Biokimyo pmd
Hujayralararo matriksning struktura tuzilishi
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 123-rasm.
Hujayralararo matriksning struktura tuzilishi
Fibronektinni talaygina hujayralar sintezlab, hujayralararo bo‘shliqqa chiqarib turadi. Hujayralarning yuzalarida, bazal membranalarda, biriktiruvchi to‘qima hujayralararo moddasining bag‘rida, shuningdek qon plazmasida fibronektin bor. Fibronektin hujayralar plazmatik membranasi sialoglikolipidlari (gangliozidlar) yoki sialoglikoproteinlarning uglevodli guruhlariga, shuningdek, kollagen, gialuronat kislota va sulfirlangan glikozaminoglikanlarga birikadi. Mana shu birikmalardan har biri uchun fibronektin molekulasida maxsus biriktirish markazi bor. Shu tariqa polivalent bo‘lgani uchun fibronektin hujayralararo modda tuzilishida integratsiyalovchi rol o‘ynay oladi. Bundan tashqari fibronektin molekulasida bitta oqsil molekulasining glutamin qoldig‘i bilan ikkita oqsil molekulasining lizin qoldig‘i o‘rtasidagi reaksiyani katalizlab, ularni bir-biri bilan choklab qo‘yadigan ferment – transglutaminazani biriktirib olish markazi bor: Glu-NH 2 +H 2 N-Lyz → Glu-NH-Lyz+NH 3 Transglutaminaza fibronektinga birikib olganidan keyin fibronektin molekulalarini bir-biriga, kollagenga va boshqa oqsillarga ko‘ndalang choklar bilan choklab qo‘yadi. O‘z-o‘zidan yig‘ilish vujudga kelish yo‘li bilan paydo bo‘ladigan strukturalar shu usulda mustahkam kovalent bog‘lar bilan o‘rnashib qoladi. 123-rasm. Hujayralararo modda molekulalari bilan tashqi yuzasining o‘zaro ta‘siri Biriktiruvchi to‘qimaning qarilik, kollagenozlarda o‘zgarishi Qarilikda biriktiruvchi to‘qimada suv va asosiy moddaning tolaga nisbati kamayadi. Bu koeffitsiyentning pasayishi kollagen miqdorining ortishi va glikoproteinlar konsentratsiyasining pasayishi hisobiga bo‘ladi. Birinchi navbatda gialuron kislota miqdori kamayadi. Kollagenning fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘zgaradi (kollagen eruvchi fraksiyalari pasayadi, molekulalar ichidagi ko‘ndalang bog‘lari soni va mustahkamligi ortadi, elastikligi va bo‘kish xususiyati pasayadi, kollagenazaga rezistentligi rivojlanadi va h.k.). Kollagen tolalarning struktur stabilligi, ya’ni biriktiruvchi to‘qima fibrillalarining yetilish jarayoni kuchayadi. Qarilikda metabolik jarayonlarni o‘zgarishi natijasida kollagenning molekulyar strukturasi o‘zgaradi. Biriktiruvchi to‘qimaning ko‘p o‘zgarishlari orasida kollagenozlar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular uchun biriktiruvchi to‘qima struktur tarkibiy qismlarining o‘zgarishi o‘ziga xos bo‘lib hisoblanadi (tola, hujayra, hujayraaro asosiy modda). Kollagenozlarga revmatizm, revmatoid artrit, sistemali qizil bo‘richa, sistemali sklerodermiya, dermatomiozit va tugunchali pereartrit kiradi. Infeksion-allergik nazariya kollagenozlarning kelib chiqishida asosiy bo‘lib hisoblanadi. Revmatoid artritli kasallarda yallig‘lanish jarayonining faolligini aniqlash uchun qon zardobida glikoproteinlar miqdorini aniqlashdan keng foydalaniladi. 460 Revmatik artrit biriktiruvchi to‘qimaning sistemali kasalligi bo‘lib, kollagen va proteoglikanlar almashinuvining o‘zgarishi bilan kechadi. Shuning uchun, glikozaminlar miqdorini qon zardobida aniqlash muhim diagnostik ahamiyatga egadir. Bu maqsadda qon zardobida DNK va RNK miqdori ham aniqlanadi. Kollagenozlarda interfibrillyar modda – proteoglikan va kollagen bo‘lmagan oqsillarning metabolizmi keskin o‘zgaradi. Geksozamin va gialuron kislotalar miqdori ortadi, kollagen bo‘lmagan oqsillar to‘planadi. Kollagen tolalarning parchalanishi kuchayishi kuzatiladi. Faol revmatik jarayonda kollagen fibrilalari destruksiyasining ortishi kollagen va oksiprolin saqlovchi yirik peptidlarning qon zardobida paydo bo‘lishiga olib keladi. Natijada kollagenozlarda erkin oksiprolin va kichik peptidlar bilan bog‘langan peptidlarning ekskretsiyasi kuzatiladi (oksiprolinning siydik bilan me’yorda ajralishi 15 mg/sutka). Uning miqdorining ortishi revmatik jarayon faolligiga to‘g‘ri proporsional va uning mezoni bo‘lishi mumkin. Oksiprolinning kollagenozlardagi ekskretsiyasi glyukokortikosteroid preparatlari bilan me’yorlanadi. Kollagen gidrooksillanishini buzilishi singa kasalligidagi biokimyoviy yetishmovchiliklaridagi nuqsonlardan biridir. Askorbat kislota bo‘lmaganda yoki yetishmaganda sintezlangan kollagen gidroksillanmagan bo‘ladi, natijada, past erish temperaturasiga ega. Bunday kollagen normal strukturali tolani hosil qila olmaydi. Bu esa terining jarohatlanishi va tomirlarni yorilishiga olib keladi, bu singada aniq rivojlangan. 462 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Ò.Ò. Áåðåçîâ, Á. Êîðîâêèí. Áèîëîãè÷åñêàÿ õèìèÿ. Ìîñêâà «Ìåäèöèíà» 1990. Ð. Ìàððè è äð. Áèîõèìèÿ ÷åëîâåêà. Ò. 1. Ìîñêâà «Ìèð» 1993. ß. Êîëüìàí, Ê.-Ã. иì. Íàãëÿäíàÿ áèîõèìèÿ. Ìîñêâà «Ìèð» 2000. A.Ya. Nikolayev. Biologik kimiyo. Toshkent. Ibn Sino nomidagi nashriyot. 1991. À. Óàéò è äð. Îñíîâû áèîõèìèè. Ìîñêâà. Èçäàòåëüñòâî «Ìèð» 1981. Ò.Ò. Áåðåçîâ, Á. Êîðîâêèí. Áèîëîãè÷åñêàÿ õèìèÿ. Ìîñêâà «Ìåäèöèíà» 2004. À. Ëåíèíæåð. Îñíîâû áèîõèìèè. Ìîñêâà «Ìèð» 1985. Ìîëåêóëû è êëåòêè. Ïîä ðåä. Ã. Ì. Ôðàíêà. Ìîñêâà. Èçäàòåëñòâî «Ìèð» 1967 À.ß.Íèêîëàåâ. Áèîëîãè÷åñêàÿ õèìèÿ. Ìîñêâà. 2004. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling