To‘qimalarda xondroitin-4-sulfat yoki xondroitin-6- sulfat, yoki ularni aralashmasi bo‘ladi. Qaytariluvchi disaxarid birliklardan tuzilgan zanjir polipeptid o‘zandagi serin bilan kovalent bog‘langan. Bunda qo‘shimcha fragment bo‘lib trisaxarid galaktozil- galaktozil – kisloza hisoblanadi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling